Iroq bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi o'yin juda muhim"
15 jan 2016 17:17
Yangiliklar
Iroq bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi o'yin juda muhim"
Jamoa bosh murabbiyi Abdul G'ani SHahad ushbu o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz Janubiy Koreyaga qarshi o'tadigan o'yingacha guruhdan chiqish masalasini hal qilmoqchimiz. Sababi koreyslar juda kuchli jamoa", - deydi murabbiy "Al Garafa" stadionidagi mashg'ulotlardan so'ng.
"Maqsadimiz, guruhdan chiqish. O'zbekistonga qarshi o'yin juda muhim. Raqib juda kuchli. Bu jamoa safida 2015 yilgi Osiyoning eng kuchli yosh futbolchisi Dostonbek Hamdamov o'ynaydi. SHu bois o'yin qiyin kechadi".

"Yamanga qarshi bahsda yaxshi o'ynab 3 ochko oldik. SHunga qaramay o'sha o'yinda ham xatolar bo'ldi, ularni takrorlamaslik kerak".
"Olimpiadaga chiqishni barcha jamoa istaydi. Bu katta musobaqa hisoblanadi. Bizning safimizda bir qator qobiliyatli futbolchilar bor, maqsadimizga erishamiz deb o'ylayman", - deydi Abdul G'ani SHahad.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Iroq uchrashuvi 16 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar