So’nggi yangiliklar

09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  4 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  6 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0

Intervyu. Kilian Mbappe: "Men peshonasi yaltiragan futbolchiman" Yangiliklar

Intervyu. Kilian Mbappe: "Men peshonasi yaltiragan futbolchiman"

Teglar :  Kilian Mbappe
UEFA rasmiy sayti "Monako"ning yosh iqtidor egasi, istedodli hujumchisi Kilian Mbappe bilan intervyu uyushtirdi.


- Joriy mavsumda siz ilk bor ECHL havosidan nafas olish baxtiga muyassar bo'ldingiz. Bu ajoyib his tuyg'ularni beradi, shunday emasmi?
- Ha, albatta. "Monako" ECHLdagi yo'li hayratlanarli chiqdi. Biz yozda Evropa chempionlar ligasi kvalifikaciya raundidan o'tib guruh bosqichiga yo'l olgandik. Guruhda esa teng kuchli va darajasi bir jamoalar yig'ilgandi. Ayna qiyin guruhdan chiqib, nimchorak finalda evropaning eng kuchli jamoalaridan biri "Manchester Siti"ni ajoyib kechgan uchrashuvlarda taslim eta oldik. Keyinchalik esa chorak finalda "Borussiya Dortmund"ni engdik. Yarim finalda esa bizni yanada kuchli va jiddiy raqib - "Yuventus" kutmoqda.

- SHaxsan o'ziz uchun qaysi voqea ko'proq yodda qoldi?
- "Manchester Siti"ga qarshi mehmondagi bellashuvni ko'proq shirin xotiralar bilan eslayman. Sababi, o'sha uchrashuvda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdim. Evropa chempionlar ligasi madhiyasi jarang solayotganda, ichimdan ajoyib hislar o'tdi. O'sha daqiqalardan haqiqiy zavq, rohat oldim. ECHLda o'ynashni yoshligimdan orzu qilganman. Bu turnirdagi barcha o'yinlarni qoldirmasdan ko'rardim. Bu ishni hozir ham davom ettiraman. Musobaqada bevosita ishtirok etish esa kishiga umuman o'zgacha rohat beradi.

- Yoningizda Radamel Falkao singari futbolchining borligi yordam berdimi?
- Bo'lmasamchi. Men peshonasi yaltiragan futbolchiman. Faoliyatimning dastlabki qismidayoq Falkao kabi top hujumchi bilan birga to'p tepyapman. Radamel futbol tarixida o'z nomini qoldirishga ulgurgan hujumchi. Falkao bir qator chiroyli va muhim gollarni urgan.

- SHunday tasavvur borki, Jardim maydonda malum taktik cheklovlarni qo'ymaydi. Bu sizga yordam beradimi?
- Biz ko'pincha 4-4-2 taktik sxemasida ikkita hujumchi bilan o'ynaymiz. Radamel Falkao yaqqol hujumchi bo'lib harakat qiladi. Men esa vinger sifatida. Menga butun maydon bo'ylab harakatlanish yoqadi. Murabbiy esa bunga imkon beradi. O'yin davomida men chap qanotga ham, o'ngga ham o'tib o'ynashim mumkin. Kerak paytda markazda ham o'ynayveraman.  Bu menga juda yoqadi, buning uchun esa Jardimga alohida tashakkur bildiraman.



- "Monako"da gol uradigan futbolchilar juda ko'p. Falkao, Toma Lemar, Valer Jermen va siz...
-  Ha, jamoamizda ko'plab yuqori darajadagi futbolchilar yig'ilishgan. Biz har doim bir-birimizni qo'llab-quvvatlashga harakat qilamiz. SHuning uchun ham deyarli barcha gol uradi. Biz g'alabalarga chanqoqmiz. Futbolda faqat individual mahoratga tayanib emas, birgalikda, jamoa bo'lib o'ynagan maqul. SHundagina faqat muvaffaqiyatga erishish mumkin. Biz maydonda har doim g'alaba uchun kurashadigan jangchilarmiz.

- Yana yarim finaldagi raqib "Yuventus" mavzusiga qaytamiz. Turinliklarni ECHL bosh sovrini uchun kurashda favorit hisoblashmoqda...
- "Yuventus" buyuk klub. Bu jamoada tarkibida buyuk futbolchilar o'ynashgan va o'ynashmoqda. Bu jamoaning tarixi qanday ekanligini barcha biladi. "Yuventus" "Barselona"ni turnirdan chiqarib yuborgan ajoyib jamoa sanaladi. Turinliklar turnirda g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanliklarini ko'rsatishdi. Lekin bizda ham ajoyib jamoa mavjud. "Monako" finalga yo'l olish uchun barcha kuchini sarf etadi.

- Janluiji Buffonga qarshi to'qnashuv siz uchun nimani anglatadi?
- Buffon? Bu darvozabon futbol tarixida o'z o'rnini mutahkamlab qo'ygan, jahonning eng kuchli kiperlaridan biri. Men Buffonga qarshi o'ynashim mumkinligidan xursandman. Aynan shu kabi yulduzlarga qarshi to'p tepish uchun ham biz tinmay mehnat qilamiz. Bu kabi o'yinlarda g'alaba qozonish uchun boringni berib o'ynaysan.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика