Iroq federaciyasi Keyrushga 1,75 million dollarlik taklif yubordi
23 iyu 2021 14:26
Yangiliklar
Iroq federaciyasi Keyrushga 1,75 million dollarlik taklif yubordi
JCH-2022 saralash bahslarining uchinchi bosqichida o'ynaydigan Iroq terma jamoasiga yangi bosh murabbiy qidirilayotgani haqida xabar bergandik.
Malum bo'lishicha, Iroq futbol federaciyasi mashhur murabbiy Karlush Keyrush bilan muzokaralarni boshlab yuborgan hamda portugaliyalik mutaxassisga 1,75 million dollarga mo'ljallangan bir yilik shartnoma taklif qilgan.
Keyrush bu borada biroz o'ylab ko'rish lozimligini aytgan va Iroq FFdan vaqt so'ragan. Agar muzokaralar ijobiy yakun topsa, tez orada Karlush Keyrush Iroq milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.
Terma jamoani JCH saralash ikkinchi bosqichidan olib chiqqan Srechko Katanec oxirgi besh-olti oydan beri maosh olmayotgani uchun Iroqni tark etayotganini malum qilgandi.
Fikrlar