So’nggi yangiliklar

13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  0 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  0 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  1 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  1 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  0 10:50МЮда жароҳатлар эпидемияси бошланди. Расмус Ҳойлунд қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  1 10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  26 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  3 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  7 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1

Irji Yaroshik: "Men Sasha Geynrix bilan yashaganman" Yangiliklar

Irji Yaroshik: "Men Sasha Geynrix bilan yashaganman"

Irji Yaroshik faoliyatidagi bo'lib o'tgan voqealar haqida gapirib berdi.

- Faoliyatingizni qaerda davom ettirishni istaysiz?

- Menga Ispaniya yoqib qoldi. Futbolchi uchun bu ideal mamlakat. Ob-havo, odamlar, kayfiyat, sog'lom ovqat - hammasi super. Yana ikki yil o'ynash niyatim bor - asosiysi sog'liq va xohish bor. Omadim kelgan, chunki "Alaves" safida doimo asosiy tarkibda o'ynaganman, agar zaxirada bo'lganimda xohish o'zgacha bo'lar edi.


- Boshqa narsalar bilan shug'lullanmaslik uchun "Alaves"dagi maoshingiz sizga etarmidi?

- "Alaves"da ko'p olmasdim, xatto "Sparta"dagidan ikki baravar kam. Segundada odamlar pul ishlash uchun emas, futbol sifati uchun o'ynardi. Oldinlari Ispaniyaning hamma joyida yaxshi to'lashgan, ammo so'nggi yillarda pul borasida muammolar yuzaga kelgan.


- Bolaligingizda Garri Kasparov bilan shaxmat o'ynaganingiz rostmi?

- "Sparta" murabbiyi yig'inda shunday degan: "Sizlar ahmoqsizlar, futbolni faqat oyoq bilan o'ynashmaydi. Miyani ham ishlatish kerak". Gashek shaxmat bo'yicha turnirlar uyuo'tirib turar edi. Kasparov esa Pragaga kelgan va "Sparta" futbolchilari bilan bir vaqtning o'zida shaxmat o'ynashi kerak edi, ammo negadir o'xshamadi. Menimcha, Kasparov biz bilan o'ynashdan qo'rqqan.

- "Sparta"da Petrjela qo'l ostida o'ynagansiz. U qanday bo'lgan?

- Juda qattiqqo'l. U baqirishni, tajribali futbolchilarni so'kishni yoqtirardi, ammo negadir u meni tezda yoqtirib qoldi. U menga shunday degan: "Agar harakat qilsang, men senga imkon beraman". Uning shartini qabul qildim. Avvallari "Sparta"da faqat veteranlar o'ynagan, yigirma bir yoshgacha hech kim o'ynamas edi. Futbolchilar o'n yil birga o'ynab, chempionlikni qo'lga kiritishar edi, tarkibga kirish qiyin bo'lgan. Jamoa xuddi armiyaga o'xshardi - men kattalarni butsasini yuvib, to'larni mashg'ulotga olib kelardim, darvozalarni sudrar edim. Hozirgi yoshlarga bu halaqit qilmaydi.

- Birinchi maoshingiz qancha bo'lgan?

- "Sparta" bilan 2 yoki 3 yillik shartnoma imzolaganimda 3 ming evro berishgan va asosiy tarkibda yigirma o'yinda maydonga tushsam yana 13 ming vada qilishgan. Yaxshi shartlar, bolaligimdan o'ynashni orzu qilgan jamoamga chaqirishganidan juda xursand bo'lib, pul haqida o'ylaganman. Adashmasam, birinchi maoshimdan ota-onamni kechki ovqatga olib borganman, qolganini otam ishlatib yuborgan.


- Birinchi marotaba qachon Roosiyaga chaqirishgan?

- 2002 yilda terma jamoadan chaqiruv olganman, agent qo'ng'iroq qilgan: "Spartak" bilan kelishib olishimiz mumkin. Ular bilan CHempionlar ligasida yomon qatnashmadik. Doimo "Spartak"ni hurmat qilganman, ammo o'shanda agentim bilan CSKAni tanlaganman. Rossiyaga o'tganimdan so'ng, "Spartak" chempion bo'lishdan to'xtatdi.

- Siz o'ynagan eng past harorat?

- "Portu" bilan CHempionlar ligasida 14 daraja sovuqda o'ynaganmiz. Ammo ruscha qishga ko'nikib qolganman, sizlarning 10 daraja sovug'ingiz, Pragadagi minus birga o'xshaydi. Sovuqda esa qo'yosh chiqishi esa - umuman dahshat.

- SHartnomangizda har qanday vaqtda Pragaga uchish uchun biznes-klass chiptalari bo'lishi rostmi?

- Bitimni oxirigacha o'qiganim yo'q, ammo Giner shartnomada biror narsani qo'shishi shart emas. U aytganini bajaradi. Men rostdan ham Pragaga uchganman, ammo CSKAdagi birinchi oylarimda.

- Jeleznovodskdagi yig'in qanday o'tgan?

- Ertalab va kunduzi og'irlashtirilgan nimchalar bilan yugurganmiz, keyin kvadrat o'ynab, kechasi basseynda shug'illanganmiz. Kvadratda jamoadagi eng yomon o'yinchi edim, ammo yaxshi suzardim.

Qiyin bo'lgan, ammo tez-tez yigitlar oldimga kelib xol-ahvol so'rab turishar edi va bu menga yordam bergan. Men o'zbek Sasha Geynrix bilan yashaganman, u meni ruscha so'kishga o'rgatgan, Venya Mandrikin, Denis Popov va Sergey Semak esa yig'indan qaytganimizda Moskvani aylantirib chiqishgan. CHempion bo'lganimizda butun jamoani CHeshskiy domga taklif qilganman, barcha ayoli, qiz o'rtog'i bilan kelgan.


- CHempionlar ligasi-2004dagi eng g'alati hikoyani eslaysizmi?

- Esingizdami, guruh bosqichining so'nggi turida Memak PSJ darvozasiga uchta gol urgan. CHemionatdan so'ng kichik tanaffus bo'ldi va biz CHempionlar ligasiga tayyorlanish uchun Mabelga yo'l oldik. Rahbariyatga ayollarimizni olib ketishni maslahat berdim. Besh-olti ayol bordi. SHundan so'ng biz PSJni mag'lub etdik va uchinchi o'rin bilan UEFA Kubogiga yo'l oldik.

 - "CHelsi"da sizga CSKAdagidek maosh berishgani rostmi?

- Biroz ko'proq bo'lgan. Menga "Everton"dan qiziqish bor edi, ammo agent qo'ng'iroq qilib, kaminani "CHelsi" chaqirayotganini aytgan. Ularga rad javobini berish qiyin edi.

- "CHelsi" o'ynashni boshlash, CSKAdagidan ham qiyin bo'lganmi?

 - Albatta, men inglizchani bilmas edim, Londonda CSKAdagidek hech kim menga enagalik qilmagan, faqat bir narsa yaxshi edi - yangi jamoamizning yangi o'yinchilarining deyarli barchasini tanir edim. Men har ikki yilda yangi klubga o'tib, 40ta ismni yod olaman, Rossiyada esa otasining ismini ham eslab qolish kerak.

Londonda lug'at yordamida tilni o'rganishga harakat qilganman, ammo bunga vaqt kam edi. Haftada ikki o'yin, mashg'ulotlar, uyga borib dam olish, u erda o'zining muammolari.

- Londonda yana nimalar bilan shug'ullangansiz?

- Uyimiz oldidagi do'kon va restoranga chiqar edim. Yangi joylarni topish uchun vaqt bo'lmagan. Smertin menga ko'p yordam bergan, doimo yonimda bo'lgan. Petr CHex esa alohida shug'illangan. Londonda ko'pincha Smertin, uning ayoli va Roman Abramovich bilan suhbatlashar edim. U mashg'ulotimizga kelib, men bilan futbol haqida gap sotardi.

- Mourino qaysi jihati bilan hayron qoldirdi?

- U meni "Portu"ga chaqirmoqchi bo'lanini tan oldi, o'shanda "Sparta"da o'ynar edim. "Portu"ga qarshi o'yinda gol urib, golli pas berganman. Ammo o'shanda mening transferim uchun ularda pul etishmagan.

Mourino "CHelsi"da asosiy tarkibni o'zgartirmas edi, shu sababli yillab zaxirada o'tirishga to'g'ri kelardi, ammo men buni istamadim.

- "Birmingem" murabbiyi Stiv Bryus bir kuni kiyinish xonasida sizga suv to'la idish otgan ekan. Yana qaysi murabbiylar sizga jahl qilgan?

- Ikki yil Liberecning "Slovani"da ijarada o'ynaganman. U erda hujum va yarim himoyada to'p tepdim. Bir marotaba "Slovan" murabbiyi menga bir savol bergan: "Sparta"ga qaytishni istaysanmi?" - "Xohlayman". O'shandan so'ng o'ynaganim yo'q. Juda alam qilgan. So'nggi o'yinda ham meni zaxirada olib qoldi, ammo 70 daqiqalarda shug'illanishga yubordi, lekin baribir o'yinga tushganim yo'q. Kiyinish xonasida alamda stolni sindirib tashladim.

- Londondan so'ng Birmingem qanday ko'rindi?

- U erda men bilan "Aston Villa"dagi Milon Barosh va do'stim Martin Latka birga edi. Bir kuni gitara bilan mashg'ulotlarda charchagan ingliz o'qituvchisi oldimizga kelib shunday dedi: "CHalinglar!" - "O'zing chal". Qisqasi, u ikki soat gitara chaldi va biz bu uchun xatto pul ham to'ladik.

- Angliya va SHotlandiyada o'tgan uch yildagi taasurotlaringiz?


- Stadionlardagi superatmosfera - mehmondagi o'yin oldi mashg'ulotlarda men to'xtamasdan yugurar edim, chunki ikki metr narida muxlislar bir nimalar deb baqirardi. SHotland futboli esa 20 yil oldingi Angliya futbolini esga solar edi: chet elliklar kam, qo'pol, kurashlarga boy futbol. Biz ko'pinchi derbida "Reynjers"ga mag'lub bo'lar edik, ammo ular boshqa o'yinlarda ko'p ochko yo'qotishardi, shu sababli biz ikki marotaba chempion bo'ldik, keyin esa xatto CHempionlar ligasi guruhidan ham chiqdik. Menimcha, men "Seltik"ning so'nggi kuchli tarkibida o'ynaganman.

- Glazgoda kim bilan do'st bo'lgansiz?

- Yan Vennegor of Xesseling - yaxshi do'st. Qizlarimiz ham do'st bo'lishgan. Qiziq voqea bo'lgan: "Seltik" futbolkasini xarid qilayotgan muxlislar futbolkadagi har bir xarf uchun muxlislar 20 pens to'lagan, Yanning familiyasi esa 20 xarfdan iborat! Natijada hech kim uning futbolkasini olmagan.

- Samara yoki Moskvada Reyj Roverda yurganmisiz?

- Menga shunday deyishgan: "Senga Mersedes beramiz, ammo hozircha avtomobil turadigan joy izlayapmiz". Keyin menga Mersedes olib kelishdi, ammo yangi emas. Men tez yurishni yoqtirar edim. Kechasi Vatutinkadan uyga qaytayotganimda soatiga 150 km. tezlikda yurganman.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика