So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  10 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  10 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  6 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

Intervyu. Srechko Katanec: "Iroq terma jamoasiga qo'ldan kelgancha yordam beraman" Yangiliklar

Intervyu. Srechko Katanec: "Iroq terma jamoasiga qo'ldan kelgancha yordam beraman"

BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019da Iroq terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Malumki, ushbu jamoa 2007 yilgi Osiyo Kubogida g'olib chiqqan. Iroqliklarning navbatdagi musobaqadan ham umidi katta. Terma jamoani Srechko Katanec qabul qilib olganiga endi to'rt oy bo'ldi. Lekin shu qisqa muddat ichida sloveniyalik murabbiy jamoani kuchaytira oldi. U futbolchilarni bir maqsad yo'lida jipslashtirishga harakat qilmoqda.

Katanec futbolchilik faoliyati mobaynida Yugoslaviya terma jamoasida to'p tepgan va 1984/1988 yilgi Olimpiada o'yinlari, 1984 yilgi Evropa chempionati hamda 1990 yilgi jahon chempionatida qatnashgan. U sobiq Yugoslaviya futboli tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri hisoblanadi. Keyinchalik Sloveniya terma jamoasida o'ynagan. Murabbiy sifatida bu jamoani Evro-2000da boshqargan. Yaqinda ushbu mutaxassis OFK saytiga intervyu berdi.

- Osiyo Kubogiga tayyorgarlik qanday olib borilyapti?
- Tayyorgarlik juda yaxshi ketyapti deb bemalol ayta olaman. Hammasi joyida. Jamoa ham yaxshi. Qatarga kelganimizga 10 kun bo'ldi. SHaroitlar ajoyib. Hamma ko'tarinki kayfiyatda ishlayapti. Safimizda jarohat olganlar yo'q.

- Iroq terma jamoasi Osiyo Kubogi-2007da chempionlikni qo'lga kiritgan. Navbatdagi musobaqada imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
- Men imkoniyatlar haqida gapirishni xushlamayman, chunki futbol g'alati o'yin. Qolaversa, yangi jamoada ish boshlaganimga endi to'rt oy bo'ldi. Futbolda eng muhimi yakdil jamoa bo'lib ishlay olishdir.

- Iroq "D" guruhida Eron, Yaman va Vetnamga qarshi bahs olib boradi. Aytish mumkinki, eng kuchli raqib bu - Eron.
- Etibor bering, hozir hamma bilan o'ynash qiyin bo'lib qoldi. Nima uchun? CHunki har qanday jamoa boshida yaxshi va yomon kunlar bo'ladi. Favorit va autsayderlar qog'ozda qoldi. Hammasi maydonda hal bo'ladi. SHuning uchun ham barcha raqiblarni hurmat qilaman. Men uchun eng qiyin o'yinlar Yaman va Vetnamga qarshi kechadi. CHunki ulardan nima kutishni bilmayman. Hozir hamma kurashyapti, oson o'yinning o'zi yo'q.

- Iroqlik muxlislar juda qiziqqon. Bu sizga ortiqcha bosim yuklaydimi?
- Hozir ko'pchilik muxlislar, shuningdek jurnalistlar ham Iroq Osiyo Kubogini yuta oladimi deb so'rashyapti. Men faqat shuni aytishim mumkin, bu erga o'z ishimni ko'rsatish uchun kelganman. Natijami? Natija ko'rsatish ko'p narsaga bog'liq. Futbolda omad ham kerak. Siz jamoadagi yoshlar qanchalik tez o'ynab keta olishi haqida oldindan gapira olmaysiz. Futbol bosimga boy o'yin. Buni ko'tarish har kimga og'ir. Bazan zaxiradan tushadigan futbolchilar o'zlarini ko'proq ko'rsatishadi.

- Lekin o'zingiz ham yaxshi bilasiz, terma jamoa murabbiyidan muxlislar ko'p narsa kutishadi.
- Men buni har doim qaytaraman. Men kasbimni, nima ish qilayotganimni ham bilaman. Agar kimdir bizni g'olib chiqadi desa bunga qo'shilmayman. CHunki biz Yaponiya, Janubiy Koreya yoki Eron emasmiz. Bu jamoalarda futbolchilar jahonning eng yaxshi ligalarida o'ynashadi. Biz hali ular darajasiga chiqqanimiz yo'q. Men faqat shuni shuni aytishim umkin, har bir bahsda oxirigacha kurashamiz va futbolchilar 100 foiz jon koyitib to'p tepishadi.

- Siz katta ishonch bildirayotgan bir-ikki futbolchi nomini ayta olasizmi?
- Qarang, futbolda jamoa g'alabaga erishadi, alohida o'yinchilar emas. Futbolni faqat bir kishi o'ynamaydi, buni ham yaxshi bilasiz. Nafaqat Osiyoda, balki butun dunyoda shunaqa. Agar qaysidir futbolchi yonimga kelib men bugungi o'yinni  yutaman desa, bor yut deyman. Va maydon chetida jimgina kuzatib turaman. Agar yuta olmasa jamoadan haydab yuboraman. Albatta, bu hazil. Rostini gapiradigan bo'lsam, biz alohida kuchli futbolchilarga tayanib qolmaymiz. Hammasiga jamoa sifatida erishishga harakat qilamiz.

- Iroq terma jamoasini qabul qilib olishingizga nima sabab bo'ldi?
- Men bu jamoaning o'tmishi katta ekanligini bilardim. Iroqda iqtidorli futbolchilar ko'p, shu bois men yaxshi o'yinchilarni shug'ullantirishni xohladim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика