So’nggi yangiliklar

16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  5 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  27 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  27 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  5 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0

Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Ertangi bahs qo'shimcha taymlarga qadar etib borishi mumkin" Yangiliklar

Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Ertangi bahs qo'shimcha taymlarga qadar etib borishi mumkin"

Final oldidan o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Toshkentda bo'lib o'tayotgan U-20 Osiyo kubogining final bahsidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi ishtirok etdi va ertangi bahs bo'yicha o'z fiklarini aytib o'tdi.


- Janob murabbiy chempionlikka bir qadam qoldi. Tayyorgarlik qanday o'tdi?
- Ushbu musobaqa juda qiyin bo'ldi, lekin biz finalgacha etib keldik va shu yo'lni birga bosib o'tgan barchaga rahmat aytaman. Biz final yo'lida Eron va kuchli Yaponiyani mag'lub etdik hamda finalga chiqdik. Ertaga final, biz O'zbekiston terma jamoasi bilan ikkinchi marotaba to'qnash kelamiz. Birinchi uchrashuvni ham yomon o'tkazmagan edik, lekin mag'lub bo'lgandik.

Ertangi uchrashuvda, birinchi uchrashuvda yo'l qo'ygan xatolarimizni to'g'rilaymiz degan umiddaman. O'zbekiston juda kuchli raqib va muhlislarning qo'llab-qo'vatlashi ham bizga bosim o'tkazadi, ammo biz chempionlikni maqsad qildik. Biz uzoq yo'l bosib o'tdik va ertangi uchrashuv ushbu yo'lning yakuni bo'ladi. O'ylaymanki, ertaga yaxshi uchrashuv o'tkazamiz va bahs qo'shimcha taymlarga qadar etib borishi mumkin.

- Ertangi uchrashuv haqida fikrlaringiz? 
Adam Talib: Final bahsida biz chempion bo'lishga harakat qilamiz. Bu musobaqadagi so'nggi o'yin va unda biz bor salohiyatimizni ishga solishimiz kerak. Raqib ham kuchli jamoa.

- Birinchi uchrashuvdan saboq olib, ertaga yaxshiroq o'ynaymiz demoqdasiz?
- Biz birinchi uchrashuvda O'zbekistonning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilib olgan edik, lekin biz ham o'sha uchrashuvda hatolarga yo'l qo'ygandik va shu sabab mag'lub bo'lgandik. Biz O'zbekiston terma jamoasini o'rganib chiqdik va ertaga ularga qarshi harakatlanamiz. O'zbekiston terma jamoasi o'yin boshidanoq xujum qilishni boshlaydi va bosim o'tkazadi, biz esa ushbu bosimdan chiqib ketishimiz kerak.

- Ertangi uchrashuvda qanday uslubda o'ynamoqchisiz?
- Ertaga stadiondan turib uchrashuvni tomosha qilsangiz bilib olasiz (kuladi).

- Siz o'zbekistonlik futbolchilarga qarshi avval ham o'ynagansiz va bizning futbolchilarga qanday baho berasiz?
Adam Talib: Men o'zbekistonlik futbolchilarning mahoratini yuqori baholayman. O'zbekiston futbolchilarining jismoniy holati va texnikasi juda yuqori deb o'ylayman.

- Jamoangiz musobaqada davomida o'yinini kuchaytirib bordi, futbolchi sifatida bunga qanday erishdinglar?
Adam Talib: Biz musobaqadagi har bir uchrashuvda o'yinimizni yaxshilab bordik. Bunga sabab futbolchilarning motivaciyasi va har bir uchrashuvdan so'ng orttirilgan tajriba deb o'ylayman. Biz guruh bosqichida ancha qiyin uchrashuvlarni o'tkazdik. Masalan Suriyaga qarshi kechgan uchrashuvda g'alabani saqlab qola olmadik.

- Guruh bosqichida O'zbekiston darvozasiga gol urolmadinglar. Ertangi uchrashuvda boshqa xujumchilarni maydonga tushirasizmi?
- O'zbekiston va Iroq terma jamoalari har xil uslubda o'ynashadi. Men birinchi uchrashuvda ishtirok etgan o'yinchilarni almashtirmayman, chunki zaxira o'rindig'i ham juda uzun emas. Biz ertaga yaxshi o'yin namoyish etamiz.

- O'zbekiston bilan bo'lgan bahsni eslab o'tsak, sababi ko'pchilik muxlislarning bosimi haqida gapirmoqda. Siz esa guruh bosqichida ushbu muhitda bo'lib ko'rdingiz.
- Ha, muxlislarning qo'llab-qo'vatlashi ancha katta bosim bo'ladi, lekin biz bunday holatda bo'lib ulgurdik. Ertangi uchrashuvda biz muxlislarning qo'llab-qo'vatlashiga etibor bermaymiz. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.

- Ertangi uchrashuv qanday o'tadi deb o'ylaysiz va ertaga kim g'olib bo'ladi?
- (kuladi) Muhammad (S.A.V) biz bilan va biz kubokni Iroqqa olib ketamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика