So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Intervyu. Islom To'xtaxo'jaev: “Ortga yo'l yo'q” Yangiliklar

Intervyu. Islom To'xtaxo'jaev: “Ortga yo'l yo'q”

Toshkentning “Lokomotiv” klubi oliy ligada peshqadamlik qilmoqda.

Bu bilan “temiryo'lchilar” o'z tarixlarida yangi sahifa ochishmoqda. Toshkentliklar OLCHning chorak finalida safarda BAAning “Al – Ayn” jamoasi mehmoni bo'lishidan xabaringiz bor. Biz mana shunday natijalarga o'z hissasini qo'shib, jamoa qo'rg'onini munosib himoya qilayotgan himoyachi Islom To'xtaxo'jaev bilan uchrashib u bilan faoliyati hamda musobaqalar haqida suhbatlashdik.

-  Ichki chempionatning birinchi davrasini birinchi pog'onada yakunladinglar. Jamoaga yangi futbolchilar keldi. Ikkinchi davraga qay darajada tayyorgarlik ko'rdinglar va taktikaga o'zgartirishlar kiritildimi?
-  Tayyorgarlikning birinchi qismi Belarussiya davlatida bo'lib o'tdi. Lekin men jamoa bilan emas edim. Legionerlarning o'yinlarini ham ko'rganim yo'q. CHunki terma jamoa bilan yig'inda edim. Klubga chernagoriyalik futbolchilarni taklif qilishgan ekan. Aytib o'tkanimdek ularni men ko'rmadim, murabbiylar ko'rishgandir. Hozirgi paytda taktikamizga xech qanday o'zgartirish kiritilmagan. Jamoaga Artur Gevorkyan keldi Nemanya Yanichich jarohatidan forig' bo'lib safimizga qaytdi. Yanichich tajribali futbolchi. Futbolda ko'proq tajriba rol o'ynaydi. Xar bir futbolchi jarohatidan so'ng maydonga tushib o'ynashi ancha qiyin bo'ladi. Yanichich safimizga qaytganidan hursandman.


-  Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi bo'lgan O'zbekiston kubogi javob uchrashuvida mag'lubiyatga uchradinglar va o'rtoqlik o'yinlarni ham inobatga olganda 45 ta mag'lubiyatsiz seriyaga chek qo'yildi. O'sha uchrashuvda mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
-  Mag'lubiyatga uchraganimizning eng katta sababi “Mashal” bilan muborakda bo'lgan uchrashuvda yirik g'alaba qozonganimiz bo'ldi deb o'ylayman. O'yinni ko'rgan bo'lsangiz jamoadoshlarim hujumga o'tishib qarshi hujumda gol o'tkazib yuborishdi. Birinchi o'yindagi hisob natijasi javob uchrashuvida mag'lub bo'lishimizga tasir qildi deb o'ylayman. Yoqimli bo'lgan g'alabali seriyamiz bir kun tugar edi. Lekin “Mashal” bilan bo'lgan uchrashuvda ushbu seriyani tugashi yaxshiroq bo'ldi. CHunki, mag'lub bo'lgan bo'lsak ham keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdik.

-  Qoldirilgan 13 – turda “Qizilqum”ni qabul qildinglar va qiyinchilik bilan g'alaba qozondinglar. Lekin siz sog'lig'ingiz bilan biroz muammolar borligi sababli ushbu uchrashuvda maydonga tushmadingiz. Ayni damda sog'lig'ingiz qanday, o'zingizni qanday his qilyapsiz?

-  Sog'lig'imda biroz muammo bor edi, shuning uchun ham maydonga tushmayotgan edim. Ayni damda o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Mashg'ulotlarda sekin – astalik bilan ishtirok etishni boshlab yuborganman. Yaqin kunlarda maydonga qaytaman.

-  O'tgan yili chempion bo'lishinglar uchun 2 ochko etmay qolgandi. Bu yil esa peshqadam bo'lib oldinglar. Sizningcha bu yilgi chempionatimiz qay darajada qizg'in o'tadi deb o'ylaysiz?

-  O'tkan yili so'nggi turgacha bir nechta jamoalarda chempion bo'lish uchun imkoniyat bor edi. O'tkan yilgiga qaraganda bu yilgi chempionatimiz qiziqroq bo'ladi deb o'ylayman. CHunki, bir qancha klublarimiz ancha kuchaygan. “Buxoro”, “Qizilqum” va “Mettalurg” jamoalari barcha klublarga muammolar tug'dirishmoqda. Birinchi davra qiziqarliroq o'tdi, ikkinchi davra undanda qiziqarliroq o'tadi deb o'ylayman. Aytib o'tkanimdek “Buxoro” va “Qizilqum” jamoalarida yangi futbolchilar ko'p. “Metallurg” klubidagi futbolchilar anchadan beri birga o'ynab kelishmoqda. Jamoadagi futbolchilar bir birlarini tushunib o'ynashlari uchun biroz vaqt kerak. Futbolni jamoa o'ynaydi, alohida futbolchi degan gap yo'q.

-  OCHLning chorak finalida BAAning “Al – Ayn” klubiga qarshi safarda maydonga tushasizlar.

-  “Al – Ayn”ga qarshi o'yin oldidan hozirdan tayyorgarlik bo'ladi. Ushbu uchrashuvgacha yana biroz vaqt bor. Ayni damda biz uchun ichki chempionat juda ham muhim hisoblanadi. Ichki chempionatda boshqa jamoalar ham bizga bemalol qarshilik ko'rsatishmoqda. SHuning uchun ham jabrlanib qolishni istamaymiz. Xar bir narsani o'z vaqti bo'ladi. “Al – Ayn”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Ushbu jamoada Umar Abdulrahmon to'p tepadi. Ushbu futbolchi ko'proq muxlislar uchun futbol o'ynaydi. Eshitishimcha “Al – Ayn” yangi legioner futbolchilarni o'z tarkibiga qo'shib olgan. Faqatgina Umar Abdulrahmon emas barcha futbolchilari o'ziga yarasha tajribaga ega. Umarga qarshi to'p tepish qiziqarliroq. Kuchli futbolchiga qarshi o'ynash men uchun qiziqarli.


-  Bilamizki bundan bir necha yil oldin Hakim Fuzailov boshchiligida “Lokomotiv” OCHLning “pley–off” bosqichidan o'ta olmagandi. Vadim Abramov paytida esa guruhda qolib ketgandinglar. Andrey Miklyaev bilan esa chorak finalga qadar etib keldinglar. Ushbu murabbiylar haqida nima deya olasiz?
-  Ushbu murabbiylarni alohida ko'rsatish noto'g'ri bo'lsa kerak deb o'ylayman. Ayni damda Andrey Miklyaevning natijasi yaxshiroq. Qolgan murabbiylarning natijasi yomon deyishdan yiroqman. Ushbu murabbiylar qo'l ostida shug'ullanganimizda o'yinlarda bizga tajriba etishmagandir, balki omad kelmagandir. Vadim Abramov paytida ham o'yinimiz yomon bo'lmagan, bizga omad etishmagandi. Barcha futbolchilarni o'ziga yarasha tajribasi bo'lgani kabi murabbiylarni ham o'ziga yarasha tajribasi bor. Uchchala murabbiy ham hujumkor muxlislarga yoqadigan futbolni yaxshi ko'rishadi. Xar bir murabbiyni o'ziga yarasha taktikasi bo'lgani kabi Andrey Miklyaevni ham o'ziga yarasha taktikasi bor. Andrey Miklyaev avvalgi murabbiylar kabi hujumkor futbolni yoqtiradi. Taktikamiz o'zgarmaydi, jamoalardan kelib chiqgan holda maydonda harakat qilamiz. O'yin davomida jimgina uchrashuvni kuzatib o'tiradi. Bu uning xarakteri. Bizni o'yinlarga Elichich tayyorlaydi Miklyaev esa javobgar shahs.

-  Jahon chempionati 3 – saralash bosqichi uchun Avstriyada yig'in o'tkazib qaytib keldinglar. U erdagi mashg'ulotlarda ko'proq nimalarga etibor qaratdinglar va guruhimizdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?

-  Terma jamoaning Avstriyadagi yig'inida to'liq qatnashmadim. Bazi bir muammolar tufayli O'zbekistonga qaytib keldim. U erdagi mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy tayyorgarlikga etibor qaratildi. Mashg'ulotlar ikki mahaldan o'tkazildi. Ertalab jismoniy mashqlar bo'lsa kechki payt to'plar bilan ishladik. Mashg'ulotlar alo darajada o'tkazildi. Suriyaga qarshi o'yin oldidan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz. 24 avgust kuni Burkina-Faso bilan o'rtoqlik bahsida maydonda saf tortamiz. Ushbu o'yin biz uchun repetitciya vazifasini o'tab beradi. Meni fikrimcha futbolchilar bir birini yaxshi tushunib olishi uchun kuchliroq raqib tayyorlanadi. Barcha mana shunday qura natijasi bo'lishini xohlagandi. Lekin, Avstraliya bo'ladimi yoki Janubiy Koreya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olganimizda ham ularga qarshi o'ynashimiz kerak bo'lar edi. ko'proq ularning o'yiniga emas o'zimizning o'yinimizga etibor qaratsak yaxshi bo'lar edi. agarda kuchli bo'lsangiz raqib kimligi farqi bo'lmay qoladi. Futbolda nomlar o'ynamaydi jamoa o'ynaydi. Xar bir uchrashuvda g'alaba qozonish uchun maydonda harakat qilamiz.

-  2014 yilgi jahon chempionati 3-saralash bosqichining ilk turida Eron terma jamoasiga qarshi bahsni yaponiyalik hakam Yuichi Nishimura boshqargandi. Bu safargi bosh hakam ham yaponiyalik...

-  Ko'pchilik yaponiyalik hakamlardan qo'rqib qolishgan. Esta qolarli o'yin bo'ladigan bo'lsa o'sha uchrashuvni yaponiyalik hakamlar boshqargan bo'ladi. Muhim o'yinlarda ular bizga ko'proq pand berishadi. Bu safar hakamlar bizga qarshi emas bizning foydamizga ham ishlashsin (kuladi).

-  Ayni damda “Lokomotiv” tarkibida to'p tepyapsiz. Sizga xorijdan ham takliflar bo'lyaptimi?
-  Takliflar bor. Ammo taklif bildirayotgan jamoalarning saviyasi “Lokomotiv” darajasidan kuchli emas. Yaxshi jamoalardan taklif bo'lmayapti. BAA mamlakati jamoalaridan takliflar bo'ldi. Qaysi jamoalar ekanligini aytishning foydasi yo'q.  Xar bir futbolchini orzusi bo'lgani kabi meni ham o'zimga yarasha orzularim bor. “Inter” jamoasi muxlisiman. Agarda Rossiyadan talkif bo'ladigan bo'lsa va jamoamni ushbu taklif qoniqtirsa Rossiyada to'p tepishim mumkin.

-  Yaponiya, Koreya yoki bo'lmasam Avstraliya terma jamoalari futbolchilari Anliya, Germaniya xattoki Ispaniya klublarida to'p tepishmoqda. Bizning futbolchilar Evropaning grand klublari safida harakat qilmayotganiga nima sabab bo'lyapti deb o'ylaysiz?

-  Ularning terma jamoalari muntazam ravishda jahon chempionatlarida ishtirok etishmoqda. Futbolchilarimizning kuchli beshlik yoki Evropaning grand jamoalarida to'p tepishmayotganiga sabab jahon chempionatida ishtirok etmaganimiz bo'lsa kerak deb o'ylayman. Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya terma jamoalari doimiy ravishda jahon chempionatlarida ishtirok etib kelishadi. Agarda biz ham jahon chempionatida ishtirok etsak bizning futbolchilar ham Evropa jamoalarida to'p tepishadi.


-  Siz deyarli barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimiz safida turli xil musobaqalarda ishtirok etkansiz. Sizningcha orzularingizning qanchasi amalga oshdi deb o'ylaysiz?
-  Orzular ko'p. Lekin eng birinchi orzum O'zbekiston terma jamoasi safida o'ynash bo'lgan. Terma jamoa safida harakat qilgandan so'ng shu terma jamoa bilan jahon chempionati ishtirok etish. Menimcha xar bir futbolchini orzusi bo'lsa kerak.

-  Futboldan olgan ilk maoshingizni eslay olasizmi?

-  Birinchi maoshimni “Neftchi” jamoasi yoshlar tarkibida o'ynab yurgan kezlarim olganman 36 ming so'm berishgan. Xursand bo'lganimdan uyimga olib borib dadamga berganman.

-  Ko'pchilik futbolchilar yoshlikda qiyinchilik ko'rishgan. SHu darajaga etkuningizcha sizda qanday qiyinchiliklar bo'lgan?

-  Oilamizning sharoiti yaxshi bo'lgan. Unchalik qiyinchilik bo'lmagan. Qiyinchiliklar faqat mashg'ulotlarda bo'lgan. Mashg'ulotlar biz uchun oson bo'lmasdi. Men uchun qiyinchilik tushunchasi shu bo'lgan.

-  Futbolchi bo'lganingizdan afsuslanganmisiz?

-  Yo'q. Afsuslanmaganman.

-  Agarda futbolchi bo'lmaganingizda qaysi kasb sohasini tanlagan bo'lar edingiz?

-  Oilamizda hech kim futbolchi bo'lmagan. Oilamizdagilarning ko'pchiligi bor etiborlarini o'qishga qaratishgan. O'zimda yurist bo'lish orzum bor edi. agar futbolchi bo'lmaganimda o'qimishli inson bo'lgan bo'lar edim.

-  Futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan?

-  Futbolga kirib kelishimga dadam bilan akam sababchi bo'lishgan. Ular futbolning ashaddiy ishqibozlari. Akam yoshligida birinchi ligada o'ynagan.

Blic savollar
-  Qanday taomlarni yoqtirasiz?

-  Somsa
-  Qanday janrdagi filmlarni tomosha qilasiz?
-  Jangari filmlar.
-  “Real Madrid” yoki “Barselona”
-  “Real Madrid”
-  Ronaldu yoki Messi
-  Ronaldu
-  Klichko yoki Mayk Tayson
-  Mayk Tayson
-  Karate yoki Boks
-  Boks
-  BMW yoki Toyota
-  BMW
-  Qaysi rangni yoqtirasiz?
-  Oq, kulrang.
-  Ser Aleks Fergyusson yoki Yoaxim Lyov
-  Ser Aleks Fergyusson


  Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика