Iordaniya termasi bosh murabbiyi: "Koreya Respublikasini mag'lub etishda muxlislarimiz yordamiga tayanamiz"
05 fev 19:47
Yangiliklar
Iordaniya termasi bosh murabbiyi: "Koreya Respublikasini mag'lub etishda muxlislarimiz yordamiga tayanamiz"
"Bu o'yin nafaqat biz, balki Koreya Respublikasi uchun ham qiyin o'yin bo'ladi. Yarim finalda ikki nafar muhim o'yinchimiz maydonga tushmaydi. Ruhiy jihatdan barcha tayyor. SHunday ekan, biz o'yinga taktik tomondan kuchli tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Har bir o'yinchi 120 daqiqa o'ynashga ham ruhan, ham jismonan shay bo'lishi kerak.
Muhim ikki o'yinchimizsiz maydonga tushish qiyin bo'ladi. Musa Al Tamari esa yarim finalda o'ynaydi. U jamoaning asosiy o'yinchisi. Biroq, g'alaba qozonish uchun butun jamoa borini berishi lozim. Professional futbolchilar 48 soat ichida tiklanishga ulgura olishadi.
Umid qilamanki, o'yin davomida yuqori konsentraciyani yo'qotmaymiz. Kichik vaziyatlarning barchasida to'g'ri harakat qilish lozim. Koreya Respublikasini mag'lub etishda muxlislarimiz yordamiga tayanamiz", -deydi Husayn Ammuta.
Fikrlar