Islom Seytnazarov: "Jamoamiz jismonan tayyor emas"
25 iyu 2022 13:03
Yangiliklar
Islom Seytnazarov: "Jamoamiz jismonan tayyor emas"
“Aral Samali” – “Andijon” (1:6) bellashuvida so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev matbuot anjumanida ishtirok etmadi.
Uning o'rniga jamoaning licenziyalash bo'yicha mutaxassisi Islom Seytnazarov o'z fikrlarini bildirdi.
“Andijon” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'zinglar ham ko'rdinglar, jamoamiz jismonan tayyor emas. “Andijon” yaxshi jamoa va ajoyib o'yinchilari bor. Umuman aytganda, o'yin yaxshi o'tdi.
Ko'rib turibsiz, yigitlar charchab qolishdi. Ikkita-uchta gol o'tkazganimizdan keyin futbolchilar bo'shashdi va o'yinni "tashlab" yubordilar", — dedi Seytnazarov.
Fikrlar