Inzagi: "Futbol Gvardioladan oldingi va undan keyingi davrga bo'linadi" Yangiliklar

Inzagi: "Futbol Gvardioladan oldingi va undan keyingi davrga bo'linadi"

"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi CHempionlar Ligasi finalidagi raqibini katta maqtovlar bilan siyladi.

"Men bashorat qilishda unchalik yaxshi emasman. Biz oxirgi olti yilda besh marta APLda g'olib chiqqan dunyoning eng kuchli jamoasi bilan to'qnash kelishimizni bilamiz.

Ehtiyotkor bo'lishimiz, jamoa bo'lib o'ynashimiz kerak. Biz joyib tarkibga ega, butun bir davr taqdirini belgilagan murabbiy bilan kurashamiz. Zamonaviy futbol Gvardioladan oldingi va undan keyingi davrga bo'linadi. Biz uchun bu nihoyatda muhim bo'ladi.

Albatta, faoliyatimdagi eng muhim o'yin. Lekin o'ylaymanki, bu qo'l ostimdagi futbolchilarga ham tegishli – Onana va Jeko yarim finalda o'ynashgan, lekin finalda emas.

Bu oqshom yil davomida qilgan barcha say-harakatlarimizga yarasha mukofot olamiz. Bu o'nqir-cho'nqir yo'l bo'ldi, ammo "Inter" so'nggi uch oy ichida katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

"Siti" ikkita chempionlikni qo'lga kiritdi, biz ham", – dedi Simone Inzagi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" va "Inter" o'rtasidagi CHempionlar ligasi finali 10 iyun kuni Istanbulda bo'lib o'tadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика