So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  0 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  4 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

Ishsiz qolgan Miklyaev Laudrup va Sluckiyni ortda qoldirdi Yangiliklar

Ishsiz qolgan Miklyaev Laudrup va Sluckiyni ortda qoldirdi

Jahon klublari reytingi rasmiy veb-saytida butun dunyo futbol murabbiylari reytingi elon qilindi.

Unga ko'ra, "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde 14888 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rin "Atletiko" ustozi Diego Simeonega tegishli. Uchinchi o'rinni esa Braziliyaning "Gremio" klubi ustozi Renato Gaucho 13474 ochko bilan band etgan. 

Bu ro'yxatdan ikki nafar o'zbekistonlik murabbiy ham joy olgan. Bular - Andrey Miklyaev va Ro'ziqo'l Berdiev. Bahorda "Lokomotiv" va "Nasaf" Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgani bois reyting tuzuvchilar ushbu murabbiylarni ro'yxatga qo'shishgan.

Qizig'i shundaki, hozircha ishsiz yurgan Andrey Miklyaev jahon murabbiylari reytingida 568-o'rinni egallab turibdi. Hamda Miklyaev reytingda Paulu Bentu, Andrey Tixonov, Oleg Konnonov, Mikael Laudrup kabi hamkasblarini ortda qoldirgan.

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bu borada 735-o'rinda bormoqda va Fabio Kapello, Dmitriy Alenichev kabi murabbiylardan ko'proq ochko jamg'argan. Osiyoda yuqori uchlikni CHoy Kang Xi, Jorje Jezus va Kim Do Xun egallab turishibdi.  

Jahon murabbiylari reytingi

1. Ernesto Valverde ("Barselona") - 14888
2. Diego Simeone ("Atletiko") - 14108
3. Renato Gaucho ("Gremio") - 13474
4. Zinedin Zidan ("Real", sobiq) - 13242
5. Marselo Galyardo ("River Pleyt") - 13121
6. Massimiliano Allegri ("Yuventus") - 12565
7. Yupp Xaynkess ("Bavariya", sobiq) - 10872
8. Yurgen Klopp ("Liverpul") - 10624
9. Ariel Xolan ("Independente") - 10616
10. Gilermo Barros SHelotta (Boka Xuniors) - 10076
...
...
...
24. CHoy Kang Xi ("CHonbuk Motors") - 7250
31. Jorje Jezus ("Ali Hilol") - 6641
54. Kim Do Xun ("Ulsan Xyunday") - 5483
...
...
...
568. Andrey Miklyaev ("Lokomotiv", sobiq) - 784
584. Paulu Bentu ("CHongkin Lifay", sobiq) - 738
593. Andrey Tixonov ("Krilya Sovetov", sobiq) - 714
599. Oleg Konnonov ("Arsenal" Tula) - 697
600. Mikael Laudrup ("Al Rayan", sobiq) - 696
653. Leonid Sluckiy ("Vitess") - 571
...
...
...
735. Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf") - 422
740. Fabio Kapello ("Jiangsu", sobiq) - 418
766. Aurelio Andreaccoli ("Empoli") - 364
812. Dmitriy Alenichev ("Enisey") - 319

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика