So’nggi yangiliklar

07:24U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон бугун финалда Япония билан ўйнайди  8 07:05Европа лигаси. "Рома" - "Байер" 0:2  0 07:00Европа лигаси. "Марсель" - "Аталанта" 1:1  0 06:50АПЛ. "Челси" - "Тоттенхэм" 2:0  0 06:40U23 Осиё кубоги. Ироқ - Индонезия 2:1  1 02:13Конференциялар лигаси. Голларга бой ўтган ўйинларда "Олимпиакос" ва "Фиорентина" ғалаба қозонди  3 02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  20 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  3 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  3 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  3 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  2 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  31 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  2 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1

Intervyu. Kamila Zaripova: "Ayollar futbolida o'zgarishlar amalga oshirgan bo'lardim" Yangiliklar

Intervyu. Kamila Zaripova: "Ayollar futbolida o'zgarishlar amalga oshirgan bo'lardim"

Qiziqarli intervyularni sizlarning etiborlaringizga havola etishda davom etamiz.

Bu safargi suhbatdoshimiz AGMK ayollar jamoasi sardori va O'zbekiston ayollar terma jamoasi azosi Kamila Zaripova bo'ldi.

- Kamila karantin vaqtida nimalar bilan bandsiz?
- Men hozirda uyda mashg'ulotlarni davom ettiryapman. Qolaversa, universitetda o'qiyman, shu sababdan onlayn darslarda qatnashib bormoqdaman. Ha, yana bir narsa karantindan unumli foydalanib oshxonada ham pazandachilik sirlaridan ham xabardor bo'lmoqdaman.

- Kamila AGMK ayollar jamoasining yangi mavsum uchun tayyorgarliklari, mini-futbol musobaqasi va O'zbekiston kubogidagi ishtirok haqida qisqacha aytib bersangiz...

- Jamoamiz bilan yangi mavsumga bosqichma-bosqich tayyorgarlik olib borgandik. Murabbiylarimiz o'zgacha uslubda mashqlar bilan tayyorgarliklarni olib borayotgandilar. Mavsum biz uchun sal ertaroq boshlandi va jamoamiz minih-futbol musobaqasida ishtirok etdi. Xabaringiz bor 4-o'ringa ega chiqdik. Kubokda esa birinchi bosqichdayoq musobaqani tark etishga to'g'ri keldi. Lekin, bizda asosiy maqsad milliy chempionatimizda yaxshi natija ko'rsatishdir.

- Kamila nima uchun aynan futbolni tanlagansiz? Futbol har qalay katta kuch talab qiladigan sport turi hisoblanadi...

- Ha to'g'ri aytasiz futbol juda qiyin sport turi hisoblanadi. Bu sport turida biror natijaga erishish kattagina kuchni va harakatni talab etadi. Ammo, men futbolga kirib kelishimda qizlar jamoalari kam edi. Aynan men yashayotgan Olmaliq shahrida ham ayollar futboli o'sha paytlarda umuman rivojlanmagan edi. SHu sababdan men futbolga o'g'il bolalar bilan birga bu sport turiga kirib kelganman. Birinchi futbolning sirlarini va to'p tepishlarni men yigitlar bilan mashg'ulotlarda o'rganganman. Balki, mana shu jihatlar meni futbolni tashlab ketmasligimni, aksincha yanada katta kuch bilan harakat qilishimni taminlasa kerak.

- Sizning birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?

- Meni birinchi futbolga kirib kelishimda Gamadaev Ruslan va Xanjaraliev Ilhom akalar muhim rol o'ynaganlar. Ular orqali men futbol nima ekanligi, to'p nima va zarba berish usullarini o'rganganman. Bir so'z bilan aytganda bu insonlar mening birinchi murabbiylarim deya ayta olaman.


- Kamila, ayollar futbolida yuqorida aytganimizdek mavsum erta boshlandi. Aynan yangi mavsumda jamoangizga qanday maqsad vazifa qilib qo'yilgan?

- Albatta o'tgan mavsumda jamoamizda anchagina o'sish bo'ldi va shu orqali ko'plab yutuqlarga erishdik. Bu g'alabalarimiz rahbariyatimiz tomonidan yaxshi baholandi va yangi mavsumda yanada yaxshiroq natijani oldimizga maqsad qilib qo'ydi. Yani biz bu mavsumda chempionlik uchun harakat qilib ko'ramiz. To'g'ri, bu maqsadimiz juda katta kuch talab qiladi lekin, biz bor kuchimiz bilan harakat qilib maqsadimiz sari olg'a boramiz.

- Ayollar futbolida yani bizning chempionatimizda chempionga faqatgina mana shu nomgina qoladi. Yani anchagina kuch sarflab chempion bo'lasiz ammo, bu chempionlik jamoaga hech qanday bir foyda bermaydi. Mayli edi Osiyoda yoki boshqa bir nufuzli turnirga yo'llanma bersa... Hattoki, ayollar futbolida Osiyo mintaqasida tuzukroq bir turnirning o'zi yo'q. Ushbu qarashlarga siz qanday fikr bildirgan bo'lardingiz?

- Bu fikringiz ham to'g'ri lekin, mana shu chempion degan nomning o'zi ham bizga qandaydir o'zgacha motivaciya beradi. Mavsum mobaynida boringizni berib harakat qilasiz, g'alaba va mag'lubiyatlar barchasini so'ngida chempionlik bilan unutib yuborasiz. Bir so'z bilan aytganda chempionlik o'zgacha tuyg'udir. Savolingizni ikkinchi qismiga keladigan bo'lsam, bizning mintaqamizda ham so'nggi paytlarda ayollar futboli ancha rivojlandi. Men ishonamanki tez orada bizda ham doimiy liga tashkil qilinadi va o'zbek jamoalari bu musobaqada kuchlilar qatorida bo'ladi.

- Sizga aslida qaysi mintaqa futboli yoqadi? Evropa va Osiyo...

- Menga Evropa futboli yoqadi. O'zgacha uslublar, takrorlanmas harakatlar bor bu mintaqa futbolida. Ayniqsa, men muxlislik qiluvchi Franciyaning “Lion” ayollar jamoasi hozirda ushbu mintaqada kuchli jamoa sifatida etirof etilmoqda. Jamoadagi muhit va futbolchi qizlar hammasi bir oiladek. Bizda ham mana shunday atmosfera bo'lsa albatta yaqin kelajakda yaxshi natijalarni qo'lga kiritamiz.

- Kamila faoliyatingizda eng esda qolarli uchrashuv qaysi biri bo'lgan?

- Bilasizmi, mening faoliyatimda barcha uchrashuvlar esda qolarli bo'lgan. Lekin, terma jamoadagi o'yinlarimni umuman xotiramdan o'chmasa kerak. Ayniqsa, 2019 yil Tojikistonda bo'lgan CAFA-CUP musobaqasida final uchrashuvi doimo yodimda. O'shanda raqibimiz Eron ayollar terma jamoasi bo'lgandi. Muhim uchrashuvda muhim g'alabaga erishgandik va chempion bo'lgandik.


- Sizda erkaklar yoki ayollar futboli uchun o'zgartirish kiritish imkoniyati bo'lganida qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?

- O'ylab o'tirmasdan ayollar futbolida o'zgarishlar amalga oshirgan bo'lardim. Jamoalarni professionallikka va rivojlanishga chaqirgan bo'lardim. Bu ishlar uchun sharoitlar yaratib bergan bo'lardim.

- Bizda erkaklar futbolini ham ko'zatib borasizmi? Qaysi jamoalar yoki futbolchining o'yinlari sizda iliq taassurot qoldirmoqda?

- Men aslida o'zbek futbolini kuzatib bormayman. Yuqorida aytganimdek ko'proq Evropa futbolini kuzatib boraman. Faqatgina futbolchilar orasida “Paxtakor” jamoasi azosi Dragan CHeranning o'yinlari menda iliq taassurot qoldirgan. Haqiqatdan ham uning maydonni yaxshi ko'ra olishi jamoasini kuchlilar qatorida borishiga sabab bo'lmoqda.

- Kamila nima deb o'ylaysiz, karantin futbolimiz uchun foydali bo'ldimi?

- Futbolimiz uchun albatta yomon bo'ldi. Hali endi boshlangan mavsum to'xtab qoldi. Lekin, men uchun foydali bo'ldi deya olaman. Sababi oshxonada ko'plab taomlarni pishirishni o'rgandim. Qolaversa, oilam bilan birga bo'lish uchun vaqt bo'ldi. Ishonamanki, bu pandemiya vaqtinchalik buni engamiz va yana yashil maydongga qaytamiz.


SHohruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика