So’nggi yangiliklar

12:00Лунин қарор қилди  0 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  2 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  6 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  7 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  3 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  4

Irvin ayni damda APLning eng yaxshi chap qanot himoyachisi kimligini aytdi Yangiliklar

Irvin ayni damda APLning eng yaxshi chap qanot himoyachisi kimligini aytdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Denis Irvin APLda ayni damdagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi kimligini aytdi.

"Albatta, Lyuk SHou. Aleks Tellesning kelishi uning saviyasini keskin ortishiga sabab bo'ldi. Unga yaxshi raqobatchi kelgani menga yoqdi.

O'tgan mavsumda u Brendon Uilyams bilan birga o'ynadi, unda ham o'sish kuzatildi. Tellesning kelishi SHouga anchagina foydali bo'ldi. Menimcha, u ayni damda APLning eng yaxshi chap qanot himoyachisi.

"CHelsi"da Ben CHiluell bor. Ha, klub og'ir damlarni boshidan o'tkazmoqda, biroq u ham bu etirofga davogarlik qila oladi. Balki, Rayan Bertran va Endi Robertsonni ham shular safiga qo'shishim mumkindir. Lyuk rostdan ham "Manchester Yunayted"da yildan yilga kuchayib bormoqda.

Ha, jarohat olganidan keyin ritmni topib olishi qiyin bo'ldi. Biroq unga ham dam berib turish kerak deb hisoblayman. O'tgan mavsumda Brendon, hozir esa Telles SHou bilan raqobat qilayotganini hisobga olsak, Ole yaxshigina muammolarga uchraydi.

O'yinlar soni borasida 4 oyda barchaga imkoniyat beriladi. Barchaga tarkibning kattaligi muhim. Lyuk jamoaning bir umrlik muhim futbolchisi bo'lib qolishini inobatga olsak, uning yuqori jismoniy holatda bo'lishi eng asosiysi.

SHou uzoq yillar oldin, yosh bolaligida katta summa evaziga olib kelingandi. Himoyachi sifatida barcha ham xato qiladi. SHu orqali barchadan ko'p narsani o'rganib yurish kerak. Biroq 34-35 yoshga kirganda bunday xatolar qilish yaramaydi", - dedi Irvin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика