So’nggi yangiliklar

14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  1 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  4 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   8 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  6 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  4 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  16 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  10 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  31 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  5 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  1

Iqtidorlarni kashf qilishdan ortga chekinmaydigan "Zalcburg" haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Iqtidorlarni kashf qilishdan ortga chekinmaydigan "Zalcburg" haqida nimalarni bilamiz?

"Red Bull"ning futboldagi yutuqlari borasida ko'p marotaba eshitgansiz va o'qigansiz.

Bu nomni eshitganingizda “Leypcig” esingizga keladi. Evropa futboliga yashindek kirib kelgan va ko'pchilikni diqqat markazida bo'lgan jamoa so'zsiz “Leypcig”dir. Ammo bugun etiboringizga “RB” tizimidagi ikkinchi klub – “Zalcburg” borasida so'z yuritamiz.

Botqoqlikdan yuqorilagan klub

Bu klub uzoq va oqilona o'sishga erishdi. Bir necha yillar davomida jamoadan ko'plab iqtidorlilar etishib chiqdi. Manedan Xolandgacha bo'lgan futbolchilar ushbu klubda o'ynagan va jahon futboliga kirib kelishgan. "Zalcburg"ning muvaffaqiyatlarida bir kishining ishini alohida takidlash mumkin. Bu – 15 yildan buyon klubda sport direktori lavozimida ishlayotgan Kristof Froynd. 

"Red Bull" Avstriya futboliga shiddat bilan kirib keldi. Diqqat qiling, 2006 yili qarzga botgan "Austriya" va "Zalcburg" kompaniya tomonidan sotib olindi. Darhol yangi cheklovlar o'rnatildi. Odatiy binafsharangni taqiqladi, klubning 72 yillik tarixini o'chirdi. Kompaniya o'z brendini shakllantira boshladi. 

Nomdor mutaxassis taklif qilindi va Rangnik effekti o'z tasirini o'tkazdi

"Red Bull" klubni to'liq qo'lga olganidan so'ng bosh murabbiy lavozimiga A Seriyaning ko'p karra g'olibi, UEFA kubogini uch marotaba qo'lga kiritgan tajribali Jovanni Trapattoni taklif qilindi. Yordamchi murabbiy sifatida "Inter" va "Bavariya" orqali yaxshi tanish shogirdi Lotar Matteus ko'maklashdi. Mahalliy ligada chempion bo'ldi, evrokuboklarda esa natijalar o'zini oqlamadi. 

2012 yilda esa Ralf Rangnik taklif etildi hamda klubda jiddiy o'zgarishlar kuzatila boshlandi. U klub tizimini o'zgartirdi: butun dunyodagi yoshlarga pul sarflash, tajovuzkor va hujumkor futbol ko'rsatish, natijalarni sezilarli darajada yaxshilash, porlab chiqayotgan futbolchilardan yaxshi daromad topish ustida ishladi. Buning uchun Ralf ulkan skautlik tizimini yo'lga qo'ydi, o'zi bilan mutaxassislardan iborat jamoani tuzdi. Natijalar darhol samara bergani yo'q. Bosqichma-bosqich o'zgarish ro'y berdi. Rangnik "Leypcig"ga ko'chib o'tishi oqibatida "Zalcburg"da pasayishlar davri yuzaga keldi.

Muvaffaqiyat garovi bo'lgan shaxs aslida kim?

Etibor bering, u (Kristof Froynd) 2006 yilning 1 iyulidan buyon "Zalcburg"da ishlaydi. Froynd dastlab tashkilish ishlarga masul bo'lib, jamoa bilan rahbariyat o'rtasida vositachi vazifasini bajardi. 2012 yili Rangnik uni sport koordinatori lavozimiga ko'targan. Oradan uch yil o'tib, yani 2015 yilda Ralfning o'rniga "Zalcburg" sport direktoriga aylandi. Rangnik boshlab bergan samarali ishini muvaffaqiyatli davom ettirdi. U jamoaga 30 yoshli hujumkor yarim himoyachi Zlatko Yunuzovichni olib keldi. 

"Zalcburg" yosh iqtidorlarni izlashdan tashqari, tajribali futbolchilardan ham voz kechmadi. Bunga yaqqol misol sifatida 2009 yilda jamoaga kelgan chap qanot himoyachi Andres Ulmer haligacha "Zalcburg" sharafini himoya qilmoqda.  

“Klubning 16 yoshgacha bo'lgan jamoasiga faqat Avstriya fuqarolari qabul qilinadi. Agarda 16 yoshga to'lib bo'lgan bo'lsa, Evropa ittifoqidan bo'lgan bolalarni ham qo'shib olamiz. Qolgan holatlarda esa 18 yoshni qarshilaganlar jalb qilinadi”, – deydi Froynd.

"Zalcburg" tizimi boshqa jamoalarga nisbatan boshqacha ish yuritadi. Froyndning aytishicha, kuzatuvdagi barcha futbolchilarning psixologiyasiga katta etibor beriladi. 

"Ko'p marotaba takidlab kelganman, mentalitet iqtidordan ustun deb. Aytaylik, futbolchi maydon tashqarisida o'zini qanday tutmoqda, mashg'ulotlarda qay kayfiyatda ishtirok etmoqda, mag'lubiyatga munosabati qanaqa, jamoadoshlari bilan qanday tarzda gaplashmoqda... Hammasi juda muhim", – deya fikr bildirdi Kristof. 

U Erling Xoland bo'yicha bir qiziq holatni gapirib berdi...

"Biz Erlingni 15 yoshidan boshlab kuzata boshlaganmiz. Rostini aytaman: u har doim ham yaxshi o'ynamagan. Iqtidorsiz transferning amalga oshishi mumkin emasligini tushunish mumkin, ammo xarid qilish vaqtida undagi aql va o'zini tutishi muhim faktorga aylanadi”, - deb qo'shimcha qildi Froynd. 

Tizimda futbolchilardan tashqari murabbiylar ham kashf qilinadi

Sport direktori bo'lgan Froynd murabbiy taklif qilishda ham o'zgacha uslubni tanlagan. Qo'rqmasdan murabbiy taklif qilinadi, o'z o'rnida bu natija keltiradi. Deylik, sport direktori tomonidan Oskar Garsiyaga ishonch bildirildi. Tajriba kutilganidan ham yaxshi natija berdi. Keyin Marko Rouzga imkoniyat taqdim qilindi. Undan keyin "RB"ning Nyu-Yorkdagi jamoasidan kelgan Jessi Marsh postni egallab, Klopp shakllantirgan uslub, quvnoq futbolni targ'ib qildi. Endilikda esa Mattias Yayssle  ishlamoqda.

Qizig'i shundaki, Kristof har safar murabbiy tanlaganida tanqid ostida qolardi. CHunki u kattalar futbolida tajribasi bo'lmaganlarni jalb qilardi. Froynd esa bunday tanqidlarga munosabatini bildirdi. 

"Tan olaylik, Avstriya chempionatiga mashhur murabbiyni olib kelish juda qiyin. Aslida bunga hech qanday ehtiyoj yo'q. Klub falsafasiga mos tushadigan murabbiy bo'lsa bas. Biz shunday murabbiylar bilan rivojlanmoqchimiz".

Bu shunchaki raqamlar emas...

Diqqat qiling, Froynd "Zalcburg" sport direktori lavozimida ish boshlaganidan keyin 287,06 million evro daromad topdi. Qisqa qilib aytganda, u bu daromadni 5,5 mavsumda topgan...

Xo'sh, bunga qay tariqa erishildi? Jamoaning muvaffaqiyati afrikalik futbolchilar bilan hamkorlikka katta etibor berilgani sababli ro'y berdi. Xoland va Soboslai sotilishidan avval Petson Daka, Enok Mvepu, Nabi Keyta va Sadio Mane yaxshigina mablag'ga sotib yuborildi. Xususan, Daka va Mvepu Afrikaning olis hududidan, Zambiyadan olib kelindi. Ikkisi ham Zambiyning "Seltik" jamoasidan olingan. Nabi Keyta Franciya quyi divizionlaridan kelgan. "Liverpul"da porlayotgan Mane "Mec"da to'p tepib yurgan vaqtida kashf qilindi. Etiborlisi, "Mec" o'sha kezda Liga 2'da qatnashayotgan va muvaffaqiyatsizliklar sababli uchinchi ligaga tushib ketgandi. Sadio esa o'z baxtini izlab, "Zalcburg"ga yo'l olgandi. 

Froyndning eng yaxshi ish uslubidan yana biri klubning farm-klubida ham ishning to'g'ri yo'lga qo'yilganidir. Bunga Avstriya ikkinchi ligasida ishtirok etayotgan "Lifering"ni ko'rsatish mumkin. 

"Zalcburg"ning CHempionlar Ligasi pley-offiga chiqish-chiqmasligiga aniqlik kiritgan "Sevilya”ga qarshi bahsdagi qiziq bir jihatga etibor qaratsak. Tarkibdagi 14 futbolchidan 8 nafari "Lifering" safida hech bo'lmaganda bitta o'yin o'tkazishgan. Misol uchun, Xolandning o'rniga kelgan hujumchi Karim Adeyemi ham ikki yil davomida farm-klub safida gollar urdi. Endilikda asosiy tarkib sharafini himoya qilmoqda. 

Klub akademiyasida tarbiya topgan va Evropaning ko'plab yaxshi jamoalariga yo'l olgan futbolchilarni aytib o'tish mumkin. Misol uchun, Martin Xinteregger (hozir “Ayntraxt”da to'p tepmoqda), Ksave SHlager (“Volfsburg”da), Konrad Laymer ("Leypcig"da), Xannes Volf va SHtefan Layner (ikkisi – "Borussiya M").

"Maqtanishga yo'ymang, lekin ko'pchilik bizning ishimizga hurmat bilan qaraydi. Ammo bazan rivojlanish jarayoni sekinlab qolishi mumkinligini bilamiz. Omadsizliklar bo'ladi. Lekin muhimi, dastlabki rejaga nisbatan ishochni yo'qotmaslik", – dedi Froynd.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика