So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Intervyu. Serxio Ramos: “Lissabondagi golimni 20 ming marta qayta ko'rganman" Yangiliklar

Intervyu. Serxio Ramos: “Lissabondagi golimni 20 ming marta qayta ko'rganman"

“Real”ning hozirgi tarkibida jamoa afsonalaridan biriga aylangan Serxio Ramos “Cadena COPE” radiosida mehmon bo'ldi va dasturda turli qiziqarli savollarga javob qaytardi.

Himoyachi jamoa, mavsum hamda boshqa mavzularda to'xtalib o'tdi.

– Ronaldu seshanba kuni “Manchester Siti”ga qarshi o'ynaydimi?
– Umid qilaman. Buni muxlislar va futbolchilar ham kutmoqda. Krishtianuning ahamiyatini bilamiz. U bilan “Xetafe”ga qarshi o'yin oxiridagi holat jiddiy bo'lmagan.

– CHempionatda kim g'olib chiqadi?
– Tez orada ko'ramiz. Umid qilamanki, biz. Qolgan har bir bellashuv biz uchun finalga teng.

– CHempionlar ligasini-chi?
– Turnirda yaxshi ishtirok etyapmiz, faqat “Volfsburg” bilan birinchi o'yinni hisobga olmaganda. Endi bizni yarim final kutmoqda. Agar unda zafar quchsak, mavsum jamoa uchun juda yaxshi kechgan bo'ladi.

– Sovrinsiz mavsum boy berilgan hisoblanadimi?
– Buni qanday qabul qilishga bog'liq. “Real” uchun kuboklarsiz istalgan mavsum yil yomon kechganini bildiradi. Lekin oxirigacha o'ynasak va kurashsak, buni omadsizlik deb atab bo'lmaydi.

– Mavsum Zidan bilan boshlanganda yaxshiroq kecharmidi?
– Balki, ha. Ehtimol, yo'q. Benites bilan munosabatlarimiz Zidan bilan bo'lganchalik yaxshi bo'lmagani aniq edi.


– Simeone avval La Ligada joriy mavsum “Real” g'olib chiqishi uchun hamma narsa hozirlanganini aytgandi. Ayni paytda “Barselona” bilan farq bir ochkodan iborat.
– Undan hayratlanaman, falsafa va jamoa bilan ishlashi ajoyib. Uslubi natija keltirmoqda. Ammo jabrlanuvchi sifatida gapirishganda buni yoqtirmayman.

– Pike va Arbeloa haqida nima deysiz?
– Ularning tvitterdagi yozishmalari... Bolalar bog'chasi. Tajribali futbolchilar bunday narsalardan uzoqda bo'lishlari darkor. Albatta, ozgina hazil zarar qilmaydi, ammo u ham joyida yaxshi. O'zingni hurmat qilishni unutmaslik kerak.

– “Real” tarkibida eng ko'p chetlatilgan bo'lish faxrlanish uchun shubhali sababmi?
– Men uchun – ha. Buvim nima yaxshi, nima yomonligini aytib bo'lgan. Bundan faxlanmayman, lekin “Real”da o'ynayman. O'ylashimcha, agar “Barselona”da o'ynaganimda meni kamroq chetlatishardi.

– Jahonda eng yaxshi markaziy himoyachilar kimlar?
– Menda yaxshi sheriklar bor – Sanchis va Kamacho. Hozir o'ynayotganlardan Tiago Silva, shuningdek, hozirgi jamoadoshlarim Pepe va Varan. Pepe katta tajribaga ega, Varan esa o'sib boryapti. Yana Diego Godinni aytish mumkin.

– Kasilyasni sog'inyapsizmi?
– Albatta – do'st va sobiq jamoadosh sifatida. U “Real” muxlislari uchun timsol, Madrid timsoli.

– Ronalduga bazida hushtak chalishlariga qanday munosabatdasiz?
– Bu oddiy holat. Meni, Sanchis, Kamacho, Ronalda va Zidanga ham hushtak chalishgan. Muxlislar hech qachon shunchaki hushtakbozlik qilishmaydi.

– Krishtianuni sotgan bo'larmidingiz?
– Yo'q. Uning shartnomani uzaytirishi uning xarakteriga bog'liq.

– Konte sizni “CHelsi”da ko'rishni istayapti.
– Bu haqida hech narsa eshitmadim.

– “Manchester Yunayted”dan taklif olganmisiz?
– Ha. Qaysidir vaziyatda jamoani o'zgartirish haqida o'yladim, lekin men uchun doim “Real” asosiy o'rinda turgan. Turli sabablar tufayli. O'shanda bir oz xafa bo'lgandim, lekin barcha muammo muvaffaqiyatli hal qilindi. Gap moliyaviy jihatda emasdi.

– Lissabondagi 93-daqiqa faoliyatingizdagi eng yaxshi lahzami?
– Ha. O'sha golni 20 ming marta qayta ko'rganman.

– Yana necha marta ko'rasiz?
– 20 ming marta. Har safar o'sha hissiyotlarni tuyaman.

– Florentino Peres – eng yaxshi prezidentmi?
– Men uchun shunday. U menga katta tasir o'tkazgan. Peres bilan deyarli otamga bo'lgandek munosabatdaman.

– Ushbu mavsumda necha o'yinda og'riqni qoldiruvchi ukollar bilan harakat qildingiz?
– Bu tarafdan men uchun eng yomon mavsumlardan biri bo'ldi. Doimiy og'riqlar dahshatli asabiylashtirdi.

– Eng yuqori saviyangizdan necha foizga tayyorsiz?
– Ko'ramiz. Barchasi o'yinlarimizda aks etadi. “Volfsburg” bilan javob uchrashuvi jismonan oson kechmadi. Lekin doim shunday futbol o'ynayman. Xuddi Nadal tennis o'ynagandek.

– “Barselona” qay tariqa uch turda ustunlikni yo'qqa chiqardi?
– Ko'p sabablar bor: kayfiyat, ishtiyoq, jarohatlar, murabbiy. Jamoaga tasir qiladigan sabablar etardi. Bundan hech bir jamoa kafolatlanmagan. Uyda “Klasiko”da mag'lubiyat ular uchun ruhiy tarafdan jiddiy zarbaga aylandi.

– “Barsa”ning omadsizligidan xursand bo'lasizmi?
– Albatta, “Barsa” yutqazganda quvonaman. Kataloniyaliklar uchun yomon narsa “Real” uchun yaxshi deganidir.

– “Barselona” va “Atletiko”dan qay biri chempion bo'lishini xohlardingiz?
– Menga farqi yo'q. Agar “Rayo” yoki “Xetafe” bo'lganda tanlardim. Biroq hozir bu holat amalda emas.

– Qolgan taqvimni 500 marta o'rganib chiqqandirsiz?
– SHunday. O'ylaymanki, “Barselona” har bir bellashuvda ochko yo'qotishi mumkin. Primerada istalgan jamoa favoritning ishini qiyinlashtira oladi. “Betis” ham shunday jamoalar sarasiga kiradi. O'z navbatida biz “Sosedad”dan ehtiyot bo'lishimiz lozim. “Atletiko”ga ham oson emas, biz birinchi navbatda o'z o'yinlarimizni yutib, ularga bosim hosil qilishimiz darkor. Hozir mavsumdagi eng yaxshi holatimizdamiz.

– Zidan xursandchilik va baxtdan iborat qop olib keldimi?
– SHunday bo'lsa kerak. U bilan jamoadagi muhit yaxshilandi. Zidanning shartnomasini uzaytirishimiz lozim. Undan ajoyib murabbiy chiqishiga ishonaman. Zidan Anchelottidan ko'p narsa o'rgangan va u menga yoqadi.


– Vaziyat taqozo qilsa, Ronalduga ovozingizni ko'tarib gapira olasizmi?
– U bilan juda yaxshi munosabatdamiz. Xarakterli o'yinchilarmiz va gapimizni yuzimizga aytamiz. Do'stlik ana shundan iborat.

– “Atletiko” – “Bavariya” CHempionlar ligasi yarim finalida markaziy o'yinmi?
– Ha, bu katta o'yin bo'ladi. Unda kim zafar quchishining ahamiyati yo'q.

– Simeone “Real”da paydo bo'lishi mumkinmi? U buni ming marta rad etgan.
– U shunday degan bo'lsa, savol o'rinsiz. Bilmadim, qay birini tasavvur qilish qiyinroq – Ronalduni “Atletiko”dami yoki Simeoneni “Real”da.

– Agueroga nimadir deysizmi? Juftlikda kim favorit?
– Germaniyada ro'y bergan voqeadan keyin havolanib ketmaymiz. Imkoniyatlar esa teng 50ga 50.

– Beyl bilan gaplashdingizmi? Sog'lig'ida muammolar bo'lsa-da, u golf o'ynashga qaror qildi.
– U bilan yoki usiz har bir uchrashuvda 100 foiz kuchimizni sarflashimiz zarur. Unga nimadir deyishimiz kerakligi haqida bilmayman.

– Messi yoki Ronaldu?
– Hamisha aniq gapirganman, ular jahonning eng yaxshi ikki futbolchisi. Bu to'g'risida Krishtianuga ham aytganman. Ularning raqobatidan hayratlanmaslik mumkin emas, u 7-8 yildan beri davom etyapti. Ular boshqa sayyoradan.

– Futbolchi bo'lmasangiz toreadorga aylanarmidingiz?
– Buqalar jangini doim yoqtirganman – bu tariximizning bir bo'lagi. Biroq bazi insonlarga bu yoqmaydi. Bolalikda futbolchi yoki toreador bo'lishimni aytardim. Onam esa futbolchi bo'lishim, to'pning tegishi buqa shoxining zarbidan engilroq bo'lishini takidlardi.

– Sanchisni “Real” uchun o'yinlar soni bo'yicha quvib o'tmoqchimisiz?
– Buni amalga oshirish qiyin, lekin jarohatlarsiz uddalash mumkin. Xuddi Ronaldu singari har bellashuvda maydonga tushishim kerak bo'ladi. O'ylashimcha, buning imkoni bor.
 

Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика