So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  8 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  56 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  3 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  174 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  15 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Intervyu. Ibrohimhalil Yo'ldoshev - "Rossiya klublarining evrokuboklarda qatnashmasligi, kuchli klublarga borolmaydi degani emas" Yangiliklar

Intervyu. Ibrohimhalil Yo'ldoshev - "Rossiya klublarining evrokuboklarda qatnashmasligi, kuchli klublarga borolmaydi degani emas"

Intervyu vaqti.


 FOTO. Yo'ldoshev ramziy termada!


RPL. Yo'ldoshev gol urgan o'yinda "Pari NN" mag'lubiyatga uchradi


Rossiya chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Sochi" — "Pari NN" o'zaro to'qnash keldi (2:1). Uchrashuvda mehmonlarning yagona goliga hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo'ldoshev mualliflik qildi. Barcha bahslar yakunlariga ko'ra esa  tur ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. Novgorodliklar safida o'z o'rnini topib ulgurgan tezkor futbolchimizga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- "Sochi"ga qarshi o'yin jamoangiz uchun omadsiz yakunlanganiga qaramay, ushbu uchrashuvdagi harakatlaringiz futbol jamoatchiligi tomonidan yuqori baholandi...

- "Sochi" o'tgan mavsum Rossiya chempionatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. SHuning o'zi ularning kuchidan darak berib turibdi. Ularga imkon qadar qarshilik ko'rsatdik. Birinchi bo'limdan so'ng tanaffusda murabbiyimiz ruhiy jihatdan futbolchilarga yaxshigina dalda berdi. Ikkinchi bo'limda bor kuchimiz bilan harakat qildik. Golimdan tashqari o'zimda ham vaziyatlar etarlicha bo'ldi, deya olaman. Lekin shu kuni g'alaba qozonish bizga nasib qilmagan ekan. 

- Jamoada bosh murabbiy o'zgardi, Aleksandr  Kerjakov o'rniga Galaktionov tayilandi. Kerjakovning jamoadagi ishini qanday baholaysiz?

- Kerjakov jamoadan ketdi, lekin u bilan ishlagan ikki nafar murabbiy qoldi. Kerjakovdan ko'p narsa o'rgandim. Aynan uning qiziqishi tufayli Rossiya chempionatiga keldim. Unga minnatdorchilik bildiraman. 


- Odatda jamoada murabbiy o'zgarsa, futbolchilarga talablari, munosabati ham boshqacha bo'ladi. Galaktionov bu borada qanday murabbiy?

- To'g'ri. Yangi murabbiyga o'rganish uchun malum fursat kerak. Lekin Galaktionov bilan bunday qiyinchilik bo'lgani yo'q. Futbolchilar bilan tez chiqishib ketdi. Futbolchi murabbiy tanlamasligi, o'z o'yini bilan istalgan murabbiyni ishonchini qozonishi kerak. SHunga yarasha harakat qilyapman. O'zaro munosabatlarim joyida. 

- Rossiya chempionatidagi ikkinchi mavsumingizni o'tkazyapsiz. Sizda kam bo'lsada, ko'nikma va tajriba shakllandi. Bu mavsumdan avvalgiga nisbatan nima kutyapsiz? 

- Birinchi mavsum men uchun dars bo'ldi. Kamchiliklarimni ko'rib oldim. O'z poziciyamda o'ynaydigan futbolchilarni kichik detallarigacha o'rgandim, deb o'ylayman. Yangi mavsumda natijamni yanada yaxshilashim talab qilinadi. 

- Rossiya klublarining evrokuboklardan chetdan qolishi sizni havotirga solmayaptimi? 

- Evrokuboklarda qatnashmasligi, kuchli klublarga borolmaydi degani emas. Futbolchi  jamoasida qanchalik o'zini ko'rsatsa, shuncha yaxshi. Hamma gap o'zimda qolgan. 


- Yozda Moskvaning "Spartak" klubi xizmatlaringizga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqaldi...

- SHaxsan o'zimga qiziqish bo'lgani yo'q. Siz aytayotgan xabarni faqat ijtimoiy tarmoqlarda o'qidim. To'g'risi qanchalik rost yoki yolg'onligini bilmayman. 

- Ayni paytdagi darajangizni hisobga olganda qaysi chempionatda o'zingizni sinab ko'rishga tayyorsiz? Galaktionov yaxshi takliflar kelib tushsa, qo'yib yuborishga tayyormi?  

- Maqsadim kuchli beshlik chempionatiga yo'l olish. Bu har bir futbolchining niyati. Murabbiy qo'yib yuboradimi yoki yo'q bu masalani agentlar, klubdagilar hal qiladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика