So’nggi yangiliklar

10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  1 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  3 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  9 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  5 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  23 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0

Intervyu. Otabek G'ulomxo'jaev: "O'zbekiston U-19 terma jamoasidan ko'plab futbolchilar Superligada o'ynay olishadi" Yangiliklar

Intervyu. Otabek G'ulomxo'jaev: "O'zbekiston U-19 terma jamoasidan ko'plab futbolchilar Superligada o'ynay olishadi"

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralash bahslari o'tkazildi.

Unda Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi ham ishtirok etdi. Vakillarimiz guruhda Hindiston, Afg'oniston va Saudiya Arabistoni bilan kurash olib borishdi. 7 ochko to'plagan yoshlarimiz guruhda ikkinchi o'rinni egallashdi. 2020 yilgi Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tishi bois terma jamoamiz saralash bahslaridagi natijadan qatiy nazar yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lishgandi. Biz kuni kecha O'zbekiston futbol Associaciyasida terma jamoamiz ustozi Otabek G'ulomxo'jaev bilan suhbatlashdik.

- Saudiya Arabistoni saralash bahslarini qanday saviyada o'tkazdi? Tashkilotchilik qanday bo'ldi?

- Tashkilotchilik juda yaxshi bo'ldi. Kutib olish, mehmonxona, ovqatlanish barchasi yuqori darajada tashkil etildi. Faqat har doimgidek barcha arab davlatlarida bo'lgani kabi kichik kamchiliklar bo'ldi. Masalan, mashg'ulot o'tkazish uchun stadionga etib kelsangiz darvozasi yopiq bo'ladi. Yoki dastlab bu kiyim almashtirish xonasi sizlarga deyishadi keyin esa kutilmaganda o'zgarib qoladi.


- Saudiya Arabistonida odatda yil davomida issiq bo'ladi. Ayni paytda havo harorati qanday ekan?

- Doimgidek issiq, to'g'ri biroz shamol bor edi, ammo shamol ham issiq esardi. Taxminan 32-37 daraja issiq. U erda futbolka, shortiklarda yurdik. Toshkentda esa anchagina sovuq tushib qoldi.

- Hindiston va Afg'oniston bilan uchrashuvlarda bir xil hisobda g'alabalarga erishdik. O'zimizdan nisbatan kuchsizroq jamoalar bilan o'yinlar qanday o'tdi?

- Birinchi turda Hindistonga qarshi o'ynadik. Bu jamoani yaxshi bilardik. Himoyada tartibli harakat qilishlarini kutgan edik. Bizning birinchi maqsadimiz gol o'tkazmaslik, ikkinchi maqsadimiz esa Hindiston va Afg'onistonga qarshi bahslarda bor kuchimizni ko'rsatmaslik edi. Sababi asosiy etiborni Saudiya Arabistoniga qaratgan edi. Ularni mag'lub etishni maqsad qilgandik. Hindiston va Afg'oniston bilan uchrashuvlarda esa 50 foiz kuch bilan o'ynadik. Agar Hindiston va Afg'onistonni solishtiradigan bo'lsak shaxsan menga Afg'oniston qiziqarliroq tuyuldi. Yaqinda Hindiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi Osiyo chempionati saralashida qatnashgandi, menga o'sha jamoa ko'proq maqul kelgandi. Afg'oniston Saudiya Arabistoniga juda ham qarshilik ko'rsatdi. Balki afg'onistonlik futbolchilarda tajriba yoki mahorat kamroqdir, ammo ularda xohish, istak juda kuchli edi. Ular bilan bitta mehmonxonada yashadik. Futbolchilar bilan gaplashganimizda saralash o'yinini o'tkazish uchun Afg'onistondan uchib ketishgani, 5 daqiqadan keyin o'sha joyda portlash bo'lganini aytib berishganida hayratga tushdik va tinch yurtda yashayotganimizga shukur qildik.

- Biz Osiyo chempionati mezboni sifatida yo'lanmani qo'lga kiritib bo'lganmiz, shundan kelib chiqsak oxirgi turda Saudiya Arabistoni bilan bahs principial ahamiyatga ega edimi?

- So'nggi turdagi bahsga juda ham jiddiy tayyorlandik. 2-turdan so'ng bizda ham, Saudiya Arabistonida ham 6tadan ochko bor edi. Ular 6 ochko bilan Osiyo chempionatiga chiqa olmasligini juda yaxshi bilardik. SHu bois maqsadimiz ularni yutish edi. Ammo mezbonlar bilan o'yinda bizga qarshi 11 emas 14 nafar raqib bo'lishini uchrashuvdan oldingi intervyularimdan ham aytgandim. Hozirgi jamoamda ikki yil oldin O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida aynan Saudiya Arabistonidagi saralashda qatnashgan 4-5 nafar futbolchi bor. O'shanda mezbonlar terma jamoamizga turli yo'llar bilan nohaqliklar qilishgan, futbolchilarning asabiga o'ynashgan, yakunda Dilshod Nuraliev boshchiligidagi jamoamiz 0:1 hisobida yutqazib qo'yib Osiyo chempionatiga chiqa olmagandi. O'sha mag'lubiyat alami yigitlarning yuragida hamon saqlab qolgandi.

Uchrashuvning dastlabki 15-20 daqiqasi ichida to'liq ustunlikka ega bo'ldik, 2-3ta golli vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Keyin o'yin tenglashdi. SHogirdlarimga uchrashuvdan avval jarima maydoni ichida hech qanday keskin harakat qilishmasligini uqtirgandim. Afsuski birinchi taym so'nggida hakam baribir darvozamiz tomon penalti belgiladi. Bundan tashqari o'sha vaziyatda hakam Odilbek Abdumajidovga qizil kartochka ko'rsatdi. Odilbek faqat o'zbek va rus tilini biladi, qanday qilib hakamni haqorat qilishi mumkin? Yigitlar tanaffus vaqtida tushkunlikka tushib qolishdi. Xatto yig'laganlar ham bo'ldi. Murabbiylar shtabi hamda jamoamiz sardori Abduvohid Nematov futbolchilarning ruhini ko'tara oldi. Ikkinchi taymda 10 kishi bilan ham ustunlikka erishdik, uchrashuvning so'nggi 15 daqiqasida Saudiya Arabistoni butunlay himoyaga yotib oldi.


- Bugungi kunda U-19 terma jamoasidan ikki nafar futbolchi Abduvohid Nematov hamda Jasur Jaloliddinov Superligada o'ynamoqda. Kelgusi yil yana qaysi futbolchilarda Superligada o'ynashga potenciali etadi deb hisoblaysiz?

- Nematov va Jaloliddinov qatorida "Qo'qon-1912"da Hojimat Erkinov ham bor. "Paxtakor" uni ijaraga bergach kam bo'lsa ham maydonga tushib turibdi. Keyingi yil Superligada ko'plab futbolchilar o'ynashi mumkin deb o'ylayman. Masalan, "Metallurg"dan Davron Anvarov va Odilbek Abdumajidov, "Navbahor"da Muzaffar Olimjonov va darvozabonimiz Islomjon Abdullaxonov bor, "Nasaf"da Alibek Davronov bor, "Bunyodkor"da Ibrohim Ibragimov va Diyorbek Rahimqulov, "Paxtakor"da Ruslan Roziev va Ibrohimhalil Yuldoshev kabi futbolchilar bor. Terma jamoa uchun qanchalik ko'p futbolchilar Superliga klublarida o'ynashsa shuncha yaxshi.

- Saralash bahslari ortda qoldi. Osiyo chempionati o'zimizda bo'ladi. Keyingi rejalar tuzib chiqildimi?

- Hozirgina O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Sayfiddinovich bilan suhbatlashdik. Xabaringiz bor, Osiyo chempionatiga chiqqan 14ta jamoa nomi malum. Saralash bosqichda bitta guruh o'yinlari hali bo'lib o'tgani yo'q. Ushbu guruhdagi o'yinlardan so'ng barcha 16 jamoa nomi aniq bo'ladi. Noyabr oyi so'nggiga qadar rejalar tuzib chiqiladi. Qaerlarda yig'in bo'ladi, qaysi jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz barchasini aniqlab olamiz.

Hozirgi yoshdagi futbolchilar bir maromda o'ynay olishmaydi. Buni to'g'ri tushunish lozim. SHu bois saralashga borgan qaysidir futbolchilar keyingi yilgi Osiyo chempionatida qatnashmasligi ham mumkin. Selekciyani to'xtatmaymiz. Osiyo chempionatiga qadar teng kuchli ikkita jamoa tuzishga harakat qilamiz.

Etibor bergan bo'lsangiz, bu yil faqat avgustdan keyingina xorijda yig'in o'tkazdik xolos. Keyingi yil esa imkon qadar xorijda ham, o'zimizda ham yig'inlar bo'ladi va mamlakatimizda o'tadigan Osiyo chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'ramiz.



Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика