So’nggi yangiliklar

23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0

Islom Ismoilov: "Real" va "Barselona" kabi jamoalar ham natija uchun vaqt cho'zadi" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Real" va "Barselona" kabi jamoalar ham natija uchun vaqt cho'zadi"

PRO-Liga 2-turidan o'rin olgan "Turon" - "Oq-tepa" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Albatta, bugun g'alaba qozondik. Har doim jamoa g'alaba qozonganda ijobiy fikrlar yangraydi. Lekin mana shu kabi g'alabalarni muxlislar bilan baham ko'rish yanada yoqimli bo'lardi. Jamoamiz azolariga rahmat aytaman, bugun ular bizning ushbu o'yin oldidan bergan ko'rsatmalarimizni maydonda to'liq bajarib berishdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida bir nechta golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Agar o'shanda yuzaga kelgan imkoniyatlarni golga aylantira olganimizda, o'yin bu darajada keskin o'tmagan bo'lar edi.

"Oq-tepa" yaxshi shakllangan jamoa, tarkibida bir qator etakchi futbolchilar jamlangan. Ular bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi, yakunda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik.

Bilasizmi, biz futbolchilarni tajribali yoki tajribasiz deb ajratmaymiz. Bizga o'zimizning o'yin uslubimizga mos, maydonda borini berib harakat qiladigan futbolchilar muhim ahamiyat kasb etadi. Maydonda o'zini ko'rsatsin, ko'rsatayotgan natijalari orqali asosiy tarkibdan mustahkam o'rin egallasin.

Vaziyatlarni golga aylantirish borasida mashg'ulotlarda tinimsiz ishlaysiz. Lekin baribir mashg'ulot boshqa, o'yin boshqa. Masalan hujumchimiz Muhammadkomil Nizomov mashg'ulotlar vaqtida ayni shunday vaziyatlarda 100 foiz gol uradi, lekin o'yin vaqtida hayajon tufayli bo'lsa kerak, birinchi bo'limda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadi. To'xtab qolmaymiz, xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz, navbatdagi o'yinlarda ham g'alaba qozonib jamoamiz muxlislarini xursand etishga harakat qilamiz.

Gol urib olgandan so'ng vaqt cho'zish? Qaysi jamoa vaqt cho'zmaydi, aytingchi? Futbol shunaqa o'yin, tarixda natija qoladi. Kerak bo'lsa "Real" va "Barselona" kabi jamoalar ham natija uchun vaqt cho'zadi. Bu futbolning ajralmas qismi. Lekin bugun jamoamizda vaqt cho'zishga urinish bo'lgani yo'q. Bir-ikki futbolchimizning oyoq tomirlari tortishib qolgani tufayli shunaqa ko'ringan bo'lishi mumkin.

Sunnatillo Ermatov o'yinning so'ngi daqiqalarida maydon markazidan raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Bu vaziyatda futbolchimiz ideal darajada harakat qildi. Ko'rdingiz, to'p darvoza ustuniga tegib qoldi. Agar to'p darvozaga kirganida bu uning faoliyatidagi eng chiroyli gollardan biri bo'lardi. O'ylaymanki, Ermatov navbatdagi o'yinlarda bundanda chiroyli gollarni uradi", - deydi Islom Ismoilov. 



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика