So’nggi yangiliklar

19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  0 18:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан дурангга рози бўлди   15 18:54Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистон устидан ишончли ғалабага эришди  4 18:40Ўзбекистон терма жамоаси футболчиларининг Уругвайга қарши ўйиндаги статистикаси  2 18:09Япония Бразилиянинг додини берди  20 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  10 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  2 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  9 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  7 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 15:04Мусиала жароҳатдан тикланиш жараёни ҳақида гапирди  0 14:42Ферран Торрес Болгарияга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 14:20Факундо Торрес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда мураббий талаб қилган вазифаларни бажардик"  0 13:59"Эвертон" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  0

Intervyu. Komil SHarafutdinov: “Dinamo“ Pro-liga uchun yig'ilgan tarkib bilan Superligada natija ko'rsatishga majbur bo'ldi” Yangiliklar

Intervyu. Komil SHarafutdinov: “Dinamo“ Pro-liga uchun yig'ilgan tarkib bilan Superligada natija ko'rsatishga majbur bo'ldi”

Ayni vaqtda Pro-liga jamoalari tayyorgarlikning asosiy qismiga kirishishgan.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Superligadan tushib ketgan Samarqandning “Dinamo” jamoasi ham Toshkentda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Kecha yig'in doirasidan o'rin olgan navbatdagi nazorat uchrashuvi o'tkazildi. Poytaxtning “Rubin” jamoasi esa raqib vazifasini bajardi. Belashshuv yakuniga etgandan keyin bir necha yildan beri samarqandliklar sharafini himoya qilib kelayotgan Komil SHarafutdinovni suhbatga chorladik.

- Buyuk o'tmishga ega, minglab muxlislar qalbidan joy olgan “Dinamo” afsuski quyi ligaga tushib ketdi. Mazkur hodisaga hamma turlicha munosabat bildirmoqda. Jamoa azosi, uning ichidagi inson sifatida qanday izoh bera olasiz?

- Mavsumni yaxshi va ijrobiy natijalar bilan boshlagandik. Birinchi davrani ko'ngildagidek o'tkazdik. O'yinimiz ko'pchilikka manzur kelgan paytlar ham bo'ldi. O'z maydonimizda deyarli mag'lub bo'lmadik. Ha, faqat davra ohirida “Bunyodkor” bilan yaxshi o'ynab uch ochko yo'qotdik. Durang natijaga yaqin kelgandik. Ikkinchi davrada jamoamizdan omad yuz o'girdi. SHuningdek, ayrim bahslarda tajriba etishmadi.



- SHaxsan o'zimga jamoadagi futbolchilar maydonda maqsadsiz va motivaciyasiz harakat qilgani sezildi. Balki, hamma narsa maosh va mukofot pullari bilan bog'liqdir?

- Jamoadagi ichki muhitda muammo bo'lmadi. Hammamiz bir oiladek bellashuvlarga hozirlik ko'rdik. Afsuski, o'yinimiz o'zimiz o'ylagandek chiqmadi. Moliyaviy tomonlama deyarli kamchilik kuzatilmadi hisob. Natijalarimiz qoniqarsiz ko'rinish olgani tufayli biroz muammo yuzaga kelgandir.

- “Dinamo”ning kutilmaganda elitada paydo bo'lib qolgani ham pand berdimi? Reja bo'yicha, bosqichma-bosqich ish qilinganida vaziyat boshqacha tus olarmidi...

- Bu gapingizga qo'shilaman. Aslida tayyorgarlik, tarkibdagi futbolchilar va jamoa Pro Liga uchun shakllantirilgandi. To'satdan kutilmagan qaror bizni shoshiltirib qo'ydi. Quyi liga uchun yig'ilgan tarkib bilan Superligada natija ko'rsatishga majbur bo'ldik.

- Akangiz Dilshod SHarafutdinov faoliyatini ohirgi qismlarini xorijda o'tkazganidan xabarimiz bor. Hozirda nima bilan band?

- Jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqdalar.


- Faoliyatingizda burilish yoki o'zgarish qilishga imkon bo'lganmi? Boshqa jamoalardan takliflar oldingizmi?
- Klub bilan tuzgan shartnomam yakuniga etgani yo'q. Hozircha jamoamga kerak ekanman, Samarqand xalqi uchun o'ynashda davom etaman.

- Toshkentdagi yig'in qay tartibda davom etmoqda? Murabbiylar shtabi va futbolchilar o'rtasida aloqalar qanday?

- Yig'in alo kayfiyatda o'tmoqda. Toshkentda ko'plab jamoalar bilan nazorat o'yinlaridan ishtirok etmoqdamiz. Ko'rikdan o'tayotgan yosh futbolchilar Tajmurod Agamurodovda yaxshi taasurot qoldirmoqda. Ushbu inson tajribali mutaxassis hisoblanadi. Mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatganlarni yaxshi ko'radi. O'z ishiga talabchan. Fursatdan foydalanib muxlislardan jamoamizni doim qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. Ularning ko'magi ostida ijobiy natijalarga erishamiz. Ishqibozlar bilan aka-ukadekmiz. Dalda berishdan charchashmaydi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика