So’nggi yangiliklar

11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  5 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  9 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  25 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Intervyu. Javlon Ibrohimov: "Poxang Stilers"dan ham taklif bo'lgandi, biroq..." Yangiliklar

Intervyu. Javlon Ibrohimov: "Poxang Stilers"dan ham taklif bo'lgandi, biroq..."

O'zbekistonlik yarim himoyachi Javlon Ibrohimov Janubiy Koreyaning "Suvon" klubi bilan shartnoma tuzdi.

2011 yildan buyon Toshkentning "Bunyodkor" klubida o'ynab kelgan futbolchi faoliyatida ilk bor legionerga aylandi. "Suvon" Janubiy Koreyaning birinchi divizionida ishtirok etadi. Biz Ibrohimov bilan bog'lanib yangi klubi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- "Suvon"ga o'tish qanday ro'y berdi?
- Mavsum tugaganidan keyin bir agent Janubiy Koreyaning "Suvon" klubidan taklif borligi haqida aytdi. SHaroitlar bilan tanishib chiqdim menga maqul kelgani uchun taklifni qabul qildim.

- Qaysi agent bilan hamkorlik qilasiz?

- Hozirgacha aniq bir agent bilan ishlamaganman. Ammo "Suvon"da ishlarim yurishib ketsa aynan shu variantni topgan inson agentimga aylanishi mumkin.

- Uzoq yillar davomida "Bunyodkor"da faoliyat olib bordingiz. Ketish qiyin bo'lgandir?

- Albatta "Bunyodkor"da 8 yil davomida o'ynadim. Bu jamoada quvonchli va qayg'uli kunlarni boshdan kechirdim. Sovrinlar qo'lga kiritdim, Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdim. Ko'plab do'stlar orttirdim. Qisqasini aytganda "Bunyodkor" hamisha yuragimda qoladi.

- Yangi klubingiz bilan qancha muddatga shartnoma tuzdingiz?

- "Suvon" bilan bir yillik shartnoma tuzdim. Yuqorida aytgan agentim Janubiy Koreyada ko'zga ko'ringan agent ekan. Birinchi ligada yaxshi o'ynab o'zimni ko'rsata olsam keyingi yil oliy ligaga o'tkazaman deb aytdi.  



- Jamoa yana legioner bormi?

- "Suvon"da mendan tashqari yana uch nafar legioner bor ekan. Bular Anri Aner (Estoniya), Sebastyan Velaskes (Kolumbiya) va CHisom Egbuchulam (Nigeriya).

- Til borasida muammo bo'lmayaptimi?

- Albatta qiyinchilik bo'lmoqda. Ammo maydonda futbol tili bitta. SHu bois hozircha barchasi joyida. Ayni paytda jamoamiz Yaponiyada yig'in o'tkazmoqda. Koreyaga qaytganimizdan keyin tarjimon berishlarini aytishdi.

- Yangi mavsumda "Suvon"ning maqsadi qanday?

- Jamoadagilarning aytishicha maqsad oliy ligaga chiqish ekan. Barchamiz shuning uchun kurashamiz.

- Oldinlari Janubiy Koreyada o'zbekistonlik futbolchilar deyarli bo'lmasdi. 2019 yilda esa bu mamlakatda SHohruh Gadoev, Sanjar Tursunov, Ikrom Aliboev, Rustam Ashurmatov va siz o'ynaysiz. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

- So'nggi yillarda o'zbek futbolchilarining saviyasi o'sib bormoqda. SHu bois legionerlarimiz soni ham ko'payib bormoqda. Nafaqat Koreyaga balki boshqa mamlakatlarga ko'plab futbolchilarimiz yo'l olishdi.



- "Suvon" uy stadioni bilan tanishdingizmi? SHaroitlar maqul keldim?

- Bu erga kelganimning birinchi kunidayoq stadion va baza bilan tanishtirib chiqishdi. Juda yaxshi taassurot qoldirdi, barchasi ajoyib ekan.

- Eshitishimizga qaraganda arab klublaridan taklif bo'lgan ekan. U erda maosh ko'proq berishadi, lekin siz Koreyani tanladingiz...

- Menga arab klublaridan taklif bo'lgani rost. Biroq ular 6 oylik taklif bilan chiqishgani uchun menga maqul kelmadi. Yana shuni aytishim kerakki menga Janubiy Koreya oliy ligasidan ham taklif bo'ldi.

- Sir bo'lmasa aynan qaysi klubdan?

- "Poxang Stilers".

- Nima uchun "Poxang Stilers"ga o'tmadingiz?

- CHunki ular taklif bilan chiqishganida allaqachon "Suvon"ga vada berib qo'ygan edim. To'g'ri shartnomaga imzo chekmagandim. Lekin so'z berganim uchun "Suvon"ga o'tdim.

- O'zbekiston klublaridan ham qiziqish bormidi?

- Ha, "Paxtakor" va AGMK klublaridan taklif bo'lgandi. Ammo legioner bo'lishni ko'proq istadim.

- "Suvon" bosh murabbiyi haqida qanday fikrdasiz?

- Bosh murabbiy juda ham qattiqqo'l ekan. Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Kim o'yinga tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi.

- Ko'plab muxlislar Koreya birinchi divizioni O'zbekiston Superligasidan kuchsiz deyishmoqda. Bunga qo'shilasizmi?

- Kuni kecha "Suvon" nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Bu o'yinni stadiondan kuzatdim. Men o'ylaganchalik oson emas ekan. Bu erda jismonan kuchli bo'lish kerak, o'yin juda ham tez kecharkan. Uchrashuv davomida futbolchilarga bir lahza ham tinim yo'q.

- Koreya taomlari juda achchiq bo'ladi. Qiynalmayapsizmi?

- Koreya ovqatlari o'zgacha ekan. Lekin o'rganib qoldim. To'g'ri achchiqni juda yaxshi ko'rishar ekan.



- Oilangiz Toshkentda qolishdimi?

- Oilam mart oyida Koreyaga keladi. Yani mavsum boshlanganida yonimga uchib kelishadi.

- SHu darajaga chiqishingizda qaysi murabbiylarning xissasi katta bo'lgan?

- Barcha murabbiylarimning xissasi bor. Ulardan Mirjalol Qosimov, Aleksandr Volkov va Vadim Abramov kabi murabbiylarga rahmat aytaman.

- "Suvon"da sizni xayron qoldirgan jihat bo'ldimi?

- Futbolchilar har bir mashg'ulotdan so'ng maydon markaziga yig'ilib aylana shaklida turib olishadi va bosh murabbiy o'z fikrlarini bildiradi. Murabbiy ketgach yoshi katta futbolchi, masalan jamoa sardori o'z fikrlarini bildirar ekan. Bundan tashqari ovqatlanish uchun oshxonaga murabbiylar va futbolchilar birga kirisharkan. Hech kim oshxonaga telefon olib kirmas ekan. SHu jihatlar menga yangilik bo'ldi.

- Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma tuzishdan oldin kim bilan maslahatlashdingiz? Har holda begona davlat.

- SHohruh Gadoev bilan gaplashdim. U barcha jihatlar haqida gapirib berdi.

- Javlon Ibrohimov terma jamoadan umid uzdimi?

- Yo'q, terma jamoadan umid uzganim yo'q. Doim yaxshi niyat qilib yashayman. Xudo xohlasa o'zimni yaxshi ko'rsatib terma jamoadan chaqiruv olishga harakat qilaman.

- O'tgan mavsum Superligada 11ta gol urdingiz. Bu ham legioner bo'lishingizga yordam bergandir?

- Albatta, shu gollarim ham ketishimga turtki bo'ldi.

- Qishda "Bunyodkor"ni ko'p futbolchilar tark etishdi. Bosh murabbiy o'zgardi. Yangi mavsumda sobiq klubingiz qaysi o'rinni egallaydi deb o'ylaysiz?

- To'g'ri o'zgarishlar juda katta. SHunga qaramay "Bunyodkor" 2019 yil Superligada kuchli beshtalikka kira oladi deb o'ylayman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика