So’nggi yangiliklar

19:00Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Насаф", "Андижон" – "Динамо" ва бошқа учрашувлар давом этмоқда (онлайн ҳисоб)  11 18:53Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги. "Оил Стар" ва БМБ финалда тўқнаш келадиган бўлди  1 17:37"ЎзСҚБ кўплаб вазиятлар яратди, бизнинг йигитлар туриб бера олишди" — Рустам Умаров  0 17:16"Арсенал" АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  0 16:30Ўзбекистон Кубоги. 3-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Сурхон" ва "Шўртан" 1 нафардан йўқотишга эга  0 16:15"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  17 15:58Ўзбекистон Кубогида нима гап?  7 15:48Ўзбекистоннинг БАА ҳамда Қатарга қарши учрашувлари учун ҳакамлар тайинланди  18 15:48Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" 9:0 ҳисобида ютгани фойдасизми? "Насаф" 1:0 ҳисобида ютса, кейинги босқичга чиқадими?   11 15:31"Футбол олами". Водий дербисида "Нефтчи"да ғалаба, "Пахтакор"да 6:0, Қаршида жанговар дуранг ёхуд 9-тур ҳақида батафсил  0 15:20Эшитдик-да! CAFA U-17 мусобақасида Ўзбекистон U-16 терма жамоаси қатнашади  0 15:00Про лига. 6-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 14:39МЮ Европа Лигасидаги эҳтимолий ғалабани нишонламоқчи эмас  3 14:11Анчелоттининг ўғли "Рейнжерс"ни бошқариши мумкин  2 13:42"Ноттингем Форест" эгаси омма олдида бош мураббийга нисбатан ғазабини намоён қилди  3

Intervyu. Otabek G'ulomxo'jaev: “Jaloliddinov va O'runovning yaxshi o'ynashi qolgan o'zbekistonlik futbolchilar uchun foydali bo'ladi” Yangiliklar

Intervyu. Otabek G'ulomxo'jaev: “Jaloliddinov va O'runovning yaxshi o'ynashi qolgan o'zbekistonlik futbolchilar uchun foydali bo'ladi”

Taniqli yoshlar murabbiyi, turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda faoliyat ko'rsatgan mutaxassis Otabek G'ulomxo'jaev bilan intervyuning ikkinchi qismini etiboringizga havola etamiz.

Intervyu. Otabek G'ulomxo'jaev: "O'rinbosarlar chempionatidagi temp, daraja va futbolchilarga etibor havas qiladigan darajada emas"         


- Jasur Jaloliddinovni yaqindan bilgan, tanigan inson sifatida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga o'tishiga qanday munosabat bildirasiz? Balki, unga hali biroz ertadir, Belorus yoki shunga o'xshash chempionatlar orqali sekin-asta o'zini ko'rsatib borishi kerakmidi?

- U bilan har kuni suhbatlashamiz, ijtimoiy tarmoqlar orqali gaplashib turamiz. Har bir futbolchini qarorini hurmat qilish kerak. Jasurga mendan oldin ham maslahat berishgan, tavsiya berishgan. Jaloliddinov “Lokomotiv”ga borib birdaniga asosiy tarkibda o'ynab ketishdan oldin, jamoa yani kollektiv uni qabul qilishi kerak, ichki muhitga mashg'ulotlarga, jamoaga moslashishi lozim. Jismoniy jihatdan kichkina ekanligi hech narsani hal qilmasa kerak. Jahonda ko'ryapsiz Jasurga o'xshagan kichkina bollar nimalar qilib tashashmoqda. Oxirgi paytlarda o'zini ustida ishladi, sifatlarini kuchaytirishga erishdi. 

Terma jamoada ishlagan paytimda ham ko'p bor ishlashdan to'xtab qolmasligini aytardim. Faqat oldinga emas, ortga qaytib ham yordam berish kerakligini, hujumni boshlashi kerakligini ko'p takidlardim. Ustun jihatlari ham ko'p, to'pni o'zida yaxshi ushlab tura oladi, driblingi va tezligi ham bor. Jasurni o'zi ham qaerga borib qolganini yaxshi tushunib turibdi. Tanlovni o'zi qildi, “Beshiktosh”ni emas “Lokomotiv”ni tanladi. O'yin amaliyoti berilsa yaxshi, lekin terma jamoa Jasursiz ham o'ynay olishi kerak. CHunki, hali bilib bo'lmaydi. Jasur va Oston Rossiyaning top jamoalariga o'tishdi, agar o'zlarini ko'rsata olsa bu boshqa o'zbekistonlik futbolchilarga ham eshiklar ochishi mumkin. Ular Evropaga yo'l olsa bizga yanada hurmat bilan qarashadi. Jasur Rossiyaga ketayotganda do'st-dushmandan ehtiyot bo'lishini, o'ziga to'g'ri bo'lishini aytganman. Omadini bersin

- Jasur Jaloliddinov asli navoiylik. Uni Toshkentga “Bunyodkor” akademiyasiga kelishida sizning hissangiz ham bor...

- Uni oilasini yaxshi bilaman. Samarqandga turnirga borganimda bitta ko'rishda iqtidorini payqab “Bunyodkor”ga olib kelgandim. Birinchi ustozi Asror aka Pirnazarov. Juda bir qiynalgan paytlari edi. O'z yoshidagi guruh hali ochilmagani uchun 1999-2000 yil tug'ilgan bollar bilan shug'ullanib yurgan. “Bunyodkor”da rahmatli Akmal aka Risqullaev, Sergey CHigodaevlar qo'lida tarbiyalandi. Jasur hali akademiya qurilmasidan oldin 1996 lar bilan “Qorasuv”dagi bazada yashardi. Vaqtida qattiqqo'l ham bo'lganmiz, mashg'ulotlardan haydalgan paytlari ham uchrab turardi. Aytmoqchimanki, Jasur “Lokomotiv”da o'zini yo'qotib qo'ymaydi, bunaqa sharoitlarni qadriga etadi. Masalan, Sadio Maneni kuzatib boraman, o'zi oddiy sinib ketgan telefon tutadi, xudo unga berayotgan boylikni o'z yurtida maktablar, maydonlar qurilishiga sarflamoqda. Jasurga ham Maneni yo'lini berishini tilab qolaman. O'zimizda baraka topsin Odil Ahmedov Namanganda akademiyasini ishga tushirdi. 

- Siz o'z vaqtida Temur Olimxo'jaevga o'smirlar terma jamoasida ko'maklashgansiz. O'sha jamoa tarkibida Oston O'runov ham bo'lgan. U bilan til topishishda ko'p murabbiylar muammoga uchragani haqida eshitganmiz...

- Bizda bu tomondan muammo bo'lmagan. Uning yutug'i maydonda o'yinni o'z qo'liga olishdan cho'chimasligida. To'g'ri, ayrim hollarda to'pni ko'p ushlab turadi, qizg'anchiqligi bor. Murabbiylar tomonidan uning bu hislatlari ham yo'qoladi degan umiddaman. 

- Akademiyadagi bollarning hammasi ham katta futbolchi bo'lib ketmaydi. Bu ham bevosita selekciya ishlariga bog'liqmi?

- Biz viloyatlardan, chekka hududlardan iqtidorli bollarni olib kelib murabbiyga tavsiya qilamiz, qo'liga topshiramiz. Qolgani bolaning o'ziga yani olib ketishiga va murabbiyga bog'liq bo'ladi. Hamma o'ylagandek bu ish oson emas, o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Muxlislar orasida ko'cha futboli degan gap ko'p yuradi. Bu 18-19 yoshdagi bollarni anglatmaydi. Borinki ana 8-10 yoshlik bollarni ko'chadagi harakatlaridan nimanidir payqash mumkin. Hafa bo'lishmasinu hozirgi vaqtda ko'cha futboli ham yo'qolib ketmoqda. Bollar telefon, planshet, kompyuter o'yinlari bilan band. Dars qilsa ham maylin ekan. Endi maydonlarda to'p tepib yurgan o'zimizni jaydari bollar ham topiladi. 

- O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Osiyo chempionatiga qizg'in hozirlik olib bormoqda. Turnir yurtimizda o'tkaziladi bunda tabiiyki bosim va hayajon kuchli bo'lishi tabiiy. Yuqori bosimni qanday qilib engib o'tish mumkin? CHunki, Tailanddagi Osiyo chempionatida olimpiya terma jamoamiz shu tomondan qiynaldi...

- Avvalo gap ichki muhitda. Hozir terma jamoani ichida nima bo'layotganini bilmayman, bu jamoaning ichidagi siri. Tailandda bollar nima uchun bosimdan chiqa olishmadi? CHunki, o'rtaga olimpiyada yo'llanmasi qo'yilgandi. Hozirgi yoshlar terma jamoasi oldida Jahon chempionatiga chiqish vazifasi turibdi. Murabbiylar shtabini tayyorgarlik qoniqtirmayotgani aniq. Bunga sabab pandemiya. Futbolchilar ham har xil holatda keladi jamoaga, kimdir klubda mashg'ulot o'tkazgan kimdir o'tkazmagan. Individual kuchli futbolchilar ko'p, lekin jamoaviy o'yinni shakllantirish qiyin. Buning uchun ko'proq o'rtoqlik o'yinlari kerak. Ammo, pandemiya sabab o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilmayapti. Osiyo chempionati o'zimizda bo'ladi, bollarni otalari, onalari, yaqinlari shu erda. Baribir bosim bo'ladi.

- Osiyoda futbol rivojlanyaptimi yoki biz pas nazar bilan qaraydigan jamoalar bizning darajamizga etib oldimi? Vetnam, Tailand kabi mamlakatlarda oxirgi yillarda yaxshigina o'sish kuzatilmoqda...

- Vetnamda franciya va germaniyalik mutaxassislar bundan bir necha yil oldin ish boshlashgan edi. Bugungi kunda ularning turli yosh toifalaridagi terma jamoalari Osiyoda o'z o'rinlarini topmoqda. Raqibni mensimaslik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Lekin, bizning bollar guruhdan oson chiqishlariga ishonchim komil. Ko'p narsa birinchi tur Eron bilan bo'ladigan o'yinga bog'liq. Eron yoshlari jismonan baquvvat, bo'ydor futbolchilari bor. Qolgan ikki raqib ham yomon emas. Menimcha, guruhda bizning futbolchilari kuchlarini tejagan holda yarim kuch bilan raqiblarini mag'lub etishlari kerak. Bundan maqsad guruhdan chiqib olganimizdan keyin hal qiluvchi, Jahon chempionatiga yo'llanma beradigan o'yinga kuchni saqlab qolish. Indoneziya amaldagi mundial mezboni, ular bor kuchlari bilan o'ynamasligi mumkin. Men o'ylardimki finalda yoki yarim finalda Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelishlarini. Ulardan qolgan alamimiz bor. Bollarni o'zi ham yaxshi biladi. Ularni yirik hisobda yutishimiz kerak. Saudiya Arabistoni bilan hisob-kitobimiz bor. Albatta, bunga qadar guruhdan chiqish va Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz kerak. 

Otabek G'ulomxo'jaev bilan intervyuning galdagi qismi “Navbahor”dagi faoliyati, klubdagi muammolar, Kanchelskis bilan bog'liq vaziyat haqida bo'ladi. Bizni kuzatishda davom eting!

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика