So’nggi yangiliklar

17:37Малайзия "CAFA Nations Cup 2025”да иштирок этмайди  0 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

Iqbol Malikjonov: "O'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik" Yangiliklar

Iqbol Malikjonov: "O'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik"

Termizning "Surxon" klubi Coca Cola Superligasining joriy mavsumini 11-o'rinda tugatdi.

Mavsum yakunlari xususida jamoa yarim himoyachisi Iqbol Malikjonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


- Iqboljon, mavsum "Surxon" uchun qanday yakunlandi?

- Yangi mavsum oldidan "Surxon" yangi rahbarlar qo'liga o'tdi. Bir so'z bilan aytganda, jamoa yangitdan tuzildi. Jamoa oldiga 8 talikka kirish vazifasi qo'yilgandi. Ammo o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik. Bunga sabab jamoa mavsum davomida barqaror futbol namoyish eta olmadi. Bu esa natijalarimizning pasayishiga va ko'p ochko yo'qotishimizga sabab bo'ldi. 

- 2022 yilgi mavsumdagi faoliyatingizdan qoniqish hosil qilyapsizmi?

- To'g'risi, shaxsan o'zim birinchi davradagi o'yinlarimdan ko'nglim to'ldi. Mavsumning ikkinchi qismida esa o'zim va muxlislar kutgan darajada o'ynay olmadim, chunki jamoamiz Superligada qolish uchun kurashdi. Qachonki jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashsa, o'shanda futbolchi o'zining o'yinlaridan va jamoadagi faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. 

- "Surxon"da qolasizmi?

- Hozircha jamoada qolish-qolmasligim bo'yicha biror aniq gap aytolmayman. Hali bu haqda rahbariyat bilan gaplashganimcha yo'q. 

- Unda boshqa jamoalardan ham takliflar bormi?

- Boshqa klublardan ham takliflar bor. Lekin hammasiga tatildan qaytganimizdan keyin aniqlik kiritamiz. 

- JCH-2022da qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?

- Qatardagi JCH-2022da Braziliya va Portugaliya terma jamoalariga muxlislik qilmoqdaman

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика