So’nggi yangiliklar

09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  1 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  9 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  5 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1

Intervyu. Islom Isoqjonov: “Namanganga Braziliya kelgan taqdirda ham ularga oson bo'lmaydi” Yangiliklar

Intervyu. Islom Isoqjonov: “Namanganga Braziliya kelgan taqdirda ham ularga oson bo'lmaydi”

Koronavirus tufayli chempionatimizda yuzaga kelgan tanaffusda klublar jamoaviy tarzda mashg'ulotlar o'tkazishganicha yo'q.

Barcha futbolchilar uyda individual tarzda mashg'ulotlarni olib borishmoqda. Albatta, karantindan so'ng jamoalarning malum bir o'yin tempiga tushib olishi oson bo'lmaydi. Biz bu borada “Navbahor” o'yinchisi Islom Isoqjonovning fikrlari bilan tanishdik. Futbolchi suhbat davomida namanganlik muxlislar haqida alohida to'xtalib o'tdi.

- Joriy mavsumni “Navbahor” boshladingiz. Bu qaroringiz to'g'ri ekanligiga aminmisiz? CHunki, Namanganda bosim va talab juda yuqori...
- Albatta. Menda ikkilanish bo'lganida bu erga kelmagan bo'lardim. Ammo, qaytish vaqti kelgandi deb o'ylayman. Qolaversa jamoa va muhit begona emas. Men o'z uyimga qaytdim deb baralla ayta olaman.

- SHunday klublar bo'ladiki kim kelib ketishidan qatiy nazara falsafasini saqlab qoladi. Mana siz oradan bir necha yil o'tib qaytishga qaror qildingiz. Xo'sh bugunga kelib nimalar o'zgargan, qanday yangiliklarga qo'l urilgan ekan?
- To'g'risi “Navbahor” doim o'z oldiga yuksak vazifalarni qo'yadi. Hozirda klubda olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovor. Namangan futbol akademiyasida yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Ular faqat futbol haqida o'ylashlari kerak. SHunga yarasha bosh jamoa ham bu yil chempionlik uchun kurashishni niyat qilgan. Oldingiga qaraganda ijobiy o'zgarishlar talaygina.

- Avvalgi yillarga qaraganda qay darajada o'sishga erisha olgan?
- Ayni kunlarga kelib jamoa har tomonlama kuchaytirilgan. Tarkibda tajribali futbolchilar, o'rinbosarlar jamoasida iqtidorli yoshlar o'rtasida raqobat yuzaga kelgan. Raqobat bor joyda o'sish va rivojlanish bo'ladi.

- Bosh murabbiy Andrey Kanchelskis bilan ishlash siz uchun o'ziga xos yangilik bo'layotgani tabiiy. CHunki, oldingi jamoalaringizda asosan mahalliy mutaxassislar bilan ishlagansiz. Kanchelskis esa baribir taniqli klublarda to'p tepgan, Fergyuson qo'l ostida o'ynagan...
- Andrey Antanasovich boshchiligida mashg'ulotlar o'tkazish futbolchi uchun katta yutuq sanaladi. Uning ish uslubi ham butkul boshqacha. O'rganadigan va o'zlashtiradigan narsalarimiz juda ko'p. Evropa futbolida kamol topgani bilinib turadi. Kanchelskisdan iloji boricha kelajak uchun ko'p narsa egallashimiz lozim. Umuman olganda ushbu murabbiy bilan birga ishlash bizga qo'shimcha kuch bermoqda.

- Superliganing birinchi turida safarda “Paxtakor”ga qarshi maydonga chiqdinglar. “Navbahor” qanday sharoitda bo'lmasin poytaxt jamoasiga jiddiy qarshilik ko'rsatib kelgan. Mehmonda ham jamoa yaxshi o'ynadi. Ikkinchi davrada bo'lib o'tadigan javob o'yini Namanganda o'tishini inobatga olsak, revansh olish uchun qulay imkoniyat bo'ladi...
- Mavsumning ilk o'yinida qizil kartochka olib jamoadoshlarimni qiyin ahvolga solib qo'ydim. Buni umuman kutmagandim. Hakamlarni ishiga aralashmaganim maqul. Ularni nazorat qiladigan shaxslar bor. Biz nimaga qodir ekanligimizni ko'rsata oldik. “Paxtakor”ni qanday kuchga egaligini bilardik. SHunga yarasha tayyorgarlik bilan maydonga tushdik. Lekin, uch ochko bilan qaytish nasib qilmadi.

- Ikkinchi turda “Lokomotiv” ustidan g'alaba qozonishdan bosha chora yo'q edi...
- Bilasizmi, minglab ishqibozlar qarshisida faqat g'alabani tantana qilishimiz talab etilardi. Biz “Loko”dan har tomonlama ustun keldik. Ularga o'yin bermadik. Stadionda muhitni so'z bilan tariflashni iloji yo'q. Faqat o'sha erda bo'lgan odamgina his qilishi mumkin. Haqiqiy anshlag, ishqibozlarni tinmay olqishlashlari zoe ketmadi.

- Namanganda “Navbahor”ga qarshi o'ynash barcha jamoalar uchun qiyin hisoblanadi. Ming kuchli raqib bo'lmasin baribir yakunda ortiga muvaffaqiyatsiz natija bilan qaytishga majbur bo'ladi. Aniqrog'i, stadiondagi muxlislar bunda ulkan ulush qo'shadilar...
- Bu erda futbol o'ynash raqiblar uchun noqulay. Boisi, muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari ularga katta bosim yuklaydi. SHunchaki dahshat deya olaman. Ko'pchilik aytganidek Namanganga Braziliya kelsa ham juda qiyin bo'ladi. OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritiladigan bo'lsa jamoa tayyormi? Bunga tayyormiz. Maqsadimizga erishish uchun butun mavsum davomida qo'limizdan kelgan ishni qilamiz. Borimizni beramiz.

- O'tgan mavsumda “Metallurg” bilan Superligada kuchli beshlikdan joy oldingiz. Mazkur natija jamoaning salohiyati va darajasidan dalolat beradimi? Yoki bekobodliklar bundan ham ko'prog'iga qodirmidi?
- Ushbu jamoaning nomini eshitsam ajoyib tuyg'ularni his qilaman. Biz beshinchi o'rinni egalladik. Sovrindorlar qatoriga kirishimiz uchun olti ochko etishmadi. Agarda o'z maydonimizda qimmatli ochkolarni boy bermaganimizda uchinchi o'rinda yakunlashimiz hech gap emasdi. Muhimi jamoa ahilligini yo'qotmagan.

- Karantin futbolchilarning jismoniy holatiga tasir qilishi aniq. CHempionatga start berilsa jamoalar avvalgidek o'ynay oladimi?
- Karantindan so'ng o'yin tempiga tushib olish qiyin kechadi. SHuni unutmaslik kerakki, barcha klublar professionallarga xos ish ko'radi. Hamma futbolchilar o'z uyida mashqlarni bajarmoqda. Men ham murabbiylarimiz bergan ko'rsatmalari asosida yakka tartibda jismoniy mashg'ulotlarni olib boryapman. Biroz vaqt o'tgach joyiga tushib oladi. Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan insonlarga cheksiz minnatdorchilik bildiraman.
 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика