So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

Iordaniya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Jahon chempionatiga chiqish uchun bir qadam qoldi" Yangiliklar

Iordaniya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Jahon chempionatiga chiqish uchun bir qadam qoldi"

Iordaniya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Aldiabat Ummonga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'z fiklari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz?

- Men bugungi o'yindan juda hursandman. Bugun birodarlarimiz ummonliklar juda yaxshi qarshilik ko'rsatishdi. Men barchaga minnatdorchilik bildiraman. G'alabamiz Qirol Abdulloh 2 va barcha iordaniyaliklarga bag'ishlanadi. Iordaniya terma jamoasi 1/4 finalda.

- Yaponiyaga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan yigitlarga qanday motivaciya bermoqchisiz?

- Yaponiyaga qarshi bo'ladigan uchrashuv mening hayotimdagi eng muhim o'yin bo'ladi, futbolchilarning faoliyatidagi ham. Bugungi Ummonga qarshi o'yin pley-off bosqichidan ham qiyinroq uchrashuv edi. Tasavvur qiling, 11 million iordaniyalik sizning o'yiningizni tomosha qilib turibdi. SHu sabab ham bugungi o'yin Yaponiyaga qarshi uchrashuvdan ham muhimroq edi deb o'ylayman. Biz arablar ko'p vaziyatlarda xotirjam bo'lamiz va Yaponiyaga qarshi ham xotirjamlikda o'yin o'tkazamiz deb o'ylayman.

- Keyingi uchrashuvda jamoangizdan nimalar kutsak bo'ladi?

- Biz Osiyoning eng kuchli 8 ta jamoasiga kirdik va jahon chempionatiga yo'llanmasiga qadar bizni bir qadam ajratib turibdi. Biz keyingi uchrashuvda o'sha bir qadamni bosib o'tishga harakat qilamiz.

- Futbolchilaringizning o'yin uslubiga baho berib o'tsangiz. Jamoa shiddatli o'yin namoyish etmayotgandek? 

- Bu bizning uslubimiz, men ushbu uslubni ishlatishni yoqtiraman. Sababi, agar raqib ko'proq xujum qilsa yoki bizga qarshi pressing qo'llasa, ular ochiq zonalar qoldirishadi va biz shundan so'ng qarshi xujumga o'tamiz.

- Jamoa ko'p vaziyatlardan foydalana olmayapti, bunga sabab nima?

- Bugun ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo ularni golga aylantira olmadik va bu albatta yaxshi habar emas. O'ylaymanki, biz keyingi uchrashuvlarda ushbu hatolarni takrorlamaymiz.

- Keyingi uchrashuvdagi raqibni mag'lub etsangizlar, jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lasizlar. Ushbu muhim o'yin oldidan futbolchilaringiz bilan qanday tayyorlamoqchisiz?

- Biz tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz. Yani bugundan boshlab barcha futbolchilarimning miyasini futbol bilan to'ldirishim kerak (kuladi). Birinchi navbatda, yigitlar raqibni o'rganib chiqishlari kerak va shundan so'ng mashg'ulotlarga kirishamiz. Futbolchilar bir oila, aka-ukalarga aylanishlari kerak va shunday ahillik bilan yarim finalga chiqa olamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика