So’nggi yangiliklar

12:47"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетмоқчи  0 12:29Илёс Зейтуллаев “Бунёдкор” бош мураббийи!  2 11:00Фарруҳ Зокиров: "Ўйин финал каби ўтди ва Шойимованинг бенефисига айланди"  4 10:49Ўзбекистон миллий терма жамоаси Доҳага етиб келди  12 10:37"Эшитдик-да" тасдиқланди. Катанец терма жамоа йиғинида қатнашмайди  47 10:20Неймар собиқ жамоасига қайтди  3 09:39Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг январь ойидаги йиғинига Катанец келмаслиги мумкин   28 09:33"Жон сақлаш учун курашмаймиз, "Қўқон-1912"нинг мақсади фақат юқорига интилиш" - Жасурбек Ёқубов  0 08:55Водий жамоасининг хориж йиғинида бўйдор ҳимоячи иштирок этади  3 08:35"Қизилқум" собиқ легионери "Машъал" йиғинига келиб қўшилди  1 08:05"Торино" клуби тарбияланувчиси "Андижон"га ўтиши мумкин  2 07:30Расмий хабар: "Шўртан" Ўзбекистон чемпиони ва икки нафар дарвозабон билан шартнома имзолади   2 02:39А Серия. "Интер" "Жузеппе Меацца"да "Эмполи"дан устун келди  1 00:29Сульшер "Бешиктош"да қанча ҳақ олади?  1 23:25АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ипсвич Таун"ни тор-мор этди  25

Intervyu. Mixail Naumov: “Dinamo”ning muvaffaqiyatlari tasodif emas” Yangiliklar

Intervyu. Mixail Naumov: “Dinamo”ning muvaffaqiyatlari tasodif emas”

Teglar :  Mixail NaumovDinamo
Futbol bo'yicha bu yilgi O'zbekiston chempionati bahslari o'ziga xos sensaciya bilan boshlandi.

O'tgan yili birinchi ligada, g'olib chiqib oliy ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritgan Samarqandning “Dinamo” jamoasi Oliy ligada ham hech kutilmaganda zafarli yurishini boshlab yubordi.

Mavsumlar oralig'ida murabbiylar qo'nimsizligi qolaversa, tarkibning mukammal shakllantirish borasidagi muammolarga qaramasdan samarqandlik futbolchilar hozirgacha o'tkazilgan uchta turda barcha raqiblarini mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.

Jamoa tarkibinining 90 foizi yosh futbolchilardan tashkil topgan “Dinamo”chilar hozirgacha raqib darvozasini olti marotaba ishg'ol etib, o'z darvozalari daxlsizligini saqlab turishibdi. Bundan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritilishida jamoaning tajribali posboni Mixail NAUMOVning xizmatlari katta. O'z vaqtida “To'palang”, “Mashal”, “Nasaf” jamoalarida to'p tepib, milliy terma jamoaga nomzod hisoblangan surxondaryolik darvozabon bilan jamoasining bu yilgi yutuqlari haqida gaplashdik.


-“Dinamo”ning bu mavsum boshidagi muvaffaqiyatli yurishlarining sababi nimada?
-Buning hech qanday sirli joyi yo'q. Biz o'tgan yili birinchi ligani peshqadam sifatida yakunlab, oliy ligaga yo'llanma olganimizdan so'ng, tarkibimizda bir qator yosh futbolchilar kelib qo'shildi. O'zaro hamjihatlik, maydonda bir-birimizni tushunib harakat qilishimiz mavsum boshidagi muvaffaqiyatimizga omil bo'ldi, deb ayta olaman. Ochig'ini aytish kerak, bu qadar omadli start olishimizni hech kim kutmagan edi.

-Darhaqiqat, o'tkazilgan uchta turda jamoa raqib darvozasini uch marta aniq nishonga olib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab turibdi. Bu o'z-o'zidan bo'lmagan bo'lsa kerak…

-Albatta. Yuqorida aytib o'tdim. Biz murabbiylarning ko'rsatmasini bekamo' ko'st bajarib, nafaqat hujumda, himoyada ham tartibli harakat qilishga urinayapmiz. Futbolchilar ham murabbiylar ulardan nimani talab qilayotganini yaxshi tushunib turishibdi va uni bajarish uchun astoydil intilishmoqda.

-Umuman olganda, mavsum oldidan har bir jamoa chempionatda o'z oldiga malum bir maqsadlarni qo'yib, harakat qiladi. Rahbariyat jamoa oldiga qanday vazifalarni qo'ygan?

-Maqsadimiz chempionatda munosib, ishtirok etib, muxlislarni xursand etish. 12-o'rinni egallasak ham hech kim bizni koyimaydi.

-Mixail, nima deb o'ylaysiz: jamoangiz mavusm oxirigacha shu ruhda to'p tepishga qodirmi?

-Biz osonlikcha taslim bo'lmaymiz. Murabbiylarimizning o'yin oldidan bergan ko'rsatmalarini to'g'ri bajara olsak, g'alaba qozona olishimizga barcha ishonib turibdi. O'tgan turlardagi g'alaba o'zimizga bo'lgan ishonchni yanada oshirdi. O'tgan yili Angliyada “Lester” chempion bo'lishiga hech kim ishonmagandi. Balkim, biz shu ishni O'zbekistonda takrorlarmiz?! Buni o'yindan o'yinga bilib olaveramiz.

-O'z vaqtida “Mashal”, “Nasaf” singari jamoalar yurtimizning etakchi jamoalarida to'p tepgansiz. Lekin keyingi yillarda birinchi ligada o'ynay boshladingiz. “Dinamo” varianti qanday paydo bo'lgandi?

-2015 yil men uchun biroz omadsiz keldi. Dastlab “So'g'diyona”da, keyin “Oqtepa” libosida maydonga tushdim. 2016 yil boshida “Dinamo”dan taklif tushgach, samarqandliklar bilan bitimga imzo chekdim. Ularning oldida birinchi ligadan oliy ligaga chiqish vazifasi turardi. Men qiyinchilik bilan bo'lsada, yana oliy ligaga qaytishni maqsad qilgandim. “Dinamo” bilan bu vazifani uddaladim, desam ham bo'ladi.

-Klub infrastrukturasi haqida nima deya olasiz? Baza, stadionda futbolchilar uchun sharoitlar etarlimi?

- Albatta, “Nasaf”dagi singari iedal sharoit yo'q “Dinamo”da. Lekin nolishga asos ham yo'q. Futbolchilar uchun etarli sharoitlar mavjud.


-Samarqand ahli katta futbolni sog'inib qolgani muxlislarning jamoa o'yiniga tashrifidan ham sezsa bo'ladi. Ular nafaqat Samarqandda, balki safar o'yinlarida ham sizlarni qo'llab-quvvatlashmoqda…
-Ha. Bu haqda alohida to'xtalishim lozim. Ularning qo'llashisiz hozirgi natijalarga erisholmasdik. Men va butun jamoadoshlarim ulardan cheksiz minnatdormiz. O'ylaymanki, uzoq davom etadigan mavsum davomida ular bilan birga ko'plab g'alabalarni birga nishonlaymiz.

-Ochig'ini ayting: jamoaning o'zi ham mavsumni bu qadar ko'tarinki ruhda boshlaganini kutmagandi. To'g'rimi?

-Ha. Lekin birinchi o'yinda safarda yana “Metallurg” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin biz o'z o'yinimizni ko'rsatsak, yuksak natijalarga erisha olishimizga ishona boshladik.

-Lekin o'sha ilk turda Bekoboddagi g'alabangiz ayrimlarda shubha gumon uyg'otgani ham bor gap…

-Ko'pchilik o'sha g'alabamizni “sensaciya” deb baholadi. Yana qanday gap-so'zlar bo'lganidan xabarim yo'q. Ammo biz keyingi ikki turda ham o'zimizga kerakli natijaga erishib, 1-turdagi g'alabamiz tasodifiy emasligini isbotlay oldik, deb.

-Suhbat uchun tashakkur. Sizga va jamoangizga omad tilayman.

-Rahmat.

Aziz NURIY suhbatlashdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика