So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  5 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  4 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

Intervyu. Mirzohid G'ofurov: “Jamoa sardori bo'lish masuliyati og'ir ekan” Yangiliklar

Intervyu. Mirzohid G'ofurov: “Jamoa sardori bo'lish masuliyati og'ir ekan”

Muborakning “Mashal” klubi yarim himoyachisi Mirzohid G'ofurov bir necha yillardan buyon oliy ligada faoliyat olib bormoqda. Biz futbolchi bilan yakuniga etayotgan mavsum haqida suhbatlashishga qaror qildik.

- “Mashal” jamoasi sardori sifatida o'ynayapsiz. Sardorlik qanday ekan?
- Albatta jamoa sardori bo'lishning o'ziga yarasha “yuki” va masuliyati bo'lar ekan. Sardor o'z nomi bilan jamoaning maydondagi etakchisi bo'lishi kerak ekan. Bahs davomida jamoaingiz yutqazib tursa sheriklarni ruhlantirish kerak. Hakam bilan tortishayotgan futbolchilarga to'g'ri tanbeh berish sardorning zimmasida bo'ladi.

- Yakuniga etayotgan mavsumda “Mashal”ning natijalari haqida nima deya olasiz?
- Bu mavsumda ko'zlagan maqsadimizga erisha olmadik. To'g'risi biz hozir o'zimizning o'rnimizda emasmiz. SHunchaki omadsiz o'yinlar, yo'q joyda ochko yo'qotilgan bahslar ko'p bo'ldi. SHu bois “Mashal” ayni paytda pastroq o'rinda bormoqda. Biroq oldinda yana 3ta tur bor, imkon qadar g'alabalarga erishib yuqoriroq pog'onalarga chiqib olmoqchimiz. SHaxsan men mavsumdagi natijalarimizdan qoniqmadim. Biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz.

- Umuman 2016 yilgi mavsum to'g'risidagi fikrlaringiz qanday?  
- Yildan-yilga chempionat qiziqarli bo'lib bormoqda. Sababi bundan bir necha yillar oldin bitta jamoa boshqalardan ancha oldinga o'tib ketib mavsum tugashiga 3-4 tur qolganida chempion bo'lardi. Ligadan tushib ketadigan jamoalar nomi ham oldinroq aniq bo'lib qolardi. Bu yil esa mana chempion nomi hamon aniq emas. Qaysi jamoa quyi ligaga tushib ketishi ham nomalum. Oldindagi 3ta turda barcha narsa sodir bo'lishi mumkin.


- CHempion malum emas dedingiz. SHaxsan siz kimda imkoniyat ko'proq deb o'ylaysiz?
- “Lokomotiv”da imkoniyat ko'proq. Sababi oddiy ularda ochko ko'proq. “Bunyodkor”da ularga etib olish va oshib ketish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Lekin hozircha hech nima aniq emas. Bu jamoalar hali o'zaro o'yin ham o'tkazishlari kerak.

- 2015 yil boshida siz “Bunyodkor” klubiga ko'chib o'tdingiz. Biroq tezda yana ortda qaytdingiz...
- “Bunyodkor”dagi mavsum men uchun yaxshi boshlangan edi. Dastlabki o'yinlarda maydonga  tushdim, OCHL doirasidagi uchrashuvlarda qatnashdim. Biroq “Mashal”da uzoq yil o'ynaganim uchunmi yangi jamoaga qo'shilib keta olmadim. Zaxirada o'tiradigan yoshda emasdim. SHu bois murabbiylarga “Mashal”ga qaytib o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi ekanligimni aytdim. Ular bilan do'stona tarzda xayrlashdik. “Bunyodkor”ni yomon taassurot bilan tark etmaganman.

- Siz bilan birga Eldor SHomurodov va Otabek SHukurov ham “Bunyodkor”ga o'tishgandi. Ularga qanday tilaklaringiz bor?
- Bundan ham kuchli futbolchi bo'lib etishishlariga tilakdoshman. Ikkalasi ham “Mashal” jamoasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Ularni yoshligidan yaxshi taniyman. Tirishqoq va mehnatkash yigitlar. O'z harakatlari bilan mana terma jamoa darajasiga chiqishdi. “Bunyodkor”ning etakchi futbolchilariga aylanishdi. Imkoniyat bo'lsa Evropa klublariga o'tishsin, ularga faqat yaxshi tilaklar tilayman.

- Terma jamoadan so'z ochdingiz. Jahon chempionati saralashi haqida nima deya olasiz?
- Jamoamiz uchinchi bosqichni yaxshi boshladi, ammo Eronga Toshkentda yutqazib qo'ydi. Lekin hali o'yinlar ko'p, mundialga chiqish uchun imkoniyatimiz etarli. Xalqimiz anchadan buyon Jahon chempionatini orzu qiladi. Mana shu yigitlar nasib qilsa albatta Rossiyadagi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

- “Mashal” bilan shartnomangiz yil so'nggida tugaydimi?
- Ha, yil oxirida shartnomam yakuniga etadi.


- Keyingi rejalar qanday?
- To'g'risi bu haqda o'ylab ko'rganim yo'q. Hozir bor fikrim oldinda turgan 3ta o'yin haqida. Ayni paytda “Mashal” futbolchisiman. Tatilga chiqqach xordiq chiqaraman va keyingi taqdirim haqida o'ylab ko'raman.

- “Mashal”da har yili yosh futbolchilar etishib chiqadi. Bu yil kimlarni alohida ko'rsatib o'tasiz?
- To'g'ri takidladingiz, azaldan “Mashal” yoshlarga katta etibor qaratadi. Bu yil darvozabon Javohir Ilyosov oliy ligada o'zini ko'rsatishga erishdi. Yosh va qobiliyatli posbonligini isbotladi. Yarim himoyachi Sardor Abduraimov ham tirishqoq futbolchi. U asosiy tarkib azosiga aylanib oldi. Jamoaning g'alabalariga o'zining katta xissasini qo'shmoqda. Ulardan tashqari ko'plab yoshlar bor, yana bir qator yoshlar o'rinbosarlar safida o'ynashdi. Keyingi yilda tarkibda yangi yoshlar ham paydo bo'lishiga shubha yo'q. Murabbiylar buning ustida ishlashmoqda.

- Akangiz Rashid G'ofurov bu yil boshida “Navbahor”da ishladilar. Ayni paytda nimalar bilan bandlar?
- Ayni paytda akam futboldan dam olmoqdalar. Bilasiz birinchi marta oliy ligada bosh murabbiy sifatida ishladi. Biroq bir nechta o'yindan so'ng rahbariyat akamni ishdan bo'shatdi. SHu sababli hozircha takliflarni ham ko'rib chiqmay xordiq chiqardilar. Lekin keyingi yil yaxshi talkif bo'lsa o'zlarini sinab ko'radilar.

- Mirzohid G'ofurov kelajakda murabbiy bo'lishi mumkinmi?
- Buni vaqt ko'rsatadi. Oldindan bir nima deyish qiyin. Biroq to'g'risi murabbiy bo'lishni istamasdim. Sababi akam murabbiy bo'lgach qanchalik qiyin kasb ekanligini ko'rib bildim. Albatta oson kasb yo'q. Lekin murabbiylik qilish juda ham og'ir. Har bir futbolchining ko'ngliga yo'l topa olish kerak. Turli xarakterli yigitlar bo'ladi. Lekin murabbiy sifatida bo'lmasa ham futbolni ichida qolishni istardim.

Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика