So’nggi yangiliklar

09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  0 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  3 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  11 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  1 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   11

Islom Ismoilov: "Futbolchilar ikkinchi bo'limda o'zlarida kuch topa olishdi" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Futbolchilar ikkinchi bo'limda o'zlarida kuch topa olishdi"

Superliganing ettinchi turidan o'rin olgan "Turon" - "Paxtakor" o'yinidan so'ng mezbonlar ustozi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o'tdi.



- "Paxtakor" bilan uchrashuvga bir hafta davomida jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Raqib safida bir qancha mahoratli va tajribali futbolchilar borligini bilamiz. Ularda yomon futbolchining o'zi yo'q. SHu bois maxsus dastur ishlab chiqqandik. Futbolchilarga rahmat aytaman. Berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Ko'proq taktik harakatlarga etibor berdik. Birinchi bo'limning 30-daqiqasigacha raqibda gol urish uchun imkoniyat bo'lmadi. Darvozamiz oldida xavfli vaziyat yuzaga keltira olmadi. Penalti o'yinni o'zgartirib yubordi. Fikrimcha u erda 50/50 vaziyat edi. Kontakt ham yo'q edi. Hakamlar haqida gapirmayman degandim. Lekin baribir ayrim qarorlar o'yinni natijasiga o'z tasirini o'tkazmoqda. Mana shu o'yinga qanchadan-qancha insonlarning mehnati yotibdi. Bitta qaror o'yinni o'zgartirib yubormaslik kerak. VAR tizimi jamoamiz ishtirokidagi bitta o'yinda ishladi, xolos. U ham bo'lsa "So'g'diyona" bilan o'yindan keyin. VARdan oqilona foydalanish lozim. Bu kerak. CHunki bahsli vaziyatlar bo'lmoqda. Futbolchilarga rahmat aytaman. Ikkinchi bo'limda o'zlarida kuch topa olishdi".

- Fozil Musaevning almashtirilishi jarohat bilan bog'liqmi?
- Fozil Musaev oyoq mushaklaridan jarohat olgani bois almashtirildi. Uning o'rniga maydonga tushgan Javohir Sohibov ham yomon harakat qilmadi. Gol urdi. Javohir asta-sekin sport formasini tiklab borayotganidan xursandman. Uning salohiyati katta.

- Futbolchilar tanaffusga asabiy ruhda tanaffusga yo'l olishdi. Ikkinchi bo'limda o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishdi. Ularni qanday qilib o'zgartirdingiz?
- Asabiy holat bo'lib turadi. Futbolchilar katta hajmdagi ishni bajarmoqda. Arzimagan xato nafaqat futbolchilarni, stadionga kelgan muxlislarni ham asabiylashtirdi. Bu maydondagi o'yinchiga bir necha barobar tasir qiladi. Birinchi bo'limdan so'ng ularni ruhiyatini ko'tarishga harakat qildik. O'yinni boshida ozgina qo'rquv yoki bosim kuzatildi. 

- Darvozabonlar muammosi bugungi o'yinga kelib barham topgandek bo'ldi...
- Akmal Ortiqov bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. O'yindan-o'yinga optimal sport formasiga kirib boryapti. Darvozabon yarim jamoa. 

- Jamoa hamma o'yindar har xil tarkibda o'ynamoqda...
- "Andijon" bilan o'yinda ham shu tarkib maydonga tushgandi. Ayrim chiziqlarda o'zgarishlarga qo'l uryapmiz. Kubokda kam o'ynayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Bizda ikkita teng tarkib yig'ilgan. Har qanday futbolchini o'rnini to'ldira oladigan ijrochimiz bor. 

- Tojikistonlik futbolchi qachon maydonga tushadi?
- Markaziy chiziqda raqobat katta. Unga ham imkoniyat berishga harakat qilamiz. Uni bekorga jalb qilmaganmiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика