So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  46 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  24 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

Intervyu. Rustam Ashurmatov: “Koreya futbolida O'zbekistonda men deyarli ko'rmagan jihat bor” Yangiliklar

Intervyu. Rustam Ashurmatov: “Koreya futbolida O'zbekistonda men deyarli ko'rmagan jihat bor”

Janubiy Koreyaning “Gvangju” klubida o'ynayotgan markaziy himoyachi Rustam Ashurmatov katta tanaffusdan so'ng yana milliy terma jamoadan chaqiruv oldi.

Yaman va Singapurga qarshi o'yinlada to'liq harakat qilgan futbolchi bilan turli mavzularda suhbatlashdik.

- Deyarli bir yildan buyon Janubiy Koreyaning “Gvangju” klubida faoliyat olib borayapsiz. SHu davr mobaynida qanchalik o'zgardingiz?
- Legioner bo'lishni har bir futbolchi orzu qiladi. Legioner bo'lish menga ham nasib qilganidan xursandman. Yil boshida Janubiy Koreyaning "Gvangju" klubiga ko'chib o'tdim. Inson sifatida balkim ko'p narsa o'zgarmagandir ammo futbolchi sifatida o'zimga kerak bo'lgan yangiliklarni o'rgandim. O'zbekistonda o'rgana olmagan narsalarimni Koreyada o'rgandim. Bundan tashqari xorij klubida bir yillik tajribaga ega bo'ldim.

- Yangi mamlakatga, yangi klubga moslashish qiyin bo'lgani aniq. Bunda aynan kim sizga yordam berdi?

- Jamoamiz juda ham ahil ekan. Bejizga ayni paytda chempionatda birinchi o'rinda ketmayapti. Murabbiylar shtabidagi barcha yaqin o'tmishda futbolchi bo'lishgan va Janubiy Koreya terma jamoasida o'ynashgan. Futbolchilarni juda yaxshi tushunishadi, shu bois menga har tomonlama oson bo'ldi desam yanglishmagan bo'laman.

- “Bunyodkor” va “Gvangju” o'rtasida qanday farq bor?

- "Bunyodkor" O'zbekistonning eng oldi jamoalaridan biri, "Gvangju" esa Koreya birinchi ligasida o'ynamoqda. "Bunyodkor"dagi sharoit Osiyodagi eng yaxshilaridan biri. SHu bois "Bunyodkor"ni past yoki baland deya olmayman. Ammo futbolga etibor, futbolga bo'lgan qarash "Gvangju" klubida yaxshiroq.



- Koreya futbolida o'zbek futbolida siz umuman kuzatmagan jihat bormi?

- Bitta narsani aytib o'tishim mumkin. O'zim o'ynayotgan "Gvangju" klubida 60-70 foiz futbolchi mashg'ulotlardan oldin trenajer zaliga kirib shug'ullanadi. SHu meni eng ko'p xayron qoldirgan holat. Afsuski O'zbekistonda bu narsa deyarli yo'q, bo'lsa ham juda kam futbolchilar mashg'ulotdan oldin trenajer zaliga tashrif buyuradi.

- SHu sababli ham legionerga aylanganingizdan keyin anchagina baquvvatlashibsizda?

- Balki, bo'lishi mumkin. Koreyalik futbolchilardan kam bo'lmaslik uchun harakat qilaman. Legioner doim mahalliy o'yinchidan yaxshiroq bo'lishi lozim, shu sababli ham o'z ustimda ko'proq ishlayapman.

- Futbolchi baquvvat bo'lishida taomning ham o'rni katta. Koreyada nimalar istemol qilayapsiz? O'zbek oshxonalari ko'p bo'lsa kerak.

- Albatta o'zbek oshxonalari ham bor. Ammo ularga borish har doim nasib qilavermaydi. Sababi men yashaydigan joyga eng yaqin o'zbek oshxonasi 30-40 daqiqalik uzoqlikda joylashgan. Koreyada ovqatlardan doim muammo bo'lgan, nafaqat menda balki boshqa o'zbek futbolchilarida ham bunday muammo yuzaga kelgan. Ko'pincha o'zim uyda tamo tayyorlashga harakat qilaman.

- Koreya oshxonasidan qaysi ovqat sizga ko'proq manzur bo'ldi?

- To'g'risini aytsam asosan guruch eyman. Sababi ularda deyarli barcha ovqatlariga cho'chqa go'shti qo'shiladi, halol emas. Bazida spagetti istemol qilaman.

- Ingliz tilini ozgina bilishingizdan xabarimiz bor. O'yin vaqtida murabbiyning ko'rsatmalarini qanday tushunasiz?

- Jamoamizda 4 nafar legioner va bitta tarjimon bor. Qolgan 3 legioner Braziliyadan. Tarjimonimiz ham portugalcha, ham inglizcha biladi va murabbiylarning har bir gapini tarjima qilib bera oldi. O'yin vaqtida murabbiy bilan tarjimon yonma-yon turib ishlaydi.



- Balki bu savolni sizga berish noto'g'ridir, Ektor Kuper haqida qanday fikrdasiz?

- Har bir murabbiyning o'z uslubi bor, u xorijlik bo'ladimi yoki mahalliymi farqi yo'q. SHu bois meni chaqirmaganidan xafa emasman, to'g'ri terma jamoaga chaqirishini qachondir baribir kutgandim. Kimdir yoqadi, kimdir yoqmaydi. Bu normal holat. U bilan birga ishlamadim, mashg'ulotlarda ishtirok etmadim. Aniq bir fikr bildirishim qiyin, ammo barcha aytganidek himoyaviy o'yinni targ'ib qildi. Bu esa bizga to'g'ri kelmadi, men ham shunday fikrdaman.

- Muxlislar sizni 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida o'z darajingizdan past o'ynagan deb hisoblashadi...

- Jakartadagi Osiyo o'yinlarida yomon o'ynadim demagan bo'lardim. Faqatgina Koreya bilan o'yinda, bitta vaziyatdagi qo'pol xato qimmatga tushgan xolos. O'sha xatodan keyin gol o'tkazib yuborganimiz uchun ko'pchilik buni eslab qolgan.

- Tog'angiz Baxtiyor Ashurmatov ekanligini barcha yaxshi biladi. Yoshlikda futbolchi bo'lishda Rustam Ashurmatov qanday qiyinchilik ko'rgan?

- To'g'ri ko'pchilik futbolchi bo'lishga qadar qiyinchilik ko'rgan. Ammo menda deyarli qiyinchilik bo'lmagan. Tog'am doim qo'llab-quvvatlab turganlar. Boshqa sheriklarimda bo'lmasa ham menda doim butsa yoki formalar bo'lardi. CHet elga borganlarida menga doim ekipirovkalar olib kelardilar. Lekin doim cho'qqiga chiqishga, professional futbolchi bo'lish uchun doim bor kuchim bilan mehnat qilganman. Bobom barcha nevaralarini futbolchi bo'lishimizni xohlaganlar. Ammo hozirgi kunda faqat akam va men professional futbolda o'ynayapmiz.

- Matbuotda onaningiz, akangiz haqida ko'p gapirgansiz, biroq dadangiz haqida umuman hech qanday malumot yo'q...

- Dadam ikki oyligimda vafot etganlar. SHu bois matbuotda dadam haqida gapirish noo'rin deb hisoblayman.

- “Gvangju”da jamoadoshlaringiz sizni qanday chaqirishadi?

- Terma jamoa va "Bunyodkor"da bo'lgani kabi "Rustik" laqabini olganman. Ammo koreyalik futbolchilar R harfini aytishga qiynalishgani uchun bazida "Lustik", "Xustik" ham deb chaqirishadi (kuladi).

- Koreyalik futbolchilar bilan birga o'ynayapsiz. Ularni ajratish osonmi?

- To'g'ri men ham Koreyaga bormasidan oldin Yaponiya, Xitoy va koreyalik odamlarni ajratish qiyin, buning iloji yo'q deb bilardim. Ammo u erda yashab, mashg'ulotlar o'tkazganimdan keyin o'z-o'zidan farqlashni boshladim.



- Qaysi chempionatda o'ynashni orzu qilasiz?

- Har bir futbolchi eng kuchli klublarda o'ynashni istaydi. Men TOP-5 chempionatlaridan birida o'ynashni orzu qilaman. Aynan qaysi chempionatligini o'ylab ko'rmaganman. O'zim muxlislik qiladigan klub - "Real".

- U holda o'z ampluangizdagi eng sevimli futbolchi Serxio Ramosmi?

- Ha shunday (kuladi).

- Ammo u kabi ko'p gol urmagansiz, o'yinlarini kam kuzatganmisiz?

- Ramosning o'yinlarini doim kuzatib boraman. Endi har bir futbolchida o'ziga yarasha istedod bo'ladi. Men ham standart vaziyatlar vaqtida gol urishga harakat qilaman, bazida o'xshaydi, bazida o'xshamaydi.

- Lekin 2018 yil Xitoydagi U-23 Osiyo chempionati finalida O'zbekiston uchun eng muhim gollardan birini urib qo'ygansiz...

- Xudoga shukur.


TAS-IX Emas



Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика