Isko Bundesliga klubidan taklif oldi
29 jan 2023 11:20
Yangiliklar
Isko Bundesliga klubidan taklif oldi
"Real" va "Sevilya" sobiq yarim himoyachisi Isko faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
30 yoshli ispaniyalik futbolchi Germaniyaning "Union" jamoasidan taklif oldi, bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Futbolchi ayni damda erkin agent maqomida. Ispan "Sevilya"ga avgustda o'tgan bo'lsa-da, 21 dekabrda klub bilan bitimni bekor qildi.
Isko "Sevilya" safida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar