So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  137 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Intervyu. Marchello Lippi: "Zamonaviy futbolda Xitoy eng kuchli mamlakatlardan biri" Yangiliklar

Intervyu. Marchello Lippi: "Zamonaviy futbolda Xitoy eng kuchli mamlakatlardan biri"

Xitoy terma jamoasining yangi ustozi Marchello Lippi FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

Italiyalik murabbiy termaning Rossiyadagi mundialga chiqish imkoniyatlari borasidagi savolga darhol "oq bayroq"ni ko'tarishni istamadi. Xitoy ayni paytda Osiyo qitasidagi saralash bahslarida 4ta o'yindan so'ng 1 ochko to'plab o'z guruhida oxirgi pog'onada bormoqda. Jamoa guruh peshqadamlari Eron, O'zbekiston va Janubiy Koreyadan mos ravishda 9, 8 va 6 ochkolarga ortda bormoqda.

Lippi xitoylik futbolchilarning muammolaridan albatta xabardor. Noyabr oyida Qatar, keyingi yil mart oyida Janubiy Koreya ustidan g'alaba qo'lga kiritilsa Xitoy darhol Rossiyadagi Jahon chempionatiga chiqish poygasiga qo'shilishi aniq.

Ayni paytda vaziyat biz uchun juda murakkab, – deydi 68 yoshli murabbiy. – Xuddiki, bizda imkoniyat qolmagandek tuyulmoqda. Ammo birlashib deyarli amalga oshirib bo'lmaydigan ishni amalga oshirish mumkin.

Bundan tashqari terma jamoaning kelajagi haqida ham bosh qotirish kerak. Buning uchun raqobatbardosh jamoa tuzish lozim.

Lippi bundan oldin Xitoyning Guanchjou Evergrand klubi bilan uch marta mamlakat chempioni bo'ldi va bir bor Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqdi. 2013 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ushbu murabbiy qo'l ostidagi Guanchjou chorak finalda Misrning Al-Ahli klubini dog'da qoldirdi va uchinchi o'rin uchun bahsda Ronaldinosi bor Atletiko Mineyroga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Lippi oldinroq Xitoy terma jamoasida ishlashi ham mumkin edi, ammo klubdagi ishi tufayli bundan voz kechgandi.



Bunday imkoniyat bo'lgandi, biroq men Guanchjouda ishlayotgandim, shu sababli bu variantni keyinroqqa qoldirishga majbur edim. Guanchjoudagi faoliyatim tugagach Italiyaga qaytdim, yana Xitoyga qaytib kelishni istardim. Bu mamlakatning meni qo'llab quvvatlayotganini his qilib turardim.

Zamonaviy futbolda Xitoy eng kuchli mamlakatlardan biri. Xitoy futboliga rivojlanishida yordam berishga harakat qilaman. Bu erda kuchli futbolchilar etarli, Xitoy o'zini boshqalardan kuchsiz deb hisoblamasligi kerak, buning uchun yangi darajaga chiqish lozim. Xitoyga kerakli jihatlar – masuliyat, aniq maqsad va maqsadga erishish uchun ishonch.

Xitoy terma jamoasi ilk bor 2002 yilda Jahon chempionatiga chiqqanida ham uni xorijlik murabbiy serbiyalik Bora Milutinovich boshqarar edi. Xitoyning o'sha natijani takrorlash imkoniyati juda ham past. Biroq Lippi Jahon chempionatlarida mo'jiza yaratishga usta.

2006 yilda hech kim Italiya Jahon chempioni bo'lishini kutmagandi, – deydi JCH-2002 va Evro-2004dagi muvaffaqiyatsizliklardan so'ng Italiyani chempion qilgan murabbiy.


FIFA rasmiy saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика