Islom Ismoilov: "Ertangi o'yinga futbolchilar 100% tayyor"
04 noy 2025 23:17
Yangiliklar
Islom Ismoilov: "Ertangi o'yinga futbolchilar 100% tayyor"
Ertaga O'zbekiston U-17 terma jamoasi Paragvayga qarshi o'yin bilan musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. Jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov musobaqa oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tayyorgarlik etarli darajada bo'ldi. Ertangi o'yinga futbolchilar 100% tayyor. Ertangi raqib o'z qitasining eng kuchli jamoalaridan biri. Umuman olganda Jahon chempionatida kuchsiz raqibning o'zi yo'q. Jangovar ruhda tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiylar shtabi bilan Paragvayning 10 ga yaqin o'yinini ko'rib chiqdik. Raqibning kuchli va kuchsiz jihatlarini o'rganib, shunga yarasha tayyorlandik. Katta musobaqalarda hayajon bo'lishi tabiiy, biz murabbiylar bilan shu hayajonni futbolchilardan echish ustida ishlayapmiz. Osiyo chempionligidan keyin bazi muxlislar Jahon chempionatida ham yaxshi natija kutishyapti bizdan. Bu yaxshi holat, ammo yosh futbolchilar bu keragidan ortiq masuliyat yuklashi ham mumkin", -deydi Islom Ismoilov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Кейинги ўйинларда анча осон бўлади.