Intervyu. Janni Infantino: "Rossiya futbol tarixidagi eng yaxshi mundialni o'tkaza oladi"
21 apr 2016 01:00
Yangiliklar
Intervyu. Janni Infantino: "Rossiya futbol tarixidagi eng yaxshi mundialni o'tkaza oladi"
Prezident afsonaviy Lujniki stadioniga tashrif buyurdi. Moskva meri Sergey Sobyanin Infantinoni mundial ochilish o'yini va final uchrashuvini qabul qiladigan stadionning rekonstrukciyasi qanday ketayotgani bilan tanishtirdi. Bundan tashqari prezident Moskvadagi "Futbol uyi"ga (Dom Futbola) tashrif buyurdi, JCH-2018 tashkiliy qo'mitasi bilan yaqindan tanishdi. Rossiya Futbol Ittifoqi prezidenti va JCH-2018 tashkiliy qo'mitasi raisi Vitaliy Mutko bilan birga matbuot anjumanida ishtirok etdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyaga tashrif haqida:
– Rossiyaning 2018 yilgi mundialga ko'rayotgan tayyorgarligidan juda ham hayratdaman, bu chempionat mening prezidentligimdagi ilk mundial bo'ladi. Rossiya-2018 tashkiliy qo'mitasi va RFIdagi do'stlarimiz bilan ko'p loyihalar ishlab chiqdik; bu mamlakatda futbol qanchalik katta o'rin tutishini bildim. Bu faqat JCH-2018 bilan bog'liq emas, RFIning kelajak uchun loyihalari ham ajoyib. Mutko va uning jamoasi katta ish qilishmoqda. Barchada futbolga bo'lgan muhabbat ko'rinib turibdi.
Nikita Simonyanning qo'lidan uning JCH-1958dagi Angliyaga qarshi o'yindagi rasmini qabul qilib olish men uchun faxr, u futbol afsonasi; bunday insonlar futbolga mehr uyg'ota olishadi. Rossiya – hissiyotlarga boy mamlakat, Jahon chempionati mamlakatni dunyoga olib chiqish imkoniyatini beradi. Xalq mundialdan so'ng o'z mamlakati bilan faxrlanib yuradi. Rossiyadagi Jahon chempionati FIFAning yangi loyihasining muhim bir bo'laklaridan biri. Faqat bitta savol javobsiz qolmoqda: 2018 yilga qadar kim xorij tilini tezroq o'rgana oladi: Mutko inglizchanimi yoki men ruschanimi.
JCH-2018ga tayyorgarlik haqida:
– Bu mundial tarixdagi eng zo'r chempion bo'ladi degan fikrni o'z miyamga kiritib oldim. Barcha ishlar dastur bo'yicha ketmoqda, barcha obektlar belgilangan vaqtda topshirilishi borasida kelishuvga erishganmiz. Barcha stadionlar 2017 yil dekabr oyiga qadar ishga tushirilishi kerak, bu erda Jahon chempionatidan oldin bazi testlar o'tkazib olishimiz kerak.
Rossiyada Jahon chempionati orqali ajoyib infrastruktura paydo bo'lishini barcha bilib turibdi. Insonlar kelgusi yil Konfederaciyalar kubogi va ikki yildan so'ng Jahon chempionatini sabrsizlik bilan kutishmoqda.
Lujnikiga bo'lgan tashrif haqida:
– Stadionning tayyorgarligidan ko'nglim to'ldi. Oldingi tashrifdan so'ng ko'p narsa o'zgaribdi. Bu stadion 2018 yilda muxlislar va futbolchilarni hayratda qoldira oladi. Stadion ichida futbol muhitini his qilib turish mumkin. Stadion ko'rinishida tarixiy detallar qolgani quvontiradi. Stadionning o'zi esa superzamonaviy ko'rinish kasb etmoqda, bu esa Jahonning eng katta musobaqasini o'tkazish uchun kerak bo'lgan narsa.
Videotakrorlar haqida:
– FIFA prezidentligimdagi dastlabki 50 kunda IFAB tomonidan qabul qilingan qaror eng muhimi bo'ldi. Biz videotakrorlarni sinovdan o'tkazishni boshlab yuborganmiz, shunda hakamlarga anchagina yordam beramiz. Ko'pchilik buni anchadan buyon kutib yurgandi. Umid qilamanki, Rossiyadagi Jahon chempionatida videotakrorlar hakamlarga yordam bergan ilk mundial bo'ladi.
Rossiyaga ilk tashrifi haqida:
– Rossiyaga futbol ko'rish uchun kelishni sabrsizlik bilan kutayapman. Bu erda kuchli klublar juda ko'p. Rossiyada ilk bor 1997 yil Dinamo stadioniga muxlis sifatida kelgandim. O'sha safardan 3ta sharf hamon saqlanib qolgan, sababi juda sovuq edi.
Vitaliy Mutko, RFI prezidenti va Rossiya-2018 tashkiliy qo'mitasi raisi:
– Janni Infantinoni Moskvada ko'rib turganimdan xursandman. FIFA prezidenti sifatidagi ilk tashrifini aynan Rossiyaga qilganidan mamnunman. Yana bir bor Janni Infantinoni FIFA prezidenti bo'lgani bilan tabriklamoqchiman. U haqiq yprofessional va mehnatkash. Rossiyadagi mundial uning uchun prezident sifatidagi ilk katta musobaqa bo'ladi. Biz Lujniki va Futbol uyiga tashrif buyurdik. Hali juda uzoq yo'l bor, uni sharaf bilan bosib o'tamiz.
Umid qilamizki, bu tashrifdan so'ng Rossiya – futbol mamlakati ekaniga yana bir bor amin bo'ladi. Infantinoning kelajagi katta, hali o'zini yorqin tomonlarini ocha olgani yo'q. Ishonamanki u bilan birgalikda futbol tarixidagi eng yaxshi Jahon chempionatini o'tkazamiz.
Narzulla Saydullaev tarjimasi
Fikrlar