Isko: "Betis" Antonini sotib olish uchun kraudfandingni ishga tushirishi kerak"
31 mar 2025 16:35
Yangiliklar
Isko: "Betis" Antonini sotib olish uchun kraudfandingni ishga tushirishi kerak"
"Betis" yarim himoyachisi Isko ispan klubi vinger Antonini "Manchester Yunayted"dan qanday sotib olishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Biz Antonini sotib olish uchun kraudfanding kampaniyasini boshlashimiz kerak", – dedi Isko.
Kraudfanding – bu loyihani amalga oshirishdan manfaatdor bo'lgan odamlar loyihaga mablag' qo'shadigan moliyalashtirish usuli.
25 yoshli braziliyalikning ijara muddati joriy mavsum oxirigacha va uni sotib olish huquqi ko'zda tutilmagan. Braziliyalik futbolchi "Betis" uchun 12 o'yinda 4 ta gol urdi hamda 4 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar