So’nggi yangiliklar

12:17"Тоттенхэм" медиа олами вакилларидан уларни "Тоттенхэм Хотспур" ёки "шпорлар" деб аташини сўради  2 10:57Баҳодир Қурбонов: "Биринчи қадамни футболни рақамлаштиришдан бошлаймиз"  4 10:50Футбол тарихидаги энг яхши ўнг қанот ҳимоячилар рейтинги тузилди (Топ-15)  20 10:21Расман: Баҳодир Қурбонов — Ўзбекистон футбол Ассоциацияси янги президенти  14 10:18«Нефтчи» мухлисларга қулайлик яратиш учун йиллик абонемент сотувини бошлади  7 09:50Гвардиола ҳимоячиларининг жароҳати ҳақида фикр билдирди  7 09:13Ислом Исмоилов: «Мақсадимиз ҳар бир футболчимизни Осиё кубогига оптимал ҳолатда тайёрлаш»  4 08:46Довбикнинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  7 08:18Саудия клублардан бири Винисиус Жуниор трансфери бўйича аниқ сумма таклиф қилди  15 07:55«Челси» А Серия футболчиси учун 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 07:29АПЛ. 26-турнинг илк баҳсида йирик ҳисоб қайд этилди  1 01:30"Goal" ЕЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  13 00:45Салоҳ ўзини Холанд билан солиштирди  11 00:15Саудия Арабистони. Вийналдумнинг дубли "Ал Насср"ни мағлуб қилди  31 23:45ЕЧЛ. Нимчорак финал тақвими маълум қилинди  8

Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Eronga qarshi o'yinimiz - bu derbi" Yangiliklar

Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Eronga qarshi o'yinimiz - bu derbi"

U-20 Osiyo kubogining chorak final bahslari oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Iroq U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Emad Muhammad matbuot anjumanida ishtirok etib, o'z fiklari bilan bo'lishdi.

- Jamoangiz bosib o'tgan yo'l haqida gapirsangiz, ertangi uchrashuv qanchalik muhim?

- Biz birinchi saralash bosqichidan o'tib oldik, yani guruhdan chiqdik. Raqibning ko'p jihatlarini o'rganib chiqdik va biz Eron futboliga juda katta baho beramiz. Eron chempionatida o'ynaganman va ularning kuchini bilaman. Ertangi uchrashuvga bor etiborimizni qaratamiz va g'alaba qozonishga intilamiz. Ushbu bosqichda oson raqiblar qolmadi. CHorak final biz uchun so'nggi bosqich bo'lmaydi, deb umid qilaman. Janubiy Koreya, Eron, Yaponiya va Avstraliya terma jamoalarini alohida etirof etgan bo'lardim. Nasib etsa, ertaga jahon chempionatiga chiqamiz.

- O'z jamoangiz va raqib jamoaning zaif tomonlari haqida aytib o'tsangiz?

- Bizda bir nechta kamchiliklar bor va ularni to'g'irlashga harakat qilamiz, ammo shu bilan birga raqiblarning ham zaif jihatlari yo'q emas. Hech kim mukammal o'yin namoyish etmaydi. Bu futbol qonuni. Eron - qo'shnimiz va ularga qarshi uchrashuvlar derbi maqomida o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика