So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Islom Ahmedov: Basketbolga befarq emasman. Maykl Jordanning o'yinlaridan zavq olganman Yangiliklar

Islom Ahmedov: Basketbolga befarq emasman. Maykl Jordanning o'yinlaridan zavq olganman

Taniqli mutaxassis, FIFA va OFK yo'riqchisi Islom Ahmedovni suhbatga tortdik.


- Islom aka, futbolni kasb sifatida tanlashingizga kim yoki qanday voqea sababchi bo'lgan?


- Hech kim mening majburan futbolchi bo'lishimni istamagan. Qishloqda tug'ilib, voyaga etganman. Tabiiyki, uy ishlari juda ham ko'p bo'lgan. SHu bois, ishtiyoq bilan to'p surish imkoniyati yo'q edi. Duch kelgan joyda o'ynayverardik. Bu insoniy tuyg'ularga o'xshaydi: aksariyat holatlarda kishi nima uchun sevib qolganligini bilmaydi. Men ham nega millionlar o'yiniga mehr qo'yganimni bilmayman. Bolalikda futbolga nisbatan paydo bo'lgan muhabbat haligacha saqlanib qolgan.

- O'yinchilik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lganmi?

- O'z imkoniyatimni to'liq namoyon qilolmaganman. Lekin umumiy olganda, futbolchilik faloliyatimdan qoniqqanman.

- Qaysi ustozlaringizni ko'p eslaysiz? Eng qadrli murabbiyingiz kim va nima uchun?


- Otam 12 yoshga to'lganimda hozirgi Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga o'qishga bergan. U erda Mannon Alimov va Vladimir Yatchenko menga ustozlik qilishgan, millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini o'rgatishgan. Tabir joiz bo'lsa, futboldagi poydevorimni o'shalar qo'yishgan. Mazkur sport maktabini tamomlaganimdan so'ng, Evgeniy Kazakov qo'l ostida to'p surganman. O'sha kezlari O'zbekiston o'smirlar termasi bosh murabbiyi hisoblangan ushbu mutaxassis keyinchalik yoshlar jamoasini shug'ullantirgan. Talabalik yillarimdan to shu kungacha Rustam Akramovdan saboq olyapman. Bu insondan futboldan tashqari hayotda ham ko'p narsa o'rgandim.

- Futbol bo'lmaganida, kasb sifatida qaysi sohani tanlardingiz?


- O'zimni boshqa sport turida tasavvur qila olmayman.

- Millionlar o'yinida erishgan eng katta muvaffaqiyatingiz?


- Juda ko'p yutuqlarni qo'lga kiritdim. Ammo o'ylashimcha, eng ulkan muvaffaqiyatlar hali oldinda kutib turibdi.

- Sizni hayratga solgan gol va o'yin?

- Bunaqasi ko'p bo'lgan. Oxirgi ko'rganlarim orasida Bahraynda o'tkazilgan Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston - Avstraliya uchrashuvida futbolchilarimiz tomonidan urilgan barcha gollar menga yoqdi. Ayniqsa, uchinchisi juda chiroyli tarzda ijro etildi.

- Futboldan tashqari sevimli sport turingiz va sportchingiz kim?


- Basketbolga befarq emasman. Maykl Jordanning o'yinlaridan zavq olganman.

- Faoliyatingizda nimanidir o'zgartirish imkoniyati bo'lganida...


- O'ylashimcha, hammasi qanday bo'lsa, shundayligicha davom etmoqda. Yo'l qo'yilgan barcha xato hamda omadsizliklar men uchun tajriba vazifasini o'tadi.

- Hayotingizda olgan eng foydali maslahatingiz?


- Ota-onam va ustozlarim bergan o'gitlar. Bu borada Rustam Akramovni alohida etirof etgan bo'lardim. Hamisha Sendan harakat - Yaratgandan barakat aqidasiga amal qilaman.

- O'qigan so'nggi kitobingiz?


- Angliya termasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson tomonidan yozilgan asarni katta qiziqish bilan mutolaa qildim. Mutaxassis ushbu kitobda mashhur sport psixologi Villi Raylo bilan birga futboldagi g'alaba sirlarini ilmiy tomondan muhokama qilgan.

- Qaysi taomni xush ko'rib istemol qilasiz?


- SHubhasiz, yaxshi tayyorlangan palovni.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?


- Barcha yosh toifasidagi termalarimizga.

- Yoshligingizda kimga havas qilgansiz? Kumiringiz bormi?


- Moskvaning Spartak klubi sobiq futbolchisi Evgeniy Lovchevning o'yinlariga havas qilganman.

- Omad kalitingiz?


- Tinimsiz harakatda bo'lish va hamisha o'ziga ishonish.

- Yoshlikdagi orzularingiz ushaldimi?

- Niyatlarim asta-sekin ro'yobga chiqmoqda.

- Tanqid sizga qanday tasir ko'rsatadi?


- Har doim turlicha. Nohaqlikni qabul qilolmayman.

- Siz haqingizdagi kitobni kim yozishini istardingiz?


- Muallifning shaxsi muhim emas, asosiysi - u meni o'zimdan ham yaxshi bilsin.

- Bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?

- Sevimli kasbimni davom ettiryapman. Milliy jamoamizga muxlislik qilyapman. Oldinda Janubiy Koreya termasiga qarshi o'tkaziladigan muhim uchrashuv kutib turibdi. Bo'lajak o'yinda hamyurtlarimizga g'alaba yor bo'lsin.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика