So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

Intervyu. Sergey Smorodin: "CHernomorec"dagilar Maksim SHackixni eslab turishadi" Yangiliklar

Intervyu. Sergey Smorodin: "CHernomorec"dagilar Maksim SHackixni eslab turishadi"

O'zbekistonlik darvozabon Sergey Smorodin ayni paytda Ukraina premer-ligasida o'ynayapti.

Odessaning "CHernomorec" klubi bilan shartnoma tuzgan posbon hozirda Ukrainada faoliyat olib borayotgan yagona hamyurtimiz bo'lib turibdi. Biz O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sobiq darvozaboni bilan bog'lanib Ukrainadagi hayotiga oid savollar bilan murojaat qildik.

- Oddiy savol, "CHernomorec" varianti qanday paydo bo'ldi?

- Barchasi oddiy. Turmush o'rtog'im asli kievlik. U bilan Ukraina poyxatiga tatilni o'tkazish uchun borgandik. O'sha paytda "CHernomorec" darvozaboni Evgeniy Borovik klubni tark etdi. Murabbiylar menga taklif bilan chiqishdi, dastlab ko'rikda bo'ldim. Ularga harakatlarim maqul tushdi va shartnoma tuzdik.

- "Neftchi" rahbariyati sizning ketishingizga qanday munosabat bildirdi?

- Ular meni tushunishdi va xorij klubida omad tilashdi. Bunday taklifdan albatta foydalanish kerakligini aytishdi hamda ular bilan do'stona xayrlashdik. Klub rahbariyati meni qo'yib yuborgani uchun rahmat aytaman.

- Jamoa sizni qanday kutib oldi?
- Juda iliq tarzda kutib oldi. Yaxshi muhit, murabbiylar va futbolchilar qo'llab-quvvatlashgani uchun jamoaga tezda kirishib ketdim.

- Murabbiy bilan ilk suhbat qanday bo'ldi?

- Dastlab "CHernomorec"da o'ynashni istaysanmi?" deb so'radi. Yaxshi saviyadagi klub bo'lgani uchun, "Albatta!" deb javob qaytardim. "Mana o'zingni ko'rsat sen uchun imkoniyat", deb aytdi. Darvoqe klub bilan shartnoma tuzayotganimda direktor va murabbiylar Maksim SHackixni esga olishdi. U ham "CHernomorec"da o'ynaganini bilsangiz kerak. SHackix ketdi, endi sen bu erda yaxshi o'ynab O'zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olishing kerak deb aytishdi. 



- Ammo hozirgacha maydonga tushmadingiz. Jamoada darvozabonlar o'rtasidagi raqobat qanday?
- Qaydnomadan o'rin olishni boshladim. O'z vaqtimni kutayapman, o'ylashimcha yaqin kunlarda maydonga tushaman. Raqobatga kelsak jamoaga kelganimda ikki nafar yosh darvozabonlar bor edi. Ular qobiliyatli va yaxshi saviyadagi posbonlar ekan. Bejizga Ukraina yoshlar terma jamoasiga chaqirilib turishmaydi. Ammo darvozabonlar o'rtasida raqobat teng, shunchaki o'z vaqtimni kutayapman.

- Mavsum tugashiga oz qolmoqda. "CHernomorec"da bronza medali olish imkoniyati bor. Sizningcha klub bunga erisha oladimi?

- Albatta nazariy jihatdan bunga erishsa bo'ladi. Ochkolar farqi u qadar katta emas. Jamoamiz azolari har bir o'yinga xuddi so'nggi bahsga tushgandek tushishmoqda. Oldinda qiyin o'yinlar bor. "Olimpik" asosiy raqobatchimiz, keyin "SHaxtyor" bilan o'z maydonimizda o'ynaymiz. Evrokuboklarga yo'llanma olishni juda istayapmiz.

- Birinchi bor legionerga aylandingiz. Mashg'ulotlar jarayonida farq sezilayaptimi?

- To'g'risini aytsam ha. Bu erda barchasi tez va tartibli o'tmoqda. Bundan tashqari mashg'ulotlar juda qiziqarli. Bu erda futbolchilarning ruhiy holatiga katta etibor qaratishar ekan. O'zbekistonda esa bitta xato qilsang zaxiraga olinasan va qachon imkoniyat bo'lishini kutasan. Ukrainada esa aksincha qo'llab-quvvatlashadi va yana o'ynashga imkoniyat berishar ekan.

- Siz mavsum o'rtasida klubga keldingiz. Mavsum avvalida maqsad qanday ediyu hozir qanday?

- Dastlabki vazifa kuchli oltilikka kirish edi. CHunki Ukrainada dastlabki bosqichda 12ta klub ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichda esa kuchli oltita klub chempionlik uchun, qolgan olti klub esa ligada qolish uchun kurashadi. Vazifa bajarilgach oldimizga hech qanday o'rin maqsad qilib qo'yilmadi. SHunchaki har bir o'yinda tushib oxirigacha kurashish aytilmoqda.

- Jamoada braziliyalik futbolchilar ham bor ekan. Ular boshqalardan qanchalik kuchli?

- U qadar kuchli emas. Ha, texnikasi kuchli va to'p bilan tezkor harakat qilishadi. Ammo qolgan o'yinlar ham deyarli shunday o'ynay olishadi. Jamoamizning asosiy qismi yoshlardan iborat.

- "CHernomorec"da etakchi kim?

- O'ylashimcha Dmitriy Korkishka, Rizvan Ablitarov va David Xochalava. Gruziyalik himoyachi Xochalava mavsum tugagach klubni tark etadi. U "SHaxtyor" bilan shartnoma tuzib bo'ldi. Keyingi mavsumda men ham bu etakchilar qatorida bo'lishga harakat qilaman.

- Hozirgi tarkibda SHackix bilan birga o'ynaganlar bormi? Ular "Super Maks"ni qanday yodga olishadi?

- Ha, Sergey Lyulka Maks bilan birga o'ynagan. Lyulkaning aytishicha o'sha paytda jamoa azolari ko'p bor SHackixdan palov tayyorlab berishni iltimos qilishgan ekan. SHackix esa qozon topib kelinglar bajonidil tayyorlab beraman deb javob berar ekan.

- Sizdan ham buni so'rashdimi?

- Albatta (kuladi). Ularga chempionat tugagach osh tayyorlab berishni vada qildim. Ko'pchilik futbolchilar qazi olib kelishimni so'rashmoqda.

- Odessa shahri qanday taassurot qoldirmoqda?
- SHahar ajoyib. Yonginasida dengiz bor. Ob-havosi ham iliq. Aslida Odessaning chiroyini ko'rish uchun bu erda bir martagina bo'lish kerak. Ammo Toshkentni juda sog'inayapman.


- Klub uy olib berdimi yoki mehmonxonada yashayapsizmi?
- Klub menga kvartira taklif qilgandi, ammo mehmonxonada yashashni afzal bildim. Mashg'ulotlarga mehmonxonada borish ancha qulay. Bundan tashqari mehmonxona shahar o'rtasida, yonida deyarli barcha narsa bor. Bemalol shahar aylanish ham mumkin.

- Negadir "CHernomorec" o'z stadionida o'ynamayapti. Klubingiz rasman mezbon hisoblansa ham "Aleksandriya" va "Dinamo"ga qarshi bahslar raqib maydonlarida bo'lib o'tganini ko'rdim. Bunga sabab nima?

- Sababi qishdan keyin maydon chimi yaxshi holatda emasdi. Bunday maydonda yaxshi futbol ko'rsatib bo'lmasdi. SHu bois rahbariyat barcha o'yinlarni safarda o'tkazishga qaror qildi. Ammo "SHaxtyor"ga qarshi bahsni o'z maydonimizda o'tkazsak kerak. "Karpati" va "Olimpik" bilan o'z maydonimizda o'ynagandik, ammo ikkala jamoa qiynaldi.

- O'z vaqtida Ukrainada SHackix, Denisov keyinroq Tursunov o'ynadi. Hozir faqat siz borsiz. Nega Ukraina klublari o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqmay qo'ydi deb o'ylaysiz?

- Ukraina klublari hozir kamroq legioner olishmoqda va yoshlarni tarbiyalashga etibor qaratishmoqda. Agarda legioner olishsa ham asosan Braziliyadan yoki Evropadan olib kelishmoqda.

- Qaysi savolni kutgandingizu men uni bermadim?

- Terma jamoa haqida. 2011 yilda o'smirlar terma jamoasi safida Meksikadagi mundialda ishtirok etib qaytgandim. To'g'risini aytsam milliy terma jamoada o'ynashni orzu qilaman. Buning uchun munosib bo'lish kerakligini bilaman. O'ylashimcha klubimda muntazam o'ynab tursam va o'zimni ko'rsatsam bir kun albatta chaqiruv olaman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика