So’nggi yangiliklar

12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  0 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  3 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  5 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  13 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  7 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  2 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0

Iordaniya va Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinlar Paxtakorda o'tkaziladi Yangiliklar

Iordaniya va Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinlar Paxtakorda o'tkaziladi

O'zbekiston milliy terma jamoasining 3 sentyabr kuni Iordaniya va 8 sentyabr kuni Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yinlari Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi.
Har ikkala uchrashuvning boshlanish vaqti soat 19:00 qilib belgilangan.

Eslatib o'tamiz, OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi bahslarigacha bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Jumladan 3 sentyabr kuni Iordaniya terma jamoasi Toshkentda mehmon bo'lsa, 8 sentyabr kuni Paxtakor stadionida Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin o'tkaziladi. Ungacha Mirjalol Qosimov shogirdlari 20 avgust kuni Bokuda Ozarbayjon milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi, shuningdek, oktyabr oyida ham bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Unga ko'ra 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.10 va 14 oktyabr kunlari esa Bahrayin va BAA milliy terma jamoalariga qarshi o'yinlar bo'lib o'tadi. So'nggi ikki o'yin BAAning Dubay shahrida o'tkazilishi tasdiqlangan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика