So’nggi yangiliklar

17:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" - "Олимпик", "Шўртан" - "Иштихон"  0 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   5 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  12 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  2 15:26Эвра Брунунинг кетишига қарши: "У жамоанинг энг муҳим ўйинчиси, усиз МЮ Европа Лигаси финалига чиқмаган бўлар эди. Уни қўйиб юборишса, хато бўлади"   0 14:31“Лочин” парвози: Кубокдаги сенсация ва Полвоновнинг қайтиши  4 14:08Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган. Таркибда баланс бор, лекин бизга уларга ўхшаш ўйинчилар керак"  5 13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0 12:21Қоидабузарликдан сўнг урилган гол ва ВАРнинг нотўғри аралашувлари. Суперлиганинг 9-тури ҳакамлик таҳлили  3 12:12"Пахтакор" тўртинчи бўлди. "Насаф" охирги бор қачон 6 та гол ўтказган эди?   21 11:53“Трастбанк”дан кичик бизнес эгалари учун 500 млн сўмгача кредит!  1 11:45Драган Черан ҳакамнинг хатолари, кўп гол уролмаётгани ва "Пахтакор"дан кетиши ҳақида гапирди  5 11:28Игорь Сергеев: "Насаф"га қойил қолиш керак, улар чиройли футбол намойиш этишди. Мени Мбаппе ёки Рафинья билан таққослаш шарт эмас"  8 11:01Ҳусайн Норчаев: "Кубокни қурбон қилиш режамиз йўқ эди"  10

Islom Ahmedov: “Eskicha ishlashda davom etayapmiz” Yangiliklar

Islom Ahmedov: “Eskicha ishlashda davom etayapmiz”

Teglar :  Islom Ahmedov
Xorvatiyaning Zagreb shahrida UEFA tomonidan maxsus seminar o'tkazildi. Bir hafta mobaynida o'tkazilgan ushbu seminarda OFK delegaciyasi ham ishtirok etdi.

Ikki qita futbol tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlik doirasida o'tkazilgan seminarda hamyurtimiz FIFA instruktori Islom Ahmedov ham qatnashib qaytdi. Biz 14 aprel kuni yakuniga etgan seminar taassurotlari va u erda ko'rilgan asosiy masalalar yuzasidan tajribali FIFA va OFK yo'riqchisidan intervyu oldik.

- Islom aka, suhbatimiz avvalida ushbu seminar haqida malumot bersangiz. Uni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad nima edi?
- OFK va UEFA futbol tashkilotlari o'rtasida o'zaro keng qamrovli hamkorlik yuzasidan shartnoma imzolangan. Ushbu seminar ham ikki tashkilotning hamkorligi doirasida o'tkazildi. OFKning yangi Texnik direktori Endi Roksburg ko'p yillar mobaynida UEFA Texnik direktori lavozimida ishlagan. Aynan Roksburg Osiyo murabbiylari saviyasini oshirishga, UEFA darajasiga ko'tarish uchun astoydil harakat qilyapti. Buning natijasi o'laroq murabbiylik tahsili yo'nalishida tub o'zgarishlar bo'lmoqda. Zagreb shahrida tashkil etilgan seminarda bir guruh osiyolik instruktorlar ishtirok etishdi. Ular orasida kamina ham bor edi. Seminarga OFK vakillaridan tashqari Armaniston, Polsha va Irlandiyadan ham delegatlar tashrif buyurdi.


- OFK vakillari uchun UEFA seminari nima berdi?
- Xorvatiya murabbiylarni tayyorlash bo'yicha Evropada o'z o'rniga ega mamlakat hisoblanadi. Bejizga seminar mezboni sifatida Xorvatiyani tanlashmadi. Asosiy maqsad – Osiyo murabbiylarining bugungi darajasi, qaysi yo'nalish bo'yicha ketayotganimiz, murabbiylik talimining qanday qurilganligini yaqindan bilib olish edi. Seminar davomida biz savollarimizga javob topdik.

- OFK delegaciyasida sizdan tashqari yana kimlar bor edi?
- Zagrebga delegaciyamiz rahbari sifatida OFK Texnik qo'mitasi menejeri Xose Marselino Kaprio bordi. Avstraliya futbol federaciyasidan Sin Duglas, Yaponiya futbol associaciyasidan Kazuyori Mochizuki, Koreyadan Kim Nam Puo, Iordaniyadan Ziyod Tavfiq Sulaymon Akubeh, Filippindan Xose Ariston Kaslib, Qatardan Yussuf Ahmad Baker hamda O'zbekiston futbol federaciyasi nomidan men ishtirok etdim.

- Evropa futbolida qanday o'zgarishlar bo'layotgan ekan?
- Bolalar va o'smirlar bilan ishlayotgan murabbiylarni tayyorlashga katta etibor qaratilyapti. Bu yo'nalishdagi talab kundan-kunga ortib bormoqda. Futbol tezlashib ketyapti va buning natijasida fikrlash uchun kam vaqt qolyapti. Buning natijasida o'yin jarayonida maydonda bo'shliqlar deyarli qolmayapti. Xuddi shunday bosh og'riq holatlarda murabbiylarning o'quvi va topqirligiga muhtojlik seziladi. Murabbiy futbolchilarini qiyin vaziyat va “stress” holatidan olib chiqib ketishi uchun zamonaviy bilimlarni bilishi shart. Hamma narsa o'zgaryapti. Zamon shiddat bilan odimlayapti. Eski metodlar ish bermayapti. Demak, murabbiylar ham endi o'zgarishi kerak.

- Bunday seminarlar mintaqa va mamlakat futboliga nima beradi?
- Afsuski, biz har kuni deyarli bitta muammoga to'qnash kelyapmiz. Hamma o'zgarish kerakligi, yangicha fikrlash lozimligini bilib turibdi. Lekin qanday yo'l bilan o'zgarish kerakligini bilmayapti. Bunga hozir tayyor ham emas. O'zimning misolimda aytishim mumkin, so'nggi ikki yildan beri Osiyo davlatlari, xususan O'zbekistonda o'tkazib kelinayotgan va men rahbarlik qilgan seminarlarda aynan murabbiylarni tayyorlashning yangi uslubidan foydalanyapman. Yana bir bor afsus deyman, bizning, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari hakamlari yangi dastur asosida murabbiylik bilimlarini olishyapti-yu, lekin eskicha ishlashda davom etishyapti. Buni qanday tushunish va hazm qilish mumkin? Biz murabbiylardagi qarash va munosabatni o'zgartira olmas ekanmiz, hech qachon saviyali futbolchilarni tayyorlashga erisha olmaymiz. Buning natijasida xalqaro arenada raqobatga dosh bera olmaymiz. Yuqori saviyali futbolchilarning etishib chiqmasligi esa terma jamoalarimizga ham salbiy jihatdan tasir o'tkazadi.



- Seminar nima uchun aynan Xorvatiyada o'tkazildi?
- Xorvatiya uchta yosh toifasida Jahon chempionatlarida ishtirok etgan Evropaning yagona mamlakati hisoblanadi. Demak, bu davlatda futbolchilarni tayyorlash mexonizmi juda yaxshi ishlayapti. Ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Bunga safarimiz davomida ham amin bo'ldim. Ulardan o'rganadigan jihatlarimiz ko'p ekan.

- SHaxsan siz ushbu seminarda qanday vazifani bajardingiz?
- Seminarda barcha OFK vakillari singari ishtirokchi sifatida qatnashdim. Aytish mumkinki, o'zim uchun juda ko'p narsani o'zlashtirib oldim. Endi bu olgan bilimlarimni yurtimizda murabbiylarni tayyorlash uchun sarflayman.

- Seminardan umumiy xulosa hamda taassurotlaringiz qanday bo'ldi?
- Xulosa yagona – ko'rgan, eshitgan va o'rganganlarimni hayotga tadbiq etish. Meni quvontirgani, bu yo'nalishda biz ishlashni boshlaganmiz. To'g'ri, men olib borayotgan ishlarga, seminarlarni o'tkazish metodimga tanqid ko'zi bilan qaraydigan mutaxassislarimiz ham yo'q emas. Lekin seminarda o'tayotganlarim va murabbiylardan talab qilayotganim bu zamon va davr talabi. Zagrebdagi bir necha kunlik seminar davomida bunga yana bir bor amin bo'ldim. Afsuski, yangi talab va majburiyatlarni murabbiylarimizga etkazish uchun ko'p vaqt sarflayapman. Buni tushunishlari va amal qilishlari qiyin kechyapti.

- Faoliyatingizda qanday o'zgarishlar va rejalar bor?
- Menda bor bo'lgan bilimni imkon qadar ko'proq murabbiylarga berishni xohlardim. O'zbekiston futbol federaciyasi bu borada barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib beryapti. Bizda murabbiylarni tayyorlash bo'yicha tajribali instruktorlar bor. Ularga sharoitlar yaratib berilsa, seminarlar tashkil etilsa, bizdan ham yuqori saviyali murabbiylar etishib chiqadi. Istedodli futbolchilar bisyor, ularni esa aynan murabbiylar yuzaga chiqaradi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика