So’nggi yangiliklar

18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 18:08U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23. Таркиблар маълум  4 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  6 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   16 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  5 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2

Islom Ismoilov: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"

Pro liga 17- turdan o'rin olgan "Turon" - "Neftchi"(0:2) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda "Neftchi" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik. Uchrashuv boshidan oxiriga qadar har jabhada raqibdan ustunlik qildik. Futbolda kim yaratilgan vaziyatlardan foydalansa o'sha jamoa g'alaba qozonadi. Birinchi golda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. O'yinchimiz diqqatini yo'qotib qo'ydi. Goldan so'ng oldinga katta kuch bilan o'tishga harakat qildik. Boshqa ilojimiz ham yo'q edi. Natijada qarshi hujumda ikkinchi to'pni o'tkazib yubordik. O'yinni umumiy suratini oladigan bo'lsak, "Neftchi"da shundan boshqa vaziyat bo'lgani yo'q, hattoki birinchi bo'limda darvozamizga aniq zarba ham bermadi. Bizda vaziyatlarni yakunlashda hujumchilarimizga mahorat etishmadi. Yutqazgan bo'lsakda futbolchilarning harakatidan xursandman. Ular maydonda borini berishdi. Eng asosiysi jamoamiz futbol namoyish qildi. Qay darajada yuqori saviyada o'ynay olishlarini maydonda isbotlab berishdi. Lekin ustunlik hisobda aks etmadi. Umuman olganda jamoaning o'yinidan qoniqdim",- deydi Islom Ismoilov.

- O'yin davomida ko'rdik, birinchi va ikkinchi bo'lim tubdan farq qildi. "Turon" dastlabki daqiqalarda ko'proq vaziyat yaratgan bo'lsa, ikkinchi bo'limning boshida faollik yo'qolib qolgandek ko'rindi...

- Bunday o'yinlarda bitta yoki ikkita vaziyat uchrashuv taqdirini hal qiladi. Birinchi bo'limda ko'p kuchimizni samarasiz hujumlarga sarflab yubordik. To'g'ri katta kuch bilan oldinga o'tdik, jamoa pressinlarda faol bo'ldi. SHuning hisobiga ikkinchi bo'lim avvalida charchoq alomatlari sezildi. Biroq futbolchilar o'zlarida kuch topa oldi. 

- Ikki jamoa bugun tengma-teng harakat qildi. Uchrashuvning agressiv o'tishini qanday baholaysiz? Asabiy holatlar ko'p bo'ldi...

- Pro ligada har bir o'yin kuchli bosim ostida o'tmoqda. Agressivlik tabiiy hol. O'yin nomiga yarasha derbi. Bundan tashqari ochkolar orasidagi tafovut ham katta emasdi. Futbol shunday o'yin, agar futbodlchi maydonga chiqib xarakterini ko'rsata olmasa unga maydonda joy yo'q. Biz bu darajadagi mushtlashuvlargacha boradigan o'yin tarafdori emasmiz. Bosim bo'lishi kerak, hujumda oldinga o'tishdi. O'yinning holatiga tasir qilmaydigan bosim uyushtirishni futbolchilarga tushuntiramiz. Maydonga chiqib mushtalashib janjal qilishlarni o'zim qoralayman, bu futbolni o'ldiradi. O'yin katta tempda davom etayotgan edi. CHempionlik uchun oxirigacha kurashamiz. Umid bor ekan shunga qadar jamoa birinchi o'rin uchun kurashadi. Hozirda jamoada ruhiy tushkunlik bo'lishi mumkin. Bu holatdan futbolchilarni olib chiqib ketishga harakat qilamiz. 





Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика