So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Intervyu. Jessi Lingard: “CHempionlar ligasida boshqalardan ko'p narsa o'rganish mumkin” Yangiliklar

Intervyu. Jessi Lingard: “CHempionlar ligasida boshqalardan ko'p narsa o'rganish mumkin”

Angliya terma jamoasiga taklif etilgan “MYU” futbolchisi Jessi Lingard klub tomonidan o'ziga bildirilgan ishonch, 2008 yil Moskvada o'tgan ECHL finalini qanday kuzatgani xususida aytib berdi.

U CSKA bilan Moskvada o'tgan bellashuvga qadar biror marta asosiy tarkibda o'yin boshidan tushirilmagandi. SHundan keyin asosiy 11 futbolchidan biriga aylandi. Noyabr boshida 22 yoshli yarim himoyachi birinchi golini urdi, so'ng terma jamoaga chaqirildi. UEFA rasmiy sayti savollariga javob berish jarayonida u birdaniga ro'y bergan parvozi sabablari haqida to'xtaldi.

- CHempionlar Ligasidagi birinchi o'yiningiz haqida aytib o'tsangiz. Begona stadion, jamoalar maydonga chiqishdi, turnir madhiyasi yangradi. Boshingizda nimalar sodir bo'ldi?
- Birinchi teginishni amalga oshirish, tribunaga ko'nikish va o'zimni jamoaning bir bo'lagi sifatida his qilish muhim edi. SHundan keyin ishonch faqat ortib bordi. Biz durangga erishdik. Muhim ochko bilan qaytdik va keyingi tur “Old Trafford”da zafar quchdik. O'yinga etiborni qaratib, boshqa narsalar haqida o'ylamaslik lozim.

- Asab-chi?
- Har bir uchrashuvda maydonga tushayotganimda hayajonlanaman. Hatto, bog'da o'ynayotgan bo'lsam ham. Buni engib o'tish kerak, yutish kerak uchrashuvda nima kutib turganini bilasan.

- Bolalikda CHempionlar Ligasini tomosha qilganmisiz? U sizga qanday tasir ko'rsatgan?
- Uni diqqat bilan kuzatishni boshlaganimda 16-17 yoshda edim. Unda hamma o'ynashni istaydi. Turnirda qatnashish nasib qilgani ajoyib. Turli uslublarni ko'ryapman. “Barselona”, “Bavariya”, “Real”ni kuzatib borish mumkin – ular turlicha o'ynashadi va ko'p narsalarni o'rganish mumkin.


- “MYU”ning oxirgi g'alabasi haqida nima deya olasiz? O'shanda qaerda bo'lgansiz va uchrashuvni kuzatganmisiz?
- Kerringtondagi mashg'ulot bazasi yotoqxonasida edim. Uchrashuv tufayli u erda tungacha qolgandim. Ish penaltilargacha etib borganda yuragim ko'kragimdan chiqib ketay degandi. Jon Terrining noaniq zarbasidan keyin engillik his etgandim. Van der Sar keyin Anelkaning zarbasini bartaraf etgan va jamoaga g'alaba keltirgandi.
O'sha muvaffaqiyat klub uchun katta g'alaba. CHempionlar Kubogi – katta ahamiyatga ega sovrin. Barcha uni yutishni xohlaydi. “Manchester Yunayted” o'shanda jahondagi eng kuchli klub ekanligini ko'rsatdi. Yoshligimda bunday klubning azosi sanalishim men uchun katta faxr edi.

- “MYU”ga 7 yoshda kelgansiz va faqat ijarada o'ynab kelgansiz. “Yunayted” yosh o'yinchilarni o'stirish uchun nimalar qilmoqda?
- Yosh bola edim, lekin klub menga ishonch bildirgan. Meni qo'yib yuborishlari yoki boshqa klubga jo'natishlari ham mumkin edi, lekin murabbiylar imkoniyatimni bilgani uchun bunday qilishmagan. 18 yoshlilar va keyin yoshlar jamoasiga o'tgach, ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Devid Moyes meni asosiy jamoaga taklif qildi. SHundan so'ng o'zimni ishonchliroq his qilishni boshladim.

- 1992 yil bitiruvchilaridan keyin akademiya tarbiyalanuvchilari asosiy jamoaga kam ko'chib o'tishdi. Siz buning uddasidan chiqdingiz. Bu sizga qanday tasir qildi?
- Muxlislar mahalliy tarbiyalanuvchilarni ko'rishni xohlashadi. Denni Uelbek va Tom Kleverlining muvaffaqiyati menga ishonch berdi. Buni qila olishim haqida o'zimga aytdim. O'rinbosarlar jamoasidan ko'pchilik asosiy jamoaga o'tishi to'g'risida o'ylagandim, biroq hamisha bunday bo'lmaydi. 1-2 nafar futbolchi etishib chiqsa ham yaxshi. Lekin maydonga chiqqaningda ishqibozlar seni darhol qo'llab-quvvatlashadi. Xato qilsang ham ular yuz o'girishmaydi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика