So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  3 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Intervyu. Park Ji Sung "Osiyo jamoalari va boshqalar o'rtasida farq haliyam katta" Yangiliklar

Intervyu. Park Ji Sung "Osiyo jamoalari va boshqalar o'rtasida farq haliyam katta"

O'z vaqtida Janubiy Koreyaning etakchi futbolchilaridan biri bo'lgan Park Ji Sung FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

Malumot uchun, Park Ji Sung uchta jahon chempionatida o'ynagan va uchalasida ham gol urgan. U MYU tarixidagi eng yaxshi legionerlardan biri hisoblanadi.

- Janubiy Koreya uchun JCH-2018da guruhdan chiqish asosiy vazifami?
- Menimcha, shunday. Bir narsani unutmang, Osiyo jamoalari va boshqalar o'rtasidagi farq haliyam katta. SHu bois biz hozircha yarim finalga chiqishni maqsad qila olmaymiz. Ammo guruhdan chiqish uchun kurashsa bo'ladi. Qura tashlash marosimida aksar Osiyo jamoalari 4-savatchadan joy olishdi va bu ham darajamizni ko'rsatib turibdi. Osiyo jamoalari uchun navbatdagi jahon chempionatida guruhdan chiqishning o'ziyoq katta natija hisoblanadi.

- Ki Sung Yong va Son Xyon Min haqida gapirib bersangiz. Ular - Koreyaning asosiy o'yinchilarimi?
- Bu savolga osonlik bilan ha deya olaman. Ikkala futbolchi ham jamoamiz uchun o'ta muhim. Ularda tajriba katta va jahon chempionati nimaligini bilishadi. Ularning o'yini boshqalarga ham tasir ko'rsatadi.

- Mamlakatdan chetda o'ynash Janubiy Koreya terma jamoasini kuchaytiradimi?
- CHetda kuchli klublarda to'p tepish kuchli futbolchilarga qarshi maydonga tushish deganidir. Bu albatta foyda beradi. JCH-2002 paytida ko'p futbolchilarimiz ichki chempionatda o'ynardi va terma jamoani yig'ish qiyin bo'lmasdi. Endi bo'lsa vaziyat o'zgardi: bizda legionerlar bor va terma jamoa faqat FIFA kunlaridagina yig'ila oladi.

- Sizningcha, bu yilgi mundialda favorit kim?
- Doimgidek Braziliya. Keyin Germaniya ham ancha kuchli. Lekin bu ikkita jamoa orasida yaqqol favoritni ayta olmayman. Menimcha, jahon chempionatini kuzatib borish nihoyatda maroqli bo'ladi.

- Mezbon jamoa Rossiyadan nima kutyapsiz?
- Bunday turnirlarda mezbondan hamma vaqt ijobiy natija kutsa bo'ladi. Bir eslab ko'ring-a, 2002 yil biz mezbon sifatida yarim finalgacha borgandik. Men Rossiyada bo'lganman, ular futbolga juda qiziqadi va tayyorgarlikni ham yuqori darajada olib borishmoqda.

- Futbolda texnologiya qo'llanishiga qanday munosabat bildirasiz?
- Butun dunyo va boshqa sport turlari texnologiyadan iborat bo'lib qoldi. Tabiiyki futbol ham bundan mustasno emas. Futbolga texnologiya kerak, lekin hamma gap uni qanday qo'llashda.

- Siz hozir FIFA afsonalari dasturi bo'yicha ish olib boryapsiz. Bu sizga nima beradi?
- FIFAning loyihalarida ishtirok etish qiziqarli. Negaki mashhur o'yinchilarni hamma vaqt muxlislar katta qiziqish bilan kuzatib borishadi va sen o'z ishing bilan ularga tasir o'tkaza olasan. Futbol faqat futbolchilar uchun emas, balki dunyodagi hamma uchun. Endilikda sobiq futbolchi sifatida odamlarga quvonch ulashayotgan ekanman, bundan judayam xursadman.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика