So’nggi yangiliklar

08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  5 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  10 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  8 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  20

Iskandar Mo'minov: "Yozyovon" hurmatga loyiq jamoa" Yangiliklar

Iskandar Mo'minov: "Yozyovon" hurmatga loyiq jamoa"

Pro-Liga 29-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari"-"G'ijduvon" (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar darvozaboni Iskandar Mo'minov championat.asia saytiga intervyu berdi.

O'yin juda qiyin bo'ldi. Biz kombinacion o'yin namoyish etamiz. Ammo bunday maydonda nimadir yaratish qiyin, faqat raqib hujumini buzish mumkin. 13 soatli yo'l bosib keldik va darhol maydonga tushdik. Tarkibimizda ko'p futbolchilar sariq kartochkalari to'planib qolgani bois bu bahsga kela olishmadi. SHu bois zaxirasiz o'ynadik. Yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi, hisobga qaramaslik kerak. Natija o'yinga mos bo'lmadi. Sababi "Yozyovon" ko'p hujum qildi. Bu jamoa hurmatga sazovor. "Yozyovon" hakamning so'nggi hushtagi chalinguniga qadar o'ynadi va ko'plar vaziyatlar yaratdi. Safardagi qiyin o'yinda 3 ochko olganimizdan xursandman.

Bizning maqsadimiz bitta - "A" guruhiga chiqish. U erda birinchi o'ringa kurashish va Superligaga chiqishni maqsad qilamiz. Bu gapni klub prezidenti Mamurjon Otaqulov ko'p bor takrorlaydi. U futbolni juda yaxshi ko'radi. U kishi "G'ijduvon" klubini o'z hisobidan moliyalashtiradi. Mamurjon Otaqulov 2022 yilda jamoani Superligada ko'rmoqchi.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика