So’nggi yangiliklar

16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  5 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  7 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  2 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0

Isko, CHex, Lempard va boshqa eng qimmat zaxira futbolchilari FOTO Yangiliklar

Isko, CHex, Lempard va boshqa eng qimmat zaxira futbolchilari FOTO

Transfer narxi eng qimmat bo'lgan va o'z klubida juda kam maydonga tushayotgan futbolchilarni tanishtiramiz.
ISKO, yarim himoyachi

Transfer narxi – 45 million evro
Hozirgi klubi – "Real"
Oldingi klubi – "Malaga"


Foto AFP

Futbolchi "Malaga"dan "Real"ga 33 million evroga o'tgandi. Isko 4-3-3 sxemasiga mos tushmagani tufayli asosan zaxirada o'tiradi. Ispaniyalik futbolchi Garet Beylning jarohati tufayligina asosiy tarkibda ko'rinish berib turdi.

Stevan YOVETICH, hujumchi

Transfer narxi – 20 million evro
Hozirgi klubi – "Manchester Siti"
Oldingi klubi – "Fiorentina"


Foto REUTERS

"Manchester Siti" tomonidan amalga oshirilgan va o'zini oqlamagan transferlardan biri. Asosiy tarkib uchun kurashda Edin Jeko va Serxio Agueroga imkoniyatni boy berib qo'ygan chernogoriyalik futbolchi 32ta o'yinda 11ta gol urdi. 22 million funt sarflangan hujumchi uchun yaxshi ko'rsatkich emas. Yozda Yovetich "Roma"ga o'tishi mumkinligi aytilmoqda.

Fernando LORENTE, hujumchi

Transfer narxi – 19 million evro
Hozirgi klubi – "Yuventus"
Oldingi klubi – "Atletik"


Foto AFP

Ispaniyalik futbolchining Turin klubida kutilganidek yaxshi chiqqani yo'q. 2013 yil uni "Tottenxem"ga o'tishi mumkinligi aytilgandi, biroq baland bo'yli hujumchi "Yuventus"ni tanlagan edi. Karlos Teves, Fabio Kvalyarella va Sebastyan Jovinko bilan raqobat tufayli, Lorente maydonga 65 marta tushdi xolos. Yozda katta ehtimol bilan u Turinni tark etadi.

Aser ILYARRAMENDI, yarim himoyachi


Transfer narxi – 15 million evro
Hozirgi klubi – "Real"
Oldingi klubi – "Real Sosedad"


Foto AFP

Ilyarramendi "Real"ga "Real Sosedad"dan 2013 yilda 32 million evro evaziga o'tgandi. Biroq Madrid klubida u o'zini deyarli ko'rsata olgani yo'q. Deyarli asosiy tarkibga kirmayotgan Aser klubni tark etishi haqiqatga yaqin.

Xaver ERNANDES, hujumchi


Transfer narxi – 10 million evro
Hozirgi klubi – "Real" (ijarada)
Oldingi klubi – "Manchester Yunayted"


Foto AFP

MYUdagi debyut mavsumida 45ta o'yinda 20ta gol urgan. Biroq Devid Moyes qo'l ostida u zaxira o'yinchisiga aylandi. "Real"ga ijaraga o'tib ham meksikalik futbolchi asosiy tarkibga kira olgani yo'q.

Sindzi KAGAVA, yarim himoyachi

Transfer narxi – 10 million evro
Hozirgi klubi – "Borussiya" D
Oldingi klub – "Manchester Yunayted"


Foto REUTERS

"Borussiya"dagi ajoyib mavsumdan so'ng Kagava "Old Trafford"ga o'tib klubdagi dastlabki yaponiyalik futbolchiga aylandi. Angliya klubidagi debyuti yomon chiqmagandi. Biroq Moyes jamoaga kelgach Kagava asosiy tarkibga kirmay qo'ydi. O'tgan yozda u "Borussiya"ga qaytishga qaror qildi.

Frenk LEMPARD, yarim himoyachi

Transfer narxi – 1 million evro
Hozirgi klubi – "Manchester Siti"
Oldingi klubi – "CHelsi"


Foto REUTERS

O'tgan yil "CHelsi"ning sobiq futbolchisi "Nyu-York Siti" bilan shartnoma tuzgan va "Manchester Siti"ga ijarga berilgandi. Bu mavsumda Lempard 19ta o'yinda ishtirok etdi. Asosan zaxiradan maydonga tushgan futbolchi 7ta gol urdi.

Petr CHEX, darvozabon


Transfer narxi – 12 million evro
Hozirgi klubi – "CHelsi"
Oldingi klubi – "Renn"


Foto AFP

CHex London klubida 10 yil davomida asosiy darvozaboni bo'lgan. Biroq Tibo Kurtua ijaradan qaytganidan so'ng chexiyalik posbon ikkinchi posbonga aylandi. Yaqin kelajakda u boshqa klubga o'tishi aniq. Zero Petrga "Liverpul" va "Arsenal" kabi klublar qiziqishmoqda.

sport-express.ru sayti asosida Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика