So’nggi yangiliklar

17:13“Хоразм” мураббийи Сергей Токов: “Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири”  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  5 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

Islom Mamatkazin: “O'yinni o'zida yutib ketishimizga ishongandik. Qandaydir o'zgacha ruhiyat bor edi” Yangiliklar

Islom Mamatkazin: “O'yinni o'zida yutib ketishimizga ishongandik. Qandaydir o'zgacha ruhiyat bor edi”

“Andijon” klubi 2024 yilgi O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgganidan xabaringiz bor.

 Faoliyatida ilk bor Kubokni qo'lga kiritgan Islom klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. 

- Tarixiy o'yin va tarixiy g'alaba haqida butun O'zbekiston gapiryapti. Nimalar hayolingizdan o'tyapti?

- To'g'risi, tarixiy o'yinni, nima qilganimizni, qanday tarix yozganimizni hali o'zimiz ham tushunib etganimiz yo'q. Bu barchamiz uchun unutilmas onlar! 

-  Ilk bor sovrin yutdingiz. Buning gashti qanday ekan?

- To'g'ri takidladingiz, faoliyatim davomidagi ilk sovrinni yutdim. Taassurotlarim o'zgacha. Oddiy gap bilan tasvirlab bera olmayman. Baribir bu birinchisi va boshqacha bo'ladi.

- Finalning mana shunday dramaga aylanishini kutganmidingiz?

- Kutilgandi. Finalda vodiy derbisi bo'lishidan tashqari ham bunday jamoalar o'rtasidagi o'yin doimo shiddatli bo'ladi. Bu final qo'shimcha bo'lgani uchun o'yin yanada shiddatli bo'lishi kutilgandi. Hamma buni bilgandi, biz ham mana shunday tarzda o'tishini kutib turgandik.

- Zaxiradan maydonga tushib oxirgi daqiqalarda qahramonlardan biriga aylandingiz. Ayniqsa, kutilmaganda to'p oyog'ingizga tegib darvozamizdan joy olgach, darhol gol bilan javob qaytarishimizni o'yladingizmi yoki penaltilar seriyasi haqida o'ylashni boshladingizmi?

- Zaxiradan maydonga tushganimda gol urishni ko'nglim sezdi. Jamoamni g'alabasiga hissa qo'shganimdan baxtiyorman. Futbolchilarda penaltilar seriyasigacha etib bormasligimiz, bunga yo'l qo'ymasligimiz bo'yicha ishonch bor edi. O'yinni o'zida yutib ketishimizga ishongandik, qandaydir o'zgacha ruhiyat bor edi. 

- Bu g'alabani kimga bag'ishlaysiz?

- Ushbu g'alabamizni shubhasiz, butun Andijon xalqiga bag'ishlaymiz. 

- Jamoa asosiy motivaciyani qaerdan oldi?

- Bu finalga ortiqcha motivaciya shart emasdi. Tarixda ilk bor finalga chiqqanimizni o'zi motivaciya edi. Maydonga faqat g'alaba uchun tushgandik. Xudoga shukr, mehnatlarimizga yarasha yuzimiz yorug' bo'ldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика