So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  5 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Intervyu. MMAchi Mahmud Murodov O'zbekiston fuqoroligi, Munisa Rizaeva bilan munosabat va boshqalar haqida Yangiliklar

Intervyu. MMAchi Mahmud Murodov O'zbekiston fuqoroligi, Munisa Rizaeva bilan munosabat va boshqalar haqida

Mahmud Murodovni bugungi kunga kelib, nafaqat yurtimizda balki butun jahonda aralash qoidalar bo'yicha jang sanati muxlislari yaxshi biladi.

Uning natijalari borasida esa, to'xtalib o'tishni lozim topmadik zero, bu borada barcha muxlislarimiz yaxshigina malumotga ega ekanliklari aniq. Unga yoshligi va bazi mish-mishlarga oydinlik kiritish borasidagi savollar bilan murojaat qildik. Birinchi bor janglarini ko'rganimda shunday ajoyib sportchi hamyurtim ekanligidan faxrlangan edim. Bugungi suxbatimiz mobaynida esa, samimiy va kamtarin inson ekanligi bilan yana bir bor katta taassurot qoldirdi. Quyida mazkur suxbatni etiboringizga xavola etamiz.


-Mahmud qaerdadir qulog'imga chalinib qoldi. Maktabda o'qib yurganingizdayoq tadbirkorlik  qilgan ekansiz. Yani  gazli suv sotgan ekansiz?

-Darxaqiqat, bu bor gap!


-Balkim bu savolim biroz og'ir botar. Lekin o'rinli tanqid foydadan xoli emas... CHex va rus tilini mukammal bilasiz, ona tilimiz o'zbek tilida qiynalar ekansiz... Misol uchun,  Dimitriy SHokin , Mixail Volinkinlar sof o'zbek tilida so'zlashishadi. Balki ulardan o'rnak olish kerakdir. Har xolda, siz kabi sportchilarimiz vatanimiz, millatimiz yuzi hisoblanadi?

-Bu borada ko'p marotaba savollar bilan murojaat qilishgan. Endi buning o'ziga yarasha sababi bor. Birinchidan men Tojikistonda tug'ilganman. 1992-1993 yillar O'zbekistonga yani Buxoraga ko'chib kelganmiz. CHunki, onajonim asli Buxoradan edi. Buxoro shahrida esa, aksariyat insonlar tojikchada muloqot qilishadi. Men esa, 1-9 sinfgacha rus maktabida taxsil olganman. Uyda ham rus tilida gaplashar edik.  Otam avtoxalokatga uchraganidan so'ng, 14-15 yoshimdan ishlagani chiqqanman. 16-17 yoshimda esa, akam bilan birgalikda Rossiyaning Tomsk shahriga borib ishlaganmiz. CHunki, otam uch yil shifoxonada yotgan. SHuning uchun, bu xolat vaziyat taqazosi bilan yuzaga kelgan. Keyinchalik yurtimizga qaytdim va ayni o'sha damda CHexiya varianti yuzaga keldi. Yana shuni aytib o'tishim lozimki, Buxoro ona shahrim garchi men u erda tug'ilmagan bo'lsamda... Vatanimizni sevaman vaxolanki menda O'zbekiston respublikasining fuqaroligi ham yo'q.  Odamlar shuni ham bilmasdan turib nega o'zbekcha gapirmasligimni muxokama qilishadi? Aslida,  o'zbekligimdan – o'zimga bekligimdan juda faxrlanaman. Yurtimga foydam tegishi uchun astoydil harakatdaman. Yana bir bor takidlayman, men “Patriotman” shunday ekan, vatanimni juda sevaman!!!


-Mana xech qancha vaqt bo'lmadi. Xuddi siz kabi fuqaroligi bo'lmagan insonlarga yurtimiz pasporti berildi. Siz bu borada murojaat qilmaganmisiz?


Intervyuning to'liq qismini OLAMSPORT.COM saytida o'qing.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика