Mahmud Muradov UFCdagi navbatdagi g'alabasiga erishdi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2023, 23:14
Hamyurtimiz Mahmud Muradov Londondagi UFC turnirida oktagonga ko'tarildi.

Turnir doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov amerikalik Brayan Barberenaga qarshi jang qildi. 

3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Mahmud hakamlar qaroriga ko'ra g'alabaga erishdi.

Ma'lumot uchun, Mahmud shu kungacha UFCda 6 ta jang o'tkazgan. Bugun u promoushendagi 4-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bungacha u ikkita jangda imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

Jang va uning atrofidagi tafsilotlar bilan Olamsport.com sayti orqali tanishing. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com