So’nggi yangiliklar

08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  0 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  3 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  17

Intervyu. Javohir Ilyosov: “Darvoza ustuni men uchun do'st” Yangiliklar

Intervyu. Javohir Ilyosov: “Darvoza ustuni men uchun do'st”

Muborakning “Mashal” klubi akademiyasidan etishib chiqqan ko'plab futbolchilar ayni paytda milliy terma jamoa va oliy liga klublarida o'ynashmoqda.

O'tgan yilning oxirgi turida “Mashal” safida yosh darvozabon Javohir Ilyosov oliy ligada debyut qilgandi. Bu yil esa Ilyosov oliy ligada bir necha o'yinlarda maydonga tushib o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. “Obod” bilan bahsda esa posbon raqibning penaltisini qaytarishga erishdi.

- 1994 yil Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumanida tug'ilganman, - dab gap boshladi Javohir Ilyosov. Yoshlikdan futbolga qiziqib qolganman. Ko'chalarda to'p tepib yurardik, keyinroq 8 nafar qarindoshim bilan birga CHiroqchidagi stadionga qatnab yurardik. Ikkinchi liga doirasida “Mashal”ga qarshi o'ynaganmiz. O'shanda murabbiylar meni o'yinimni ko'rib akademiyaga taklif qilishgandi.

- Nima uchun darvozani tanlagansiz?
- Yuqorida aytganimdek futbol maktabiga borgan 8 nafar qarindosh orasida eng yoshi men edim. SHu bois bo'lsa kerak meni darvozaga qo'yishgan. O'zimga ham darvozaga turish yoqardi. Gol urishga emas zarbalarni qaytarishga qiziqardim.



- Ota-onaningz futbolni tanlashingizga qarshi bo'lishmaganmi?
- Onam qarshi bo'lmaganlar. Lekin dadam boshida qarshi bo'lgandirlar. O'zlarining sohalarida ishlashimni istaganlar. Menda mashinaga qiziqish yo'q edi. SHu sababli qochib futbol o'ynashga borardim. Keyinroq “Mashal” akademiyaga borganimdan so'ng dadam meni tushungan va futbolchi bo'lishimga qarshilik qilmay qo'ygan.

 - Birinchi murabbiy kim bo'lgan?
- Futboldagi ilk murabbiyim Islom aka bo'lgan. U kishi CHiroqchida menga talim bergan. Andrey Syomyonovich meni Muborakka chaqirgandi. “Mashal” akademiyada esa Jamshid Akbarovning qo'liga borganman.

- Akademiyada kimlar bilan birga o'qigansiz?

- Yoshligimda Sardor Rahmonov, G'anisher Xolmurodov, Xolmurodov Xolmurodov va Sardor Abduraimov kabi futbolchilar bilan birga o'ynaganman.

- Sanjar Quvvatov va Botir Nosirov haqida nima deya olasiz?

- Sanjar Quvvatov futboldagi akam desam ham bo'ladi. Akademiyada o'qib yurganimdayoq Quvvatovning o'yinlarini ko'rish men uchun zavq bag'ishlardi. Yoshligimda aynan Sanjar Quvvatovdek darvozabon bo'lish istagi paydo bo'lgan. U bilan birga ishlash ham nasib qildi. Undan juda ko'p narsani o'rganganman. Xatto hozir ham “Nasaf”ga ketgan bo'lsa ham telefon orqali maslahatlari bilan o'rtoqlashib turadi.  

Botir aka Nosirov esa juda tajribali darvozabon hisoblanadi. U oliy ligada “Navbahor”, “Buxoro” va boshqa klublarda o'ynagan. Hozirda mashg'ulotlarda uning harakatlarini ko'rib ko'p narsa olaman. Kerak vaziyatda tanbeh beradilar, kerak joyda maqtaydilar. O'rtamizda sog'lom raqobat mavjud. Jamoada kim tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi, biz murabbiylar qarorini hurmat qilamiz va o'zimizga imkoniyat berilishini kutamiz.

- “Mashal” ustozi Aleksandr Xomyakov qanday murabbiy?
- Aleksandr Xomyakov bilan 5 yildan buyon ishlab kelayapman. Yosh futbolchilarga ko'p etibor qaratadi. Yosh futbolchilarni milliy terma jamoa darajasiga olib chiqa oladi. Masalan, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov... Bir so'z bilan tajribali murabbiy.



- “Mashal” klubi siz uchun nimani anglatadi?
- Ikkinchi uyim! 9 yildan buyon shu erdaman. Oddiy misol qaysidir joyda 5 yil yashasangiz o'sha erga o'rganib qolasiz, mehringiz tushadi. Men deyarli 10 yildan buyon Muborakdaman. SHu bois “Mashal” klubi sharafini munosib himoya qilishga urinaman. Bu klub meni shu darajaga chiqishimga sabab bo'ldi.

- Akademiyaga kelganda nimani orzu qilgansiz?

- Akademiyada yaxshi o'qishni va shu orqali “Mashal” klubi asosiy tarkibida o'ynashni orzu qilganman. O'sha paytda Dilyaver Vaniev, Gabit Sapargaliev, Jahongir Jiyamurodov, Anvar G'ofurov kabi futbolchilar o'ynashardi. Mixail Naumov asosiy posbon edi. Uning mashg'ulotlarini kuzatardim.

- Oradan 9 yil o'tdi, hozirda “Mashal”ning asosiy tarkibida tushayapsiz. Endi nimani orzu qilasiz?
- SHuncha yil meni tarbiyalagani uchun “Mashal”ga foyda keltirishni istayman. Yaxshi o'ynash orqali kelajakda yanada kuchli klubga o'tsam “Mashal”ga bu orqali ham foyda keltirishim mumkin. Lekin hozir bor etiborim Muborak klubida g'alabalarga erishishga qaratilgan.

- Xorijda qaysi darvozabonning harakatlari yoqadi?
- Franciya terma jamoasi va “Tottenxem” klubi posboni Ugo Lorisning o'yinlari yoqadi. Uning o'yinlarini tomosha qilaman. Reakciyalari, o'zini maydonda tutishini va sheriklarini qanday qo'llab turishini kuzataman.

- Demak, EVRO-2016da qaysi jamoaga muxlislik qilasiz deyish noo'rin. Franciyami?
- (kuladi) Ha, topdingiz. 1-turda Ruminiyaga qarshi bahsda Franciya men kutgandek o'ynamadi. Menimcha ochilish, muxlislar bosimi ham tasir qildi shekilli. Loris esa juda yaxshi harakat qildi deb o'ylayman. Golni ham penaltidan o'tkazdi. Bir necha bor ajoyib seyvlarni amalga oshirdi.  

- Tasavvur qiling, siz jamoaga pand berib qo'yib xato tufayli gol o'tkazib yubordingiz. O'yin vaqtida o'zingizni qanday tutasiz?
- “Mashal” darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov bu borada men bilan ishlaydi. Xato qilib qo'ysam xafa bo'lmay o'sha xatoni unutib keyingi vaziyatga tayyor bo'lishimni uqtiradi. O'zim ham agar bahs davomida xato qilsam uni tezroq unutishga va keyingi holatlarda jamoani qutqarishga harakat qilaman.

- PFL legioner darvozabonlarga cheklov qo'ydi...
- Bu qaror to'g'ri. Sababi yosh darvozabonlar soni sezilarli darajada ko'paydi. “Navbahor”da Alibek Turobov, “Neftchi”da O'tkir Yusupov va Abdumavlon Abdujalilov, “Andijon”da Akmal Tursunboev o'ynamoqda.

- Lekin murabbiylar yosh posbonlar ko'p xato qilishayotganini aytishmoqda...
- Bu narsa bir yil bo'ladi. Keyingi yildan yosh darvozabonlar ham tajriba to'plashadi va bu yilgi xatolarni qilishmaydi. Tajriba yillar davomida to'planadi. Agar yoshlar bugun yoki ertaga ishonch bildirilib maydonga tushirilmasa qachon tajriba to'plashadi? Keyingi yillarda klublarda ham yaxshi saviyadagi darvozabonlar ko'payadi, terma jamoada ham bu borada hech qanday muammo bo'lmaydi.



- Darvoza ustuni va to'sini siz uchun do'stmi yoki dushman?
- Do'st. Ko'p hollarda ustun va to'sinlar menga yordam beradi. To'g'ri bazida to'p ustunga tegib alamli tarzda darvozaga kirib ketadi, lekin baribir usutn men uchun do'st.

- Penalti tepilayotgan vaqtda kimning imkoniyati ko'proq deb o'ylaysiz?
- Darvozabonda. Sababi penalti 99 foiz gol degani. SHu sababli to'p tepayotgan futbolchi bosim ostida bo'ladi. Ortida turgan jamoadoshlari, stadiondagi muxlislarni yuzini ergan qaratmaslikni o'ylaydi va gol urishga harakat qiladi. Darvozabon penaltini qaytara olmasa uni hech kim urishmaydi. Lekin 11 metrli jarima to'pidan gol ura olmagan futbolchi qanday kuyga tushishini bilasiz.

- Yanvar oyida olimpiya terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo chempionatida ishtirok etib qaytdingiz. Lekin milliy terma jamoaga chaqiruv olish yanada qiyin bo'ladi...
- Agar shunday ishlashda davom etsam kelajakda albatta terma jamoaga chaqiruv olaman. Harakat qilsa hamma narsa bo'ladi. Oldimga qo'ygan eng asosiy maqsad aynan terma jamoada o'ynash. Lekin buning uchun juda ko'p mehnat qilishim kerakligini juda yaxshi bilaman.

- Javohir Ilyosov mana shu darajaga chiqqani uchun kimlarga rahmat aytadi?
- Birinchi navbatdagi ota-onamga rahmat aytaman. Ularning duolari tufayli ham futbolchi bo'lib etishdim. Birinchi murabbiyim Islom akaga, darvozabonlar murabbiyi Kamol Valievga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bu kishi “Mashal” akademiyasiga qabul qilinishimda juda katta yordam bergan. “Mashal”da birga ishlagan barcha-barcha murabbiylar, rahbarlar va xodimlarga rahmat deyman. Hozirda men bilan birga ishlayotgan Pavel Sinelnikovga ham rahmat deyman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика