So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Intervyu. Karles Puyol: “Futbol akademiyasi ochishni rejalashtiryapman” Yangiliklar

Intervyu. Karles Puyol: “Futbol akademiyasi ochishni rejalashtiryapman”

Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Karles Puyol ayni paytda ancha bosiq, har narsadan ko'ngli to'ladigan insonga aylangan.

Bir necha kun avval Nyu-Yorkda bo'lib qaytgan sobiq himoyachi futbolda oxirgi paytlarda yuz bergan hodisalar va rejalari haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- SHunday “Klasiko” ko'raman deb o'ylaganmidingiz?
- Umuman yo'q. Men jamoaga ishonaman, biroq “Bernabeu” o'ynash uchun qiyin stadion va men o'yin teng bo'lishini taxmin qilgandim.

- “Real” bilan nima sodir bo'ldi?
- U maydonga “Barsa”ga anchadan beri tanish bo'lgan uslubda o'ynash uchun tushdi. To'pni baribir nazorat qila olmadi, shu bilan birga pressingni ham yo'lga qo'ymadi. Bu esa chiziqlar o'rtasida bo'shliq hosil bo'lishiga olib keldi. “Barsa” esa oxirgi paytlardagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Har bir futbolchi juda ajoyib harakat qildi.


- Ancha avval do'stingizga aylangan Luis Enrikeni hozir qanday qabul qilyapsiz?
- U hayotimda doimo muhim shaxs bo'lgan, menga ko'p narsalarni o'rgatgan. U kuchli shaxs va maqtov yoki tanqid bo'lishidan qati nazar, hamisha haqiqatni gapiradi. U hamma bilan to'g'ri muomala qiladi.

- Aynan u Messi, Neymar va Suaresga boshchilik qilishni eplay oldi.
- Faqat ular emas, balki Inesta va Xavi singari futbolchilar bilan ham. “Barsa” doimo barcha chiziqlarda taniqli ijrochilarga ega bo'lgan. Bu uch o'yinchida tabiat bergan iqtidordan tashqari birlasha olish xislati ham mavjud. Ushbu trio har doim o'zini jamoa yo'lida qurbon qiladi va ularning etukligi kaliti shunda. Har bir o'yinchi o'rnini yaxshi biladi va oldinga intilish kerakligini yaxshi tushunadi.

- Jamoaning shunday o'yini sizga yoqishda davom etyaptimi?
- Ha, bu aynan men his qilgan narsadir. Menga o'ynashni istaydigan va buni uddalay oladigan jamoalar juda yoqadi. Gvardiola jamoasida nafaqat hujum, balki himoya chizig'i ham maqul kelardi. Iqtidorlar va yulduzlarga ega bo'lsak-da, hamisha o'yinga reja, oldindan o'ylangan kombinaciya va odatlar ustida jiddiy ishlardik.


- Terma jamoa ham yaxshi o'ynayapti.
- Terma jamoa menga yoqadi. Ko'z oldimizda tez orada o'zini ko'rsatadigan yangi avlod shakllanmoqda. Oldinda ko'plab muhim maqsadlar bor, lekin men ularga ishonaman. Ular buni ado etishga qodir.

- Nima uchun biz Pike tomon hushtaklar eshityapmiz?
- Tushunishim qiyin. U terma jamoaning asosiy o'yinchi va ramzlaridan biridir. Biz hushtak chaladiganlar fikrini hurmat qilishimiz kerak, biroq boshqa tomondan ular xato qilishlari ham mumkin.

- Terma jamoa, “Barsa”, futbol. Hozir o'zingizni qaysi o'rinda ko'rasiz?
- Ivan de la Penya va Ramon Sostres bilan skautlar agentligini tuzdik. Ivan hamisha futbol bilan band va birdaniga yuzlab iqtidorli futbolchilarni kuzatib boradi. Aynan u o'z vaqtida menga Neymar, Duglas Kosta va Koutino haqida aytgandi. O'shanda bu futbolchilar 14 yoshda edi. Ramonga to'liq ishonaman va kompaniyamizning huquqiy ishlarimizni u yuritadi.


- Siz-chi?
- Tajribam bilan o'yinchilarga futbol tomonlama o'sishiga yordam berishga intilaman. Qimmatli maslahatlar berishga qodir va har qanday muammoni tezlik bilan bartaraf etadigan maslahatchi murabbiy bo'lishni istayman. Yoshligimni eslaganimda menga qimmatli maslahatlar etishmaganini eslayman. Hozir soyada qolishni xohlamayman.

- Siz ko'plab murabbiylar bilan ishlagansiz.
- Ularning 80 foizi sport tarafdan o'sishimga ko'p narsa bera olishmagan, faqat 2-3 nafarini etirof etishim mumkin. Har doim qo'limni tushirmasdan va burnimni ko'tarmasdan ishlashga harakat qilganman. Buni yosh futbolchilar tushunishlarini istayman. Yana menda Karles Puyol futbol akademiyasini ochish rejasi ham bor. Unda yoshlar tezroq va og'riqsiz katta futbol dunyosiga ko'nikish ketishlariga imkoniyat bo'ladi. Bunda tajribamni qayta o'ylab ko'rib, uni yangi avlodga etkazishga urinaman. Bu ishda ko'plab insonlar bilan hamkorlik qilaman. Masalan, Makmanaman bilan.

- “Barsa”da Subisarettani almashtirishni va “Inter”da Manchiniga yordam berishni xohlamadingiz. Nega?
- Ha, menda faxrlanishga arzirli bir qator takliflar bor edi. Lekin faoliyatingni tugatganda birinchi o'rinda xotirjamlikni istaysan. Agar tizzam bilan bog'liq muammo bo'lmaganda Maldini kabi 40-41 yoshgacha o'ynashni reja qilgandim.


- Boshqa o'ynay olmasligingizni tushunganingizda nimani his qildingiz?
- Bo'shliq. Idoradagi ishga va hayotimdagi keskin o'zgarishga ko'nikishim oson bo'lmadi. Jarohatlangan holda ham mashg'ulotlarni o'tkazib yubormadim. Jamoada shunchaki maosh uchun qolishni istamadim. Bu vaqtda ko'p narsalarni o'rgandim, futbol olamining boshqa jihatlarini tushunib etdim.

- Faoliyatingizni davom ettirish yuzasidan takliflar tushdimi?
- O'ynay olganimda, “Barsa”da qolgan bo'lardim. Boshqa klub yoki chempionatga ko'chib o'tish variantini ko'rib chiqmadim.

- Tizzangiz hozir qanday?
- Ancha yaxshi. Lekin men jismoniy yuklamalarni to'xtatishim shart edi, chunki ichkarida suyuqlik to'plangandi. Hozir har kuni xotirjam sport bilan shug'ullanishim mumkin, bu menga ich-ichimdan erkinlik beradi.


- Hamisha o'zingizni nazorat qilib, o'zingizni yo'qotib qo'ymaysizmi?
- O'ynagan paytimda hamma narsani unutib, barchasi yaxshi bo'lishini o'ylardim. Ehtimol, xatom ham shunda bo'lgandir. Jamoa bilan har kuni bo'lishga intilardim, har bir mashg'ulotda bor kuchimni ishga solardim. Lekin shifokorlar meni tinchlantirishdi va faoliyatimni yakunlashim foydali bo'lishini tushuntirishdi.

- Bu og'ir holat bo'ldimi?
- Hammasi zinadan tushishim qo'rqinchli holatga aylangunicha etib bordi. Tugatgan paytimda hayotimda tanaffus tugmasini bosdim va ko'p narsa haqida o'ylashni to'xtatdim. Orzular va intilish hamisha xuddi futbol singari muhimdir.


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика