

"Football Espana" xabariga ko'ra, ispaniyalikning xizmatlariga "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Biroq transfer Aaron Remzidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Iskoning "Real" bosh murabbiyi Santyago Solari bilan munosabatlari yaxshi emas.
Uning "galaktikos" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.
Bu mavsumda Isko jamoasi tarkibida 21 o'yinda qatnashdi va 4 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.



