Islandiya TJ ustozi o'z xohishiga ko'ra istefo berdi
14 noy 2020 21:35
Yangiliklar


Islandiya TJ ustozi o'z xohishiga ko'ra istefo berdi
Erik Xamren shogirdlari 12 noyabr kuni Evro-2020 yo'llanmasi uchun o'tkazilgan Vengriyaga (1:2) qarshi bahsda mag'lubiyatga uchrab, qita birinchiligiga chiqa olmagandi.
SHu sabab bosh murabbiy o'z xohishiga ko'ra lavozimini tark etishi elon qildi. U buni Millatlar Ligasi doirasida 16 noyabr kuni o'tadigan Daniya – Islandiya bahsi oldidan aytdi.
“Bu mening qarorim. Doimiy maqsadim termani Evropa chempionatiga olib chiqish, undan keyin esa joyimni boshqalarga ishonib topshirish edi. Evropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritolmadik va Islandiya mart oylarida JCH-2022 saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi. Fikrimcha, boshqa mutaxassislar buni o'z zimmasiga olib, Islandiyani mundialga olib borgani maqul”, deydi Xarmen.
Eslatib o'tamiz, Erik Xamren Islandiya TJni 2018 yildan beri boshqarib kelayotgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar